ega ekanligi. Xaridorlar bilan ishlash tajribasi mavjudligi.
|
|
Korxonaning ojiz taraflari
|
Tashqi xavf-xatar, tahdidlar
|
Sifat darajasining pastligi;
Malakali mutaxassislaming yetishmasligi;
Firmada pul aylanish jara- yonining sustligi;
Kadrlar qo'nimsizligi (2007-yilda -20 %).
|
Dollar kursining beqarorligi (Rossiya korxonalari bilan hi- sob-kitob dollarda bo'ladi);
Eksport mahsulotiga talab kamayib borayotganligi.
|
Yuqoridagi misoldan ko‘rinib turibdiki, SWOT tahlili korxonaning bugungi taraqqiyot darajasini aniq ko'rish va kelgusi faoliyat uchun kerakli xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi. Iqti- sod yo‘nalishini tanlagan xar bir talaba SWOT tahlilm mukammal
о ‘rganishi va keyinchalik o'z faoliyatida ko‘llay bilishi zarur. SWOT tahlili, shuningdek, talabalarni mustaqil fikrlashga va har bir korxonaning bugungi ahvolini ko‘ra bilishiga yordam beradi.
Ushbu metodni qo‘llashda talabalarni mustaqil ishlashini tashkil etish ham mumkin. Bunda talabalar o‘zi xohlagan tashkilotni tahlil qilib, o‘zlarini xulosalarini berishlari kerak bo'ladi. So‘ngra shu faoliyat turi bilan shug'ullanuvchi boshqa korxona bilan sol- ishtirishi mumkin. Agar guruhda talabalar soni ko‘p bo‘lsa, ularni kichik guruhlarga bo‘lish asosida bir turdagi tashkilotlami tahlil qil- ishlari mumkin.
SWOT tahlili metodini qo‘llashning afzallik tarafi shundaki, bunda talabalar individual ishlashni hamda guruhda ishlashni
о ‘rganadi.
Shunday qilib, iqtisodiy tahlil fanini o'rganishda yuqorida ko'rib o'tgan barcha metodlarimizni fanning va uni o'iganishning xususiyat- lariga ko'ra moslashtirish mumkin. Ayniqsa, konseptual jadval, seman- tik jadval, T-sxema, SWOT analiz, masala-mashq, test, esse yozish, namoyish qilinuvchi va tarqatma materiallar tayyorlash va ulardan foydalanish, Venn diagrammasi, tadqiqot, munozara, aqliy hujum, keys stadi metodlarini qo'llash keng imkoniyatlarga ega.
§. «Audit» fani va uni o'qitish metodikasi
Iqtisodiy faoliyatda barcha darajadagi axborotlar, yuqorida aytib o'tganimizdek, buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga asoslanadi. Buxgalteriya hisobi va hisobotida chalkashliklarga, xatolirga yo'l
qo'yish, xohish-maqsadlarimizni boshqalar tomonidan reallik tarzida qabul qilishlariga urinish, noto‘g‘ri axborot berish va boshqalar, albatta chiqargan xulosamiz va qabul qilgan qarorimizni noto'g'ri bo'Iishiga olib keladi. Buning natijasida:
^ Xo'jalik yurituvchi subyektning o'zi noqulay iqtisodiy ahvolga tushib qolishi yoki inqirozga yuz tutishi;
'r shu xo'jalik yurituvchi subyekt bilan hamkorlik qiluvchilar' noqulay ahvolga tushib qolishi;
^ xo'jalik yurituvchi subyektning investorlari, kreditorlari katta zarar ko'rishlari;
r" boshqa axborotdan foydalanuvchilar manfaatiga putur yeti- shi, masalan, sun’iy ravishda bankrotlik holatiga olib kelib, turli majburiyatlardan qochish holatlari yuz berishi mumkinki, ularning hammasi axborotlarning haqqoniy bo'lishini ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu maqsadga qanday erishish mumkin? Buning uchun:
iqtisodiy axborotlarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun zarur maxsus bilimga ega bo'lish;
ma’lumotlarni bevosita baholash va sifatini aniqlash uchun niaxsus malaka, vaqt, dalil, axborot va materiallar kerak;
bunday bilim va malakaga ega bo'lgan shaxs xolis, mustaqil, insofli bo'lishi va uning faoliyati shunday tashkil etilishi kerakki, haqqoniy boiish uning manfaatiga mos kelishi zarur.
lnsoniyat bu muammoning yechimi sifatida auditorlik xiz- matini o'ylab topdi va ana shunday xizmat ko'rsatishni : itadigan audit fani shakllandi. Tarixiy manbalarga asoslangan huiua. professor P. I. Kambishanov auditorlikni taxminan eramiz- dan oldiugi 200-yillarda shakllana boshlaganini e’tirof etadi. Ma;i.'./lashgan davlatchilikning barpo bo'lishi hamda rivojlanishi natijasiua mamlakatni boshqarish uchun haqqoniy hisob, nazorat va ... ’iya ishlariga zaruriyat kuchaygan. U paytlarda kvestorlar, ya’ni Rim imperiyasi davrida moliya va sudlov ishlarini olib boruv- clii ;ansabdor shaxslar joylardagi hukumat buxgalterlari ustidan nazorat qilib tuganlar. Kvestorlarning hisobotlari Rimga yuborilib, imtihon qiluvchilar tomonidan eshitilgan. «Auditor» lotinchada auditing» - aynan tarjimasi «u eshitayapti», «eshituvchi» degan tushuncha ana shundan kelib chiqqan1.
1 Камышаноп П. И. Практическое пособие по аудиту. М.: Инфра-М, 1996,
стр. 7.
Demak, «Audit» tushunchasi lotinchadan kirib kelgan bo'lib, haqqoniy hisobot yuritishni, buning uchun hukumat buxgalterlari ustidan nazorat qilishni imtihon qilish, ularni eshitish orqali amalga oshirilganini ko'rsatadi.
Yevropada XVII asrda aksiyalarning vujudga kelishi, natijada aksiyadorlik kompaniyalarining o'z aksiyadorlari, kreditorlar, soliq xizmati xodimlari o'rtasida munozarali masalalarning tez-tez kelib chiqishi, ularni hal qilib beruvchi mutaxassis, xolis va haqqoniy axborotga bo'lgan ehtiyojni yanada kuchaytirdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu ehtiyoj yanada ortib, oxir-oqibat hozirgi darajadagi tashkiliy-huquqiy infratuzilmalariga ega bo'lgan audit institutlari shakllanib, faoliyat yuritishiga olib keldi.
Audit mamlakatimizdagi xo'jalik faoliyatini nazorat va iqtisodiy tahlil qilishning nisbatan yangi yo'nalishidir. Agar G'arb mamlakat- larida audit 150 yildan buyon ma’lum bo'lsa, 0‘zbekistonda esa mustaqil faoliyat sohasi sifatida xo‘jalik yuritishda davlat monopoli- yasidan voz kechish va bozor iqtisodiga o‘tish natijasida shakllana boshladi.
Qisqa vaqt ichida O'zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to'g'risida»gi Qonuni, auditorlik milliy andozalari hamda Moliya vazirligining qator qarorlari, yo'riqnomalari ishlab chiqildi. Bu me’yoriy hujjatlarda xalqaro audit andozalarini chuqur o'rganib, milliy iqtisodiyotimizni xususiyatlarini hisobga olingan.
Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining birinchi (yuqori) pog'onasida O'zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to'g'risida»gi Qonuni (yangi tahriri) turadi. Ushbu qonun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 26-maydagi qaroriga muvofiq qabul qilingan bo'lib, 29 moddadan iborat.
«Auditorlik faoliyati to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan hukumat qarorlarini ham ushbu tizimning birinchi pog'onasiga kiritish mumkin. Jumladan, 22-sentabr 2000-yilda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomil- lashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to'g'risida» Qaror qabul qildi. Ushbu qarorga muvofiq «Auditorlik xulosalarini soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olish tartibi to'g'risidagi Nizom», «Majburiy auditorlik tek- shiruvi o'tkazishdan bo'yin tovlaganligi uchun xo'jalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi to'g'risidagi Niiom» va
«Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auuitorlik tashkilot- lariga litsenziya berish to'g'risidagi Nizom» tasdiqlangan.
Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish auditorlik tash- kiloti tomonidan amalga oshiriladigan mikrofirmalaming moliya- xo‘jalik faoliyati soliq oiganlari va boshqa nazorat organlari tomonidan tegishli auditorlik tashkiloti albatta jalb qilingan holda tekshiriladi. Bunda moliyaviy hisobotning to'g'riligi uchun auditorlik tashkiloti javob beradi.
Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining ikkinchi pog‘onasi — auditorlik faoliyatining milliy standartlarini (AFMS) va boshqa me’yoriy hujjatlarni o'z ichiga oladi. Auditorlik faoliyati milliy standartlari (AFMS) — bu barcha auditorlik tashkilotlari o'zlarining professional faoliyatlari jarayonida rioya qilishlari lozim bo'lgan yagona asosiy tamoyillardir. Standartlar O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Buxgalteriya hisobi, hisoboti va audit uslubiyoti boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilib tasdiqlanadi va Adliya vazirligida ro'yxatga olinadi. O'zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyati Milliy Standartlari (AFMS) Auditning Xalqaro Standartlari — AXS (International Standards of Auditing — ISAs) negizida ishlab chiqiladi va asosan auditorlik tekshiruvlarini o'tkazish qoidalarini belgilaydi. Bu qoidalar moliya-xo'jalik faoliyatining barcha subyektlarida bir xil qo'llaniladi.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida auditorlik standartlariga rioya qilish audit sifatini va uning natijalari is- honchliligini kafolatlaydi.
Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining shakllanishi va rivojlanishida professional jamoat tashkilotlari muhim o'rin tutadi. Republikamizda
Do'stlaringiz bilan baham: |