121 / AYBDOR
—
ALLAMJONOV
122 / AYBDOR
—
ALLAMJONOV
nisiga dardini dasturxon qiladi. Qoʻshnisi yana kim-
gadir aytadi. Bir hafta deganda pora olganingni butun
mahalla biladi. Orasida bu xabarni yon daftarchasiga
yozib qoʻyadigan odam albatta chiqadi. Shu bilan biror
kuni tutilasan. Oʻzingni hurmat qilsang, hech qachon
noqonuniy ishga qoʻl urma.
Shu-shu hamma moliyaviy ishlarni doim hujjatlashti-
radigan boʻlganman, har bir tiyinning qayerdan kelgani
haqida bir parcha qogʻoz turadi. Bu odatimga doim amal
qilaman. Sobiq soliqchi sifatida sizga ham shuni tavsiya
qilaman. Ertaga nima boʻlishini hech kim bilmaydi.
Nega? Nima uchun? Shunday obroʻ-eʼtiborli odamlar
birovga ziyoni tegmayotgan matbuot kotibining tagiga
suv quyib nima qilishadi? Oʻzimga bu savolni koʻp berdim.
Mening vazifam — Prezident qilayotgan ishlarning solno-
masini yuritish edi. Ishimni professional darajada, vijdo-
nan bajarayotgan edim. Matbuot xizmati oʻzining yangi
qiyofasiga ega boʻldi. Odamlar birinchi marta Prezident-
ning qanday ishlayotganini, uzoq-yaqin davlatlar bilan
aloqalarni qay tarzda yoʻlga qoʻyayotganini kuzata bosh-
lashdi, oʻzgarishlarni xursandchilik bilan qabul qilishdi.
Men ham omma oldida chiqishlar qilib, oʻz nomimdan
postlar yoza boshladim. Matbuot kotiblari hamma joyda
shunday faoliyat olib boradi, davlat rahbarining u yoki bu
masaladagi qarashlarini jamoatchilikka yetkazadi. Me-
ning atrofimdagilar esa oʻz-oʻzini piar qilyapti, deb ayb
qoʻyishdi.
123 / AYBDOR
—
ALLAMJONOV
Bu lavozimga oʻzi qanday kelib qolganimni eslab oʻtish
lozim deb oʻylayman.
U paytga kelib, anchagina katta biznesmen boʻlib qol-
gan, endi hech qachon davlat ishida ishlamayman deb, oʻz-
oʻzimga soʻz bergandim. «Avtotest» mojarosi ham oʻsha
kunlari avj ola boshlagan, men yana internet «qahramo-
ni»ga aylanishni hecham istamasdim.
Toqqa chiqqandik. Birdan qoʻngʻiroq boʻlib qoldi.
— Assalomu alaykum, qayerdasiz?
— Togʻda…
— Mayli, buguncha dam oling, ertadan ishga chiqasiz.
Tabriklaymiz, siz Prezidentning matbuot kotibi boʻldin-
giz.
Aytib oʻtish kerak, Asadjon Xodjayev lavozimidan ket-
ganidan keyin matbuot xizmati bir necha oy davomida
rahbarsiz ishlagan edi.
Shokka tushib qoldim.
Undan oldin boʻlgan bir voqeani qisqacha aytib
beray. 2000-yillarning boshi, FVVda ishlardim. Ta-
sodifan Sherzod Qudratxoʻja bilan uchrashib qoldik.
Qanday tanishganimiz esimda yoʻq. U meni oʻzi oʻtira-
digan Prezident matbuot xizmati xonasiga taklif qildi.
124 / AYBDOR
—
ALLAMJONOV
Bu binoga kirishingiz bilan hayajon bosadi. Ruxsatno-
ma olib, avtomatchilar yonida iti bilan qoʻriqlab tur-
gan uchta postdan oʻtib, «oliy dargoh»ga kirdim.
U kabinetida savlat toʻkib oʻtirardi. Koʻzim tushgan
birinchi narsa stol ustidagi Robert Grinning «Hokimi-
yatning 48 qonuni» kitobi boʻldi. «Rosa krutoy ekan-
mi!» — degan xayol oʻtdi.
Sherzod aka oʻzining guvohnomasini koʻrsatib, shun-
day dedi:
— Qara, shaxsan Islom Abdugʻaniyevich qoʻl qoʻy-
gan. Men Prezident apparati tarixida eng yosh bosh
konsultantman. Tushunyapsanmi oʻzi? Manavi telefon-
ga qara, bu PG27! Eng yuqori lavozimdagilarning tele-
foni, undan faqat birinchi rahbarlar foydalanadi. Qol-
ganlar «vertushka»da gaplashadi.
U goʻshakni koʻtarib, mening oldimda Konstitutsi-
on Sud raisi Boʻritosh Mustafoyev bilan bogʻlandi. Si-
polik bilan Mustafoyevga nimalarnidir gapirib, qan-
daydir masalani muhokama qildi. Keyin goʻshakni
qoʻyib, boʻyinbogʻining yorliqchasini koʻrsatdi. Adash-
masam, qandaydir italyancha brendning nomi yozil-
gandi. Keyin soʻradi:
— Sening galstuging qanaqa?
Niyatimga yetolmadim. U vaqtga kelib, bu tizimda ta-
nish-bilishi yoki homiysi yoʻqlar (xuddi menga oʻxshab)
koʻtarila olmasligini tushunib, davlat ishidan umuman
koʻnglim qolgandi.
125 / AYBDOR
—
ALLAMJONOV
Meniki Ippodromdan28 sotib olingandi. Xitoycha aji-
buji yozuvli bu boʻyinbogʻni onam olib bergan.
Sherzod Qudratxoʻja rostdan ham Prezident appara-
tining eng yosh xodimi, u paytda unda hali oʻttizgayam
kirmagandi. Oʻsha kungi voqealar menda juda katta
taassurot qoldirdi. Oʻz oldimga: «Uning rekordini yan-
gilayman, Prezident apparatining eng yosh bosh kon-
sultanti boʻlaman», — degan maqsadni qoʻydim.
Hozir hammasini tushuntirib beraman. «Uzmet-
ronom»ni deb, odamlarda meni kimdir «koʻtaryapti»
degan notoʻgʻri fikr shakllanib qolgandi. Aslida meni
hech kim, hech qachon va hech qayoqqa koʻtarma-
gan, menda karyera degan narsaning oʻzi boʻlmagan.
Men bir umr v.b. — «vazifasini bajaruvchi» maqomi-
da ishlaganman, rasmiy lavozimga tayinlangan emas-
man. Birinchi marta «v.b.» degan qoʻshimchasiz egal-
lagan katta lavozimim — Prezidentning matbuot
kotibligi boʻldi. Hamma atrofimdagilar idoralarning
katta-katta mansablariga loyiq koʻrilardi, men esa —
yoʻq. Nuqul kimningdir «vazifasini bajaruvchi» boʻlar-
dim, yaʼni besh kishining oʻrniga ishlab, shunda ham
baʼzan mehnatimga rahmat eshitmas edim.
Do'stlaringiz bilan baham: |