Dan, Internet va korporativ tarmoqlarga joylash orqali tijorat maqsadida foyda



Download 24,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/58
Sana06.07.2022
Hajmi24,24 Mb.
#750789
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58
Bog'liq
Komil Allamjonov - Allamjonov Aybdor

 Hamma narsa shaffof va ochiq boʻlishi kerak, bizga OAV 
va ijtimoiy tarmoqlar tizimini yaxshi tushunadigan mala-
kali sudyalar zarur. Shunda jurnalistlar ham qonunni kam-
roq buzadi, tekshirilmagan maʼlumotni chiqarishdan oldin 
yaxshilab oʻylab koʻradi.
Muammoning dolzarbligini tushungan holda, AOKA-
da birinchi marta sudyalar bilan yigʻilish oʻtkazdik. Koʻp 
masalalarni muhokama qildik. Oliy sud raisi ham sudya-
lar bugungi voqelikni toʻgʻri tushunishidan manfaatdor 
edi. Lekin qonunlar ham shunga muvofiq yangilanishi, 
131 / AYBDOR 

ALLAMJONOV
chiligimizdagi bunday moddalarning hech qanday foyda-
si yoʻq, bizni xalqaro maydonda sharmanda qiladi, xolos. 
Asosiysi, amalda ularni haqiqiy qonunbuzarlarga nisbatan 
qoʻllash qiyin, chunki davlatimizga tuhmat-boʻhton tosh-
larini otayotganlarning aksariyati chegara ortida panoh 
topib, yaxshilab oʻrnashib olgan.
Biz Oʻzbekiston Parlamentiga JKning ushbu modda-
laridan ozodlikdan mahrum etish jazosini olib tashlash 
haqidagi taklifni kiritdik. 
Jarima solish boʻlsa — bemalol, lekin ozodlikdan mah-
rum etish bilan tahdid qilish notoʻgʻri. Qonunchilikda-
gi shu bandlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida Prezident 
Qarori eʼlon qilindi. 2020-yil dekabr oyida tegishli Qonun 
qabul qilindi. Buni butun dunyo olqishladi. 


ulardagi tushuncha va terminlar batafsil izohlangan boʻ-
lishi kerak. 
Ayni paytda, bloger va jurnalistga nisbatan qilingan 
har bir xatti-harakatni jahon hamjamiyati juda sinchkov-
lik bilan kuzatib borishini esdan chiqarmaslik kerak. Jur-
nalistga aloqador har qanday vaziyatni birinchi navbatda 
soʻz erkinligiga bogʻlashadi. Nafosat Olloshukurova vo- 
qeasida xuddi shunday holat boʻldi.
2019-yilning sentabrida Shabnam taxallusi ostida yo-
zadigan bloger Nafosat Olloshukurova mayda bezorilikda 
va ruxsat etilmagan koʻcha yurishlarini uyushtirganlikda 
ayblanib, qamoqqa olindi. Keyinroq oʻz joniga qasd qilish-
ga moyil, degan gumon bilan ruhiy kasalliklar klinikasiga 
joylashtirildi. Ha, qonunchiligimizda sovet davridan qol-
gan, oʻz joniga qasd qilishga moyil odamni majburiy davo-
latish bilan bogʻliq modda haliyam bor ekan. Men buning 
yaxshi-yomonligini baholamay qoʻya qolay, buni mutaxas-
sislar hal qilishi kerak. Baʼzan bu modda oʻsmirlarning, 
keksalarning hayotini saqlab qoladi. 
Oʻshanda xorazmlik amaldorlarni «jazolovchi psixiat-
riya» usullarini qoʻllaganlikda ayblashdi. Rostdan ham
yaqin oʻtmishimizda hukumatga maʼqul kelmay qolgan 
odamni bemalol jinnixonaga tiqib qoʻyish mumkin edi
asosan dissidentlarni shunday qilishardi. Lekin Nafosat-
ning vaziyati boshqacha edi.
132 / AYBDOR 

ALLAMJONOV


 Voqea bunday boʻlgan: jurnalist Mahmud Rajabov 
taqiqlangan adabiyotlar kontrabandasida ayblandi, ishi 
sudga oshirildi. U shov-shuv koʻtarib, huquqni himoya qi-
luvchi xalqaro tashkilotlarning eʼtiborini tortish bilan va-
ziyatdan chiqmoqchi boʻlgan. Shunda Nafosat ikkalasi 
Xorazmdan Toshkentga «yurish» qilish rejasini tuzgan va 
IIV vaziri qabuliga piyoda yoʻlga tushishgan. 
Bu ahvolda ular uzoqqa bormasligi aniq edi. Oyogʻiga 
shippak, egniga futbolka kiygan bir necha kishilik guruh-
ning maqsadi faqat oʻziga eʼtibor qaratish boʻlgan. Yoʻl ha-
rakatiga xalaqit bermay ketishayotganda, birov toʻxtat-
magan. Huquqni himoya qilish idoralari tomonidan ham 
ularga nisbatan hech qanday harakat boʻlmayotganini koʻ-
rib, yoʻlni butunlay enlab, mashinalar oʻtishiga xalaqit be-
rishgan. Vaziyatni Nafosatning oʻzi videoga olgan.
Shunda viloyat IIB boshligʻi kelib, norozilik bildirayot- 
ganlarni yurishdan qaytarishga koʻndirmoqchi boʻlgan. 
Lekin ularga aynan shov-shuv kerak edi. Natijada, ular-
ni maʼmuriy qamoqqa olishgan. Nafosat bilan Mahmud-
ga qoʻshilib ketayotganlar qoʻyib yuborilgan, bu ikkovi esa 
mayda bezorilik va xizmat burchini bajarayotgan huquq 
idoralari vakillariga qarshilik koʻrsatgani uchun boʻlinma-
ga olib ketilgan.
Mahmud Rajabov oʻn kunlik maʼmuriy qamoq mudda-
tini tinchgina oʻtab, ozodlikka chiqdi. Nafosat esa kame-
rada jazavaga tushib, oʻzini oʻldirish bilan tahdid qilgan. 

Download 24,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish