133 / AYBDOR
—
ALLAMJONOV
134 / AYBDOR
—
ALLAMJONOV
Shunga oʻxshash holatni oldin ham Toshkentda, Face-
bookdagi jonli efirda shisha boʻlagi bilan tomirini kesish-
ga urinib namoyish qilgan.
Viloyat IIB xodimlari uni qamoqxonada ushlab turish
xavfli deb hisoblab, sanitarlarni chaqirtirishadi. Nafosat
ana shunday qilib psixiatriya klinikasiga tushib qolgan.
Hozir bu haqda yozish oson, lekin u paytda vaziyatni
tushuntirish juda qiyin edi. Nafosat rostdan ham davola-
nishi kerakmi, yoʻqmi yoki blogerning ovozini oʻchirish
uchun atayin uyushtirilganmikin bu, uni aqldan ozganga
chiqarishyaptimikin, deb ancha surishtirdim.
Huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar bizni siquvga ola
boshladi. Ular uchun bloger bilan uchrashuv tashkil qilin-
di. Komissiya tarkibiga mutaxassislar kiritildi. Ular dok-
torlarning хatti-harakatida jinoyat alomatlarini topmadi-
lar. Mana oʻsha vaqtdagi materiallardan parcha: «Tibbiyot
xodimlari tomonidan Nafosat Olloshukurovaning kasal-
lik tarixi oʻrganilishi natijasida «qoʻyilgan diagnoz kasal-
liklarning xalqaro klassifikatsiyasi KXK-10 mezonlariga
toʻgʻri kelishi va davolash klinik simptomatikaga muvofiq
tayinlanganligi» aniqlandi».
Nafosat klinikadan chiqib, qilgan ishidan afsusda eka-
nini kameraga qarab gapirganida hammasi oʻz oʻrniga tush-
di. Ikki farzandning onasi boʻlgan bu ayol ingliz tili oʻqi-
tuvchisi boʻlishidan tashqari, huquq himoyachisi sifati-
135 / AYBDOR
—
ALLAMJONOV
da grantlar boʻyicha ishlar ekan. U har bir qadamini ol-
dindan oʻylab qoʻygani aniq. Koʻpchilik hamkasblardan
farqli oʻlaroq, men uni aqldan ozgan deb hisoblamayman.
Oʻshandayoq uning niyati «tazyiqqa uchrab», chet eldan
siyosiy boshpana soʻrash boʻlsa kerak, degan fikr xayolim-
dan oʻtgandi. Shunday boʻldi ham. Nafosat «siyosiy sabab-
lar tufayli» mamlakatdan chiqib ketdi.
Afsuski, halol, vijdonli jurnalistlarga rosmana bosim
oʻtkazish holatlari ham koʻp uchrardi. Ayniqsa, viloyat-
larda ahvol chatoq edi. «Bu sizga Toshkent emas, — de-
yishardi viloyatlik jurnalistlar, — bu yerdagi amaldorlar
hech kimdan va hech nimadan qoʻrqmaydi». Jurnalistlar-
ga tahdid qilib, kaltaklashar, sudga berishar, sudlar niho-
yatda qisqa muddatda ishni koʻrib, nohaq hukm chiqarar
edi. Shoʻrlik jurnalistlarning boʻyniga aqlga sigʻmaydigan
darajada katta jarimalar ilib qoʻyilardi. Har safar shunaqa
vaziyat boʻlib qolganda, kechasi bilan uxlamay chiqardik.
Mansabdorlar jurnalistlar bilan apoq-chapoq boʻlib
ketmasa ham, hech boʻlmasa ularni hurmat qilishi kerak.
Ammo amal kursisida oʻtirganlarga shu oddiy haqiqat-
ning yetib borishi juda qiyin edi. Qalamkash vatanparvar
boʻladi, u hech qachon yozishdan toʻxtamaydi. Jadidlarni
eslang, boshiga qilich kelib turgan paytda ham yozavergan.
Tarix esa hamma narsani joy-joyiga qoʻyadi.
Yozadigan odamni hech qanday toʻsiq toʻxtatib qolol-
maydi. Ismini yashirib, har xil taxalluslar ostida akkaunt,
136 / AYBDOR
—
ALLAMJONOV
Telegram-kanallar ochib, baribir fikrini ommaga tarqata-
di. Buni internet deb qoʻyibdi. Gazetaga oʻxshab har bitta
sahifani yuqoridan tasdiqlatish yoʻq, bu yerda hamma
oʻziga oʻzi mediamagnat. Xoʻp, oqibatda nimaga erisha-
miz? Yozadiganlarni tutib ham, jazolab ham boʻlmaydi. Ja-
vobgarlik boʻlmagandan keyin oʻch olish, fitna chiqarish-
lar koʻpayib ketishi mumkin.
Haqiqiy jurnalist yoki bloger anonim niqob ostida
yashirinishni xohlamaydi. Hamma ham oʻzining nomi-
ni ommalashtirishga, imijini koʻtarishga intiladi. Odam-
larga obroʻlarini oshirishga imkon berib, ular bilan xotir-
jam hamkorlik qilish kerak. Jurnalist xatoga yoʻl qoʻysa,
dalil-faktlar keltirib, adashganini isbotlash, yozganlarini
izohlab, ikkinchi tomon fikrini berish lozim. Lekin bu-
ning uchun odamning oʻzi halol, rostgoʻy boʻlishi kerak.
Shundagina natija chiqadi. Bizda esa oʻgʻrilik qilayotgan,
qonunni buzayotgan, pora olayotganlar qolib, shu muam-
molarni ovoza qilgan, yoritgan, muhokama qilgan OAV
aybdor boʻlib qolardi.
Tabiiyki, amaldorlar aynan meni eng katta aybdorga
chiqarib qoʻyishdi. «Bu mahmadona oʻzini piar qilyap-
ti», — deyishdi. Kimlar uchundir jurnalist va blogerlarga
oʻzini yaxshi koʻrsatib, ularni yashirincha boshqaradigan,
dushmanlaridan oʻch olish uchun foydalanadigan populist
ham boʻldim. Feʼl-atvori butunlay boshqa-boshqa bu
odamlarni boʻysundirishning umuman iloji yoʻqligini esa
Do'stlaringiz bilan baham: |