Keyin daʼvosi juda baland «Faqat toʻgʻri yangiliklar!»
shiori bilan «Toʻgʻri.uz» sayti paydo boʻldi. Uning yorqin
va qisqagina tarixi hammaning esida qolgan boʻlsa kerak.
Toshkent hokimi Jahongir Artikxodjayev tashabbusi
bilan ochilgan bu saytga katta pul tikildi, Turkiyadan mu-
taxassislar olib kelindi, koʻpgina jurnalistlar ishga olindi.
Oʻshanda men Jahongir Obidovichdan oʻz nashrini nima
maqsadda ochganini dangal soʻradim.
— Men oʻzimni himoyalashim kerak! — dedi u.
—Butun boshli yangiliklar saytidan koʻra, toʻlaqonli
matbuot xizmatini tashkil qilganingiz maʼqul, — deb mas-
lahat berdim oʻshanda.
Qanday qilib oʻzini himoyalamoqchi boʻlganini haliga-
cha tushunmayman. Bunday mavqedagi amaldorning qoʻl
ostida OAV boʻlmasligi kerak, odamlar unga ishonmaydi.
Shahar bilan bogʻliq har qanday negativ xabarning uchi
hokimga borib taqaladi. Agar sayt tanqidga koʻz yumsa,
uni kim oʻqiydi? Oʻzini hurmat qilgan jurnalist shaharda
shuncha muammo turib, hokimni maqtayvermaydi. Bu lo-
yihaning uzoqqa bormasligi aniq edi.
Saytning kimga qarashli
ekanini yashirishning iloji
yoʻq, shuni hisobga olib, fikrlarimni Artikxodjayevga ochiq
aytdim. Sayt ishga tushgach, ana shu ziddiyatlarning ham-
masiga duch keldi. Bir dunyo pul sarflangan loyiha uch oy
deganda tugatildi. Hokim bitta qaror bilan saytni yopgani
baʼzi jurnalistlar uchun kutilmagan ish boʻldi. Koʻpchilik
138 / AYBDOR
—
ALLAMJONOV
bunga siyosiy oʻyinlar sabab degan xayolga bordi. Aslida
sabab juda oddiy — har kim qoʻlidan keladigan ish bilan
shugʻullangani maʼqul. Nimani qoyilmaqom qilsa, kuchi-
ni, vaqtini, mablagʻini shunga qaratishi kerak.
Lekin hozir shahar hokimining matbuot guruhi res-
publikadagi eng kuchli matbuot xizmatlaridan boʻlib
qoldi. Shahar yangiliklarini
hokim istagandek taqdim
etish uchun shuning oʻzi yetarli. Matbuot xizmati yutuq-
larni yoritib borsa, bunga hech kim eʼtiroz bildirmaydi.
Uning xodimlari ish uslubini toʻgʻri belgilab olishgan, sa-
vollarga, tanqidga tezkorlik bilan javob berishyapti.
Men siyosiy piarga umuman qarshi emasman, faqat u
birovning hisobiga boʻlmasligi kerak.
Odamlar shuncha
yil deganda nihoyat amaldorlarni yuz-koʻzidan, ismi sha-
rifidan taniydigan boʻlib qolishdi, bundan xursandman.
Oʻz oʻrnida amaldorlar baʼzi
chiqishlarga izoh yozib, in-
tervyular bera boshlagani ham quvonarli hol. Bizda ham
siyosat ommaviy, ochiq-oshkora shaklga oʻtyapti. Vaholan-
ki, uzoq yillar siyosatchi va biznesmenlar mahalliy jurna-
listlarning ham, begonalarning ham koʻziga koʻrinmaslik-
ka harakat qilardi.
2014-yilda «Forbs
»ga intervyu berganimda atrofimda-
gilarning koʻpchiligi boshini changallab qolgandi. Nega?
Nima uchun? Yoʻq joydan balo orttirmoqchimisan?
Bu narsa mening xayolimga ham kelmagan edi.
139 / AYBDOR
—
ALLAMJONOV
141 / MEN «FORBS» ROʻYXATIGA QANDAY KIRDIM?
Pul bilan.
Yigirma toʻrtga kirganimda men qirq yoshgacha nomim
uchun ishlashim kerak, keyin esa nomim men uchun ish-
laydi, degan maqsad bilan yashay boshladim.
«Forbs» jurnali sahifalarida chiqish orzum edi. Shu fikr
miyamga oʻrnashib qoldi. «Forbs»ning ruscha nashri bilan
yozishmalarni boshladik. Unchalik qiyin ham,
qimmat
ham emas, veb-versiyasiga besh ming dollar atrofida ke-
tarkan. Menga maʼqul keldi.
Intervyu berdim. Loyihalarim haqida gapirdim. «So-
liq-info» respublikada bu formatdagi birinchi gazeta
ekanligini qayta-qayta takrorladim.
Oradan bir necha kun oʻtib,
men bergan intervyuli
sahifa ochilmay qoldi. Uning oʻrniga 404 belgisi chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: