Dan, Internet va korporativ tarmoqlarga joylash orqali tijorat maqsadida foyda



Download 24,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/58
Sana06.07.2022
Hajmi24,24 Mb.
#750789
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58
Bog'liq
Komil Allamjonov - Allamjonov Aybdor

2018-2019-
yillar
— ◆ VII ◆ —
AOKA. 
OAV
dagi
o zgarishlar


 — Jurnalistlarning Agentlik hal qilishi mumkin boʻl-
gan qanday muammolari bor? — deb dangal soʻradim. 
Boshida xuddi hammasi joyida, degandek indamay oʻti- 
rishdi. Toʻgʻrirogʻi, ular muammolarni baribir hech kim 
hal qilib berolmaydi, deb hisoblashgani uchun mening 
gapim nomiga aytilgandek tuyuldi, shekilli.
Lekin keyin gap ochilib ketdi.
Ali Qahhorov23 oʻzini qanday tanishtirgani esimda qol-
gan: «Mening ismim Ali. Men inflyuenserman…» Ancha 
kulishgandik. 
Vaqt oʻtib, jurnalistlar mening amaldor emasligim-
ni, xoʻjakoʻrsinga ishlamayotganimni tushunib yetishdi. 
Lekin boshidan ishonch bildirishdi deya olmayman. Ka-
rimov davridagi biroz yengillik berilgan kunlar koʻpchi-
likning esida edi. Toʻrt yilgina davom etgan bu davrdan 
keyin matbuot oldingidan ham battar siquvga olingan. 
Biz oʻsha siquvni yumshata boshladik.
Juda koʻp saytlarni blokdan chiqarishga erishdik, jum-
ladan, «Uzmetronom»ni ham. «Ozodlik»dan boshqa ham-
masi bemalol ochiladigan boʻldi. «Ozodlik Radiosi»ning 
vitse-prezidenti va bosh muharriri Nenad Pejich Tosh-
kentga kelganda uchrashib, gaplashib oldik. Men oʻz po-
zitsiyamni ochiq-oydin aytdim: «Biz bilan ishlamoqchi 
boʻlsangiz, odob doirasidan chiqmang va davlatimiz qo-
104 / AOKA. OAVdagi oʻzgarishlar


nunlariga rioya qiling. Balki boshqa mamlakatlarda siz-
ning ish uslubingizga eʼtiroz bildirishmas, ularning qo-
nunlari shunga yoʻl qoʻyar, lekin bizda unday emas». 
«Ozodlik Radiosi» ham «Uzmetronom»ga oʻxshab, 
qasdma-qasdiga ishlaydi. Yaʼni jurnalistlari material toʻp-
lab, maʼlumot-dalil qanday boʻlishidan qatʼi nazar, oʻzlari-
ga oʻsha vaqtda kerak boʻlgan ohangda taqdim qilishadi. 
Biz ularning material yigʻish usullaridan ham norozi 
edik: koʻpincha oʻzlarini hokimiyat va huquq idoralari va-
killari deb tanishtirishardi. Odamlar ham ularga ishonib, 
Ittifoq davridan qolgan eski odatga koʻra hisobot berish-
ga tushardi. «Ozodlik» xodimlari telefonda duch kelgan 
tashkilot nomidan chiqishlari, aytilgan gapning maʼnosini 
boshqa tarafga burishlari, javoblarni umuman oʻzgartirib 
yuborishlari ham mumkin.
Men buni ochiqdan ochiq buzgʻunchilik deb hisoblay-
man. «Yolgʻonning umri qisqa», — deb bekorga aytish-
maydi. Toʻgʻri, negativ xabarga qiziqish doim kuchli boʻl-
gan, bu usul odamlarni koʻproq jalb qiladi. Lekin shuning 
uchun ham ular hamkasblarining ishonchini yoʻqotishdi. 
«Ozodlik»ni yoqlaganlar qattiq pand yeb, kulgiga qoli- 
shi mumkin edi.
Koʻpchilik «Ozodlik» bergan maʼlumotlardan foyda-
lansa ham, qayta tekshirib olardi. Muharrirlarning ayti- 
shicha, vaziyatni oʻzlari oʻrganganlarida butunlay boshqa 
105 / AOKA. OAVdagi oʻzgarishlar


narsa kelib chiqar ekan. Koʻpincha yozishga arziydigan 
gapning oʻzi yoʻqligi maʼlum boʻlardi.
«Ozodlik» Oʻzbekistonda muxbirlik punktini ochib 
berishimizni soʻradi. «Boʻpti. Jurnalistingizni akkreditat-
siyadan oʻtkazamiz, lekin bir shart bilan: material tayyor-
lashda xuddi oʻzimizning nashrlarga oʻxshab, maʼlumot-
ni albatta qayta tekshirishadi», — degan javobni berdik. 
Biz ularni hokimiyatdan tortib, vazirliklargacha istalgan 
idora bilan bogʻlashga tayyor edik.
Ular rozi boʻlishdi. Ammo… keyin yoʻqolib qolishdi, 
shu bilan muzokaralar ham toʻxtadi. «Ozodlik» radiosi esa 
yana oʻsha-oʻsha oldingidek, akkreditatsiyasiz, axborotni 
oshirib-toshirib, qoʻshib-chatib ishlayverdi.
Men Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilo-
ti (YXHT)ning OAV erkinligi masalalari boʻyicha vakili 
Arlem Dezirga24 xat yozdim. Xatga ilova qilingan 60 bet-
lik roʻyxatda «Ozodlik» tomonidan qonunlarimiz buzil-
gan holatlar koʻrsatildi. Quyidagi savollarni koʻndalang 
qoʻydim: «Faoliyat olib borilayotgan davlatning qonunla-
ri va etikasiga rioya qilish kerak, — degan fikrga qoʻshila-
sizmi? Davlat oʻzining manfaatlarini, jumladan, axborot 
maydonida ham himoya qilishga haqli, — deb hisoblaysiz-
mi? Oʻzbekistonda barcha OAV huquqiy meʼyor chegarasi-
dan chiqmay ishlasa-yu, «Ozodlik» qonunga boʻysunmas-
ligi adolatdanmi? Har qanday davlat fahsh, zoʻravonlik, 
narkotiklar, terrorizmni targʻib qiluvchi va yolgʻon-feyk 
106 / AOKA. OAVdagi oʻzgarishlar


xabarlarni cheklashi, ularni noqonuniy deb qabul qilishi 
zarur, — deb hisoblaysizmi?» 
Soʻz erkinligi deganda koʻngilga kelgan ishni qilishni, 
ogʻizga nima kelsa gapirishni tushunsak, axborotga taal-
luqli qonunchilikning nima keragi bor? 
U fikrlarimga qoʻshildi. Vaholanki, oldin: «Bular 
«Ozodlik»ning ovozini boʻgʻyapti» — deb hisoblardi. 
Lekin men axborot sohasiga kecha kirib kelganim yoʻq. 
Qaуerda Soʻz erkinligi tugab, shaxsiy manfaatlar boshla-
nishini juda yaxshi bilaman.
Siquvni yumshatish oson boʻlmadi.
Yuqorida AOKA25 Vazirlar Mahkamasi tasarrufidan 
chiqarilib, Prezident Administratsiyasiga boʻysundiril-
ganini aytdim. Shuning uchun Prezident maslahatchisi 
emas, maslahatchining birinchi muovini boʻldim, xolos. 
Bularning hammasi AOKAning yangi direktori vakolati-
ni, unga qoʻshib endi paydo boʻlayotgan toʻrtinchi hoki-
miyatni ham cheklash uchun qilinayotgani shundoq koʻ-
rinib turardi.
Qandayligini bilmadim-u, lekin Prezident chek-
lov bilan bogʻliq bu oʻyinlarni sezibdilar, shekilli. Chun-
ki bitta qaror bilan fitnalardan himoya qilib qoʻydilar. 
AOKA direktorining oʻrinbosari etib qizlari Saidani ta-
yinladilar. Oʻshanda bu qaror menga qanot berdi. 
107 / AOKA. OAVdagi oʻzgarishlar


 Saida Shavkatovnani oʻzi tushunmaydigan sohaga toʻ-
satdan tushib qoldi, deb oʻylash notoʻgʻri. U oldindan Pre-
zidentning OAV masalalari boʻyicha norasmiy maslahat-
chisi boʻlib kelgan, Oʻzbekistonning imijiga oid jahon 
matbuotidagi hamma materiallarni kuzatib, tahlil qilar-
di. Saidaning xotirasi oʻta kuchli, ingliz tilini mukammal 
biladi.
Ikki kun uxlamadim. Bu juda ogʻir masʼuliyat edi. 
Lekin, shu bilan birga: «Albatta omadim keladi, Xudo 
menga yordam beradi», — deb doim ishongan ichimda-
gi oʻsha bebosh Komil Allamjonov xursandligidan yettin-
chi osmonda uchdi.
Saida bilan matbuot kotibi boʻlib ishlab yurgan vaq-
timdan beri doʻst edik, munosabatimiz juda yaxshi, 
bir-birimizning ishonchimizni qozongandik. Prezident-
ning yangi Matbuot xizmati ochiq ish yurita boshlagani-
ni, ancha xalqchil boʻlib qolganini koʻpchilik sezdi. Bunda 
Saidaning ham katta hissasi bor. Oʻrinbosar qilib tayinla-
nishidan oldin ham AOKA boʻyicha shunchaki, doʻstona 
yordam berib turardi. U juda samimiy, rahmdil inson, ajo-
yib ona va rafiqa, ota-onasining soʻzini ikki qilmaydigan 
qiz. Bir soʻz bilan aytganda, otasining munosib farzandi. 
Oʻsha kunlari hamma nashrlarda Bosh vazir oʻrinbosa-
ri Zoir Mirzayevning buyrugʻi bilan ariqda tizzasigacha 
suvda turganlar surati tarqab ketdi. 
108 / AOKA. OAVdagi oʻzgarishlar


 Oʻzbekistonda hokim yoki vazir boʻlish juda qiyin. Vi-
loyat yoki biror soha u yoqda tursin, kichik bir tuman-
ni boshqarish ham oson emas. Bir paytlar bu vazifalarda 
mehnat qilgan Prezident holatni ichidan biladi. Mirzayev 
ishdan olinib, chekka bir tumanga hokim qilib qoʻyildi. 
Uning qoʻl ostida ishlab yurganlar endi unga rahbar boʻlib 
qoldi. Bu juda ogʻir, ammo adolatli saboq edi.
Qizigʻi shundaki, koʻpchilik hokimlarning fikrlashi-
da oʻzgarish roʻy berdi. Ular har bir qadamlari matbuot 
nishoni ostidaligini, jurnalistlarga bosim oʻtkazish xavfli 
ekanini asta-sekin tushuna boshladilar. Undan koʻra ham-
korlik qilish maʼqulligini tan oldilar. Zoir Mirzayev bir yil 
ichida yana Prezidentning ishonchini qozonib, viloyatga 
hokim boʻlib qaytdi. Bilishimcha, endi u qashqadaryolik 
jurnalistlarning eng yaqin doʻsti boʻlib qolgan. Intervyu 
berganda ham, kameraga ham kerakli va progressiv gap-
larni aytyapti. Har qalay, Qashqadaryo boʻyicha OAVdan 
shikoyatlar tushmay qoʻydi. 
AOKA bir yilda OʻzMAA butun faoliyati davomi-
da qilmagan ishlarni amalga oshirdi. Ayni paytda xalqa-
ro jamoatchilikning Oʻzbekiston haqidagi mulohazalarini 
diqqat bilan kuzatib bordik, «...gacha» va «...dan keyin»-
gi raqamlarni taqqosladik. Xorijiy nashrlarda respublika-
mizga nisbatan negativ fikrlar salkam ikki baravar kama-
yib, borgan sari koʻproq ijobiy munosabat koʻzga tashlana 
boshladi. Biz har bitta shunday sharhni kichik bir gʻala-
badek nishonlardik. Axborot qamrovi juda keng edi, ikki 
109 / AOKA. OAVdagi oʻzgarishlar


yuz mingdan ortiq materialni tahlil qildik. Yurtimiz haqi-
da hatto Nigeriya va JARda yozishdi. Butun Yevropada, 
Avstraliya, Yaponiya, kutilmaganda, Vyetnamda ham
Oʻzbekistonga bagʻishlangan juda koʻp maqolalar chop 
etildi. Lekin tabiiyki, biz haqimizda eng koʻp yozadigan 
davlat Rossiya edi. Yangi yoʻnalishimiz, ochiqligimiz, mu-
loqotga va tanqidga tayyorligimiz koʻpchilikda qiziqish 
uygʻotdi. Har qanday qarashni ogʻrinmay qabul qilishga 
tayyor boʻlsang, salbiy fikrlar ancha kamayar ekan. 
Muhimi, bu oʻzgarishlarga mamlakat ichidagi odamlar 
qanday munosabat bildirayotgani edi. Aholiga islohotlar 
haqida toʻliq axborot yetkazish uchun birinchi navbatda 
vazirlik va boshqa muassasalarda matbuot kotiblari ins-
titutini yangitdan tashkil qilish zarurati tugʻildi. Ilgari 
ahvol qanday edi?
Matbuot xizmati eng keraksiz boʻlim hisoblanardi. 
Uning vazifasi oʻrtamiyona yuritilayotgan saytga hisobot 
uchun ora-chora qandaydir yangiliklar qoʻyib turish edi, 
xolos. Odatda matbuot xizmatining shtati boshqa boʻlim-
larda ortiqchalik qilgan xodimlar hisobiga toʻldirilardi. 
Tashkilotda matbuot kotibining hech qanday haq-huquqi 
yoʻq edi. 
Vaziyatni oʻrganganimizda, matbuot xizmati xodim-
larining qoʻlidan tayinli ish kelmasligi, ular jamoatchilik 
bilan dolzarb va jiddiy mavzularda muloqot qila olmasli-
110 / AOKA. OAVdagi oʻzgarishlar


gi maʼlum boʻldi. Ularga buni hech kim oʻrgatmagan, qola-
versa, oʻrgatadigan va oʻrganadigan tayinli odamning oʻzi 
yoʻq ekan. Rahbarlar baʼzan ijtimoiy tarmoqlardagi mate-
riallar va postlarga oʻzlari javob berishga urinardi. Lekin 
buni hamma ham eplolmaydi. Natijada obroʻ-eʼtibor bat-
tar tushib ketadi. Katta-kichik rahbarlar umr boʻyi bir 
chekkada, panada boʻlishga moslashib qolgan. Islom Ka-
rimov amaldorlarni OAVda oʻzlari haqida ortiqcha maʼlu-
mot bermaslikka oʻrgatib qoʻygan edi. Jamoatchilik hech 
qaysi siyosatchini, biror vazirni tanimasdi, siyosiy makon-
da axborot vakuumi — boʻshliq hukmronlik qilgan. Shu-
ning uchun samarali ishlaydigan matbuot xizmatlari va 
OAVga ehtiyoj ham yoʻq edi.
Matbuot kotiblari institutini qayta tashkil qilish oson 
boʻlmadi. Negaligini tushuntiraman. Tizim xuddi ariqqa 
agʻdarilib, hamma gʻildiragi sinib ketgan aravaga oʻxshar, 
biz esa uni tortib chiqarishga harakat qilardik. Bu juda 
qiyin ish edi. Boshida hafsalamiz pir boʻlib, tushkunlik-
ka tushgan paytimiz ham boʻldi. Hamma harakatimiz be-
foydadek koʻrinar, tashkilot rahbarlari esa bizning tiri- 
shib-tirmashayotganimizni beparvo kuzatishardi. Ijtimo-
iy tarmoqlarda va blogosferada boplab poʻstaklari qoqil-
maguncha, ular jamoatchilik bilan aloqani yoʻlga qoʻyish 
qanchalik muhimligini tushunib yetishmadi. Jurnalistlar 
amaldorlarning lavozimidan qoʻrqmay, savollariga javob 
talab qila boshladi, oldinlari ovoza qilish xavfli deb hisob-
langan xabarlar efirga uzatiladigan boʻldi. 
111 / AOKA. OAVdagi oʻzgarishlar


 Biz matbuot xizmatlariga oid Prezident farmoni loyi-
hasini tayyorladik. Unga koʻra matbuot kotibi tashkilot 
rahbarining oʻrinbosariga tenglashtirildi. Yaʼni vazirlik-
ning matbuot kotibi — vazir oʻrinbosari, hokimiyatniki 
hokim oʻrinbosari bilan teng maqomda boʻldi. Bosh vazir-
ning matbuot kotibi — Bosh vazir oʻrinbosari darajasida.
Bu hujjat qabul qilingach, AOKA barcha vazirlik va ido-
ralar uchun 400 nafar matbuot kotiblarini tanlab olib, at-
testatsiyadan oʻtkazdi. 
Mamlakatda oʻzining soʻziga, oʻrniga ega professio-
nal matbuot kotiblarini yuzaga chiqarish yoʻlida qoʻyil-
gan birinchi qadam edi bu. Albatta, ular osmondan tu-
shib qolgani yoʻq. Saidaning zimmasiga ishning eng qiyin 
qismi tushdi: matbuot kotiblari malakasini oshirish boʻyi-
cha alohida loyiha ishlab chiqish kerak edi. Matbuot ko-
tibi kim oʻzi, axborot qanday tahlil qilinadi, qanday taq-
dim etiladi, ijtimoiy tarmoqlarda ishni qanday olib borish 
kerak? Shu kabi savollarga javob beradigan, hammasini 
noldan boshlab oʻrgatadigan maktab tashkil etildi. Baʼzi-
lar hatto kompyuterdan foydalanishni ham bilmas ekan. 
Soliq qoʻmitasida ishlagan paytimda matbuot xizmatlari 
uchun tayyorlagan strategiyam rosa foyda berdi. Bu hujjat-
lar oʻshandan beri vaqti-soatini kutib yotgan edi.
Natijada koʻp tashkilotlar ijtimoiy tarmoqlarda oʻzi-
ning sahifalarini ochdi, matbuot kotiblarining ism-sha-
rifini bilib oldik, koʻrganda taniydigan boʻldik. Matbuot 
112 / AOKA. OAVdagi oʻzgarishlar


kotiblari jamoatchilik bilan ishlaydigan shaxslarga aylan-
di, bu lavozimning nufuzi ancha oshdi.
U yoki bu materialni olib tashlash haqidagi talab-
larga ham aynan oʻsha paytda nuqta qoʻyildi. Muharrir-
lar «Falon xabarni oʻchirib tashla!» degan dagʻdagʻalarga 
qatʼiy «Yoʻq!» javobini bera boshlagach, har xil vazirlik va 
idoralardan qoʻngʻiroqlar sekin-asta kamayib, oxiri tin- 
chidi. Mabodo maqolani olib tashlashga majbur qilishsa 
ham, oʻrniga chiqib keladigan «404»26, belgisi undan bat-
tar shov-shuvga, muhokamaga sabab boʻlardi. Jonli efir-
dagi muloqotga amaldorlarning koʻnikishi oson boʻlmadi. 
Asosiysi, eski uslubda ishlaydigan rahbarlarning obroʻyi 
tusha boshladi.
Bizda shu paytgacha qanday boʻlgan?
Koʻpchilik amaldorlar xuddi mansabini narigi dunyoga 
olib ketadigandek tutadi oʻzini. Bunday takabburlik Pre-
zident tomonidan doimiy tanqid qilinadi.
Rahbarlar qoʻl ostidagilarning soʻzsiz itoat qilishiga, 
boshida yongʻoq chaqilsa ham, miq etmay chidashiga oʻr-
ganib qolgan. Endi ularning boshidan tojlari ucha boshla-
di. Manaman degan amaldorlar ham oddiy odam ekan, ij-
timoiy tarmoqlarda yuz-xotir qilib oʻtirmay ularni tanqid 
qilish, OAVda ular haqida maqola yozish mumkin ekan. 
Otasining ismini qoʻshmay, yaʼni ortiqcha mulozamat-
siz quruq ism-familiyasi bilan tilga olinsa ham, osmon
113 / AOKA. OAVdagi oʻzgarishlar



Download 24,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish