Xalq dushmani



Download 18,56 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi18,56 Kb.
#790338
Bog'liq
Publisistik maqola - Xalq dushmani


XALQ DUSHMANI

Tariximizning qora sahifalaridan ma’lumki, totalitar tuzum qanchadan qancha ziyolilarimizni – milliy qadriyatlarimiz, o’zligimiz, tilimiz va dinimizni asrab qolishga, xalqimizni mustamlaka va jaholat uyqusidan uyg’otishga uringan ma’rifatparvar, zabardast insonlarni – “xalq dushmani” sifatida qoralab, birin-ketin yo’q qilishga urindi. Hukmron imperiyaning yovuz maqsadini anglab yetmaslik uchun yo gung-basir, yoki manqurt bo’lish kerak edi. Bu – millatimizni yo’q qilish, xalqimizdan qul o’rnida foydalanish, moddiy va ma’daniy boyliklarimizni talon-taroj qilish yo’lida "g’ov" bo’layotgan qalqonlarimizga, xalqning suyangan ustunlariga, qilingan bir bo’hton ekanligi hech birimizga sir emas.


Ayni kunlarda, o’sha “xalq dushmani” iborasi chin ma’noda haqiqiy egasini topdi. Ya’ni, butun insoniyatni din-u diyonatiga, millat-u elatiga qaramay, o’z iskanjasiga olayotgan “koronavirus” atalmish baloyi ofatga qarshi kurash borayotgan bir paytda, loqaydlik qilib, o’z sog’ligini o’ylamagani barobarida oilasi, yaqinlari, atrofidagilari sog’ligiga ham putur yetkazayotgan, vaboni yuqtirishda vositachi bo’layotganlarni ham “xalq dushmani” deyishga to’la asosimiz bor.
Yurtimiz rahbarining bugungi tahlikali kunda xorijdagi vatandoshlarimizni yaqinlari bag'riga qaytarish, aholi salomatligini muhofaza qilish va tiklash, ijtimoiy-iqtisodiy turmush jarayonining barqarorligini ta'minlash, barcha sohalar, shu jumladan ta'lim tizimida ham orqada qolib ketmaslikka erishish maqsadida olib borayotgan islohotlari, qabul qilinayotgan qaror va farmoyishlar, chora-tadbirlarga qaramay, davlat xazinasi, qolaversa, saxovatpesha insonlarimiz ko’magida ko’rsatilayotgan beminnat xizmatlarga javoban noshukurligi, betoqatligi va kaltabinligi bilan o’zi va o’zgalar hayotini xatarga qo’yayotgan kimsalarni yana kim deb atash mumkin?!
Butun dunyoda ushbu ofatga qarshi kurash ketmoqda, lekin hech bir mamlakatda fuqarolarga g'amxo'rlik bizning yurtimizdagi kabi emas. Ommaviy axborot vositalaridan barchamizga ma'lumki, ko'plab davlatlarda shifoxonalar, zaruriy dori vositalari yetishmasligi, shifokorlarning o'z hayotini xatarga qo'yishni istamay, ishlashdan bosh tortayotgani, kasallanganlar o'z hisobidan davolanishi belgilangani sabab juda ayanchli holatlarning guvohi bo'lyapmiz, kasallanganlar va o'lim soni esa ortib bormoqda. Bu omonsiz kurash, jon uchun kurash, ko'pchilikning sillasini va afsuski, yostig'ini quritmoqda.
Bir hisobda, uchinchi jahon urushini boshdan kechiryapmiz. Avvalgilarida dushman aniq edi, bu galgisi ko’zga ko’rinmas. Demak, bu yov avvalgilaridanda xavfliroq.
Urush payti hamma hamjihatlikda harakat qilgan, bir burda qotgan nonga qanoat qilgan. Biz nima qilyapmiz? Serhasham to'y-u bazmlar, kecha va ziyofatlar uyushtirishda davom etyapmiz. Eng yomoni bu ishimiz orqali kasallikning tarqalishiga sababchi bo'lyapmiz. Bu - xalqqa xiyonat emasmi? Urushdan qochgan, xoinlik qilgan, dushmanga sotilgan kishilarga ham “xalq dushmani” sifatida qaralgan va qattiq jazolangan. Avlod-u ajdodiga tavqi la’nat yog’ilgan, davralarga qo’shilmagan. Bizning jonkuyar hukumatimiz esa kechirimli, “ko’rinmas yov”ga ko’maklashayotganlarga ham g’amxo’rligini ayamay, salomatligini tiklashga astoydil harakat qilmoqda.
Endi, do’ppini boshdan olib, bir shuning sarhisobini qilaylik! Bu achchiq so’zlarimizni o’sha “xalq dushmanlari”ga qarata aytdik. Xulosa qilish esa o’zlaridan. Kimki o’zini “xalq dushmani” deb bilsa, qilmishida davom etaversin. Yaratgan in’om etgan aziz jonini asramaslik, o’zini xatarga qo’yish ham kufr ekanligini unutmasa bas. Zero:
O'z vujudingga tafakkur aylagil,
Har ne istarsan, o'zingdin istagil.
"El netib topqay menikim, men o'zimni topmamon" - deb ta'kidlagan ulug' Navoiy, el shod, mamlakat obod bo'lishi uchun avvalo, odamzot o'z vujudidagi "hirs-u havas xirmoni"ni barbod, "nafs-u havo qasri"ni baraftod etmog'i lozimligini, har bir ishni qilishdan avval ruhi, iymon-u vijdoni, ong-u tafakkuri vositasida qaror qabul qilmog'i kerakligini aytib ketgan. Bu hikmat qancha davrlar o'tsa ham, o'z ahamiyati va isbotini yo'qotmaydi.
Download 18,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish