tarqatma material
Topshiriqlaming javoblari Birinchi topshiriqning javoblari:
A); 2.B); 3.G); 4.V); 5.V); 6.G); 7.V); 8.B); 9.A); 10.G);
Ikkinchi topshiriqning javobi:
1. Noto‘g‘ri. Balans lotincha bis — ikki, banx — «tarozi pallasi» so'zlaridan tarkib topgan bo'lib «ikki palla» degan ma’noni anglatadi, tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi.
To‘g‘ri. Ikki yoqlama yozuv buxgalteriya hisobining asosiy qoidalaridan biri bo'lib, barcha xo'jalik muomalalari bir hisobvaraq debetida ayni vaqtda boshqa hisobvaraq kreditida teng sum- mada aks ettiriladi.
Noto‘g‘ri. Ikki yoqlama yozuv orqali hisobvaraqlar o'rtasidagi o'zaro bog'lanishni belgilash hisobvaraqlar korrespondensiyasi deyiladi. Bir hisobvaraqning debeti va ikkinchi hisobvaraqning kreditida ifodalanishi orqali bu hisobvaraqlar bir-biri bilan bog'lanadi.
To‘g‘ri. Xo'jalik muomalalari provodka orqali tegishli debet- lanuv va kreditlanuvchi hisobvaraqlarda muomala summasi
ko'rsatiladi, ya’ni rasmiylashtiriladi. Ular birlamchi hujjatlar asosida tuziladi.
To‘g‘ri. Ana shu aloqadorlikni aks ettirish usuli ikki yoqlama yozish deb ataladi. Chunki, bu muomalalar bir hisobvaraqning debetida, ikkinchisining esa kreditida aks etadi.
Noto‘g‘ri. Hisobvaraqlar o'rtasidagi o'zaro bog'lanishni belgilash hisobvaraqlar korrespondensiyasi deyiladi. Ya’ni bajarilgan muomalalar qaysi hisobvaraq debetida va qaysi birining kreditida ifodalanishi aniqlanadi. Masalan, ishchilarga ish haqi kassada iyurroyi uchun 1 million so'm toianadi. Demak," bunda 5010 kassa — Milliy valyutadagi pul mablag'lari va 6710 - Ishchi va xizmatchilarga ish haqi yuzasidan qarzlar hisobvaraqlarini o'zaro bog'lanishi, ya’ni hisobvaraqlar korrespondensiyasini hosil qiladi.
To‘g‘ri. Chunki, bir muomala summasi ikkita hisobvaraqda aks etayapti, unda hech qanday murakkablik yo'q.
To‘g‘ri. Mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko'rsatishdagi muomalalarni hisobvaraqlarsiz olib borib bo'lmaydi. Umuman olganda, hozirgi buxgalteriya hisobini hisobvaraqlarsiz tasawur ham qilib bo'lmaydi. Buxgalteriya obyek- tining har bir turi uchun alohida hisobvaraq ochiladi.
Noto‘g‘ri. Hisobvaraqlar bo'yicha ikki yoqlama yozuv ya- kunlari oborotlar deb ataladi. Debet va kredit oborotlari o'rtasidagi tafovut esa saldo deb ataladi.
To‘g‘ri. Ular aktiv va passiv hisobvaraqlarga bo'linadi.
Noto‘g‘ri. Aksincha. Mablag'larning kelib chiqish man- balarini holati va harakatini hisobga oladigan hisobvaraqlarni passiv hisobvaraqlar deb aytiladi. Aktiv hisobvaraqlar esa xo‘jalik mablag'lari holati va o'zgarishini hisobga oladi.
Noto‘g‘ri. Bir muomalada bitta hisobvaraq debetlanib, bir nechtasi kreditlansa, bir hisobvaraq kreditlanib bir necha hisobvaraq debetlanishi tushuniladi. Boshqacha bajarilgan operatsiyalar noto'g'ri hisoblanadi.
tarqatma material
topshiriqning javobi:
Hisobvaraqdagi ayrim yozuvlar chizmada noto'g'ri aks ettirilgan. Bular: 1. Debetda mablag'larning kamayishi emas, ko'payishi deb yozilishi kerak. Mablag'larning kamayishi, aksincha hisobvaraqning kreditida aks etadi. Oy oxiridagi saldo ham debetida hisoblanadi. Chunki u aktiv hisobvaraq. Bajarilgan operatsiyalar bo'yicha yozuvlarni to'g'ri aks ettirsak, u quyidagicha bo'ladi.
Oy boshidagi saldo:
|
Mablag'larning kamayi
|
Mablag'larning ko'payishi
|
shi
|
Oy oxiridagi saldo
|
|
Aktiv hisobvaraq kassadagi pul mablag', 5010 milliy valyuta- dagi pul mablag‘lari bo'yicha bajarilgan operatsiyalar asosida oy oxiridagi saldoni topish uchun debet bo'yicha va kredit bo'yicha oborotlami hisoblashimiz kerak.
Hisob-kitob schyotiga mablag1 tushsa, demak, kassada pul ko'payadi, uning debetiga yozamiz:
Birinchi marta:
D — t 5010 Milliy valyutadagi pul mablag'lari, 500 ming so'm.
К — t 5110 Hisob-kitob schyoti, 500 ming so'm.
Ikkinchi marta:
D — t 5010 Milliy valyutadagi pul mablag'idri, 200 ming so'm. К — t 5110 Hisob — kitob schyoti, 200 ming so'm.
Uthinchi marta:
D — t 5010 Milliy valyutadagi pul mablag'lari, 300 ming so'm.
К — t 5110 Hisob-kitob schyoti, 300 ming so'm.
Kassadan xodimlarga ish haqi berilganda, 6710 Xodimlar bilan ish haqi bo'yicha hisob-kitoblar schyoti bilan bog'lanadi. Kassadagi pul kamayadi. Xodimlar .bilan ish haqi bo'yicha hisob- kitoblar bo'yicha ham kamayadi.
U holda,
marta:
К — t 5110 Milliy valyutadagi pul mablagiari, 300 ming so'm.
D — t 6710 Xodimlar bilan ish haqi bo'yicha hisob-kitoblar, 300 ming so'm.
Ikkinchi marta:
К — t 5110 Milliy valyutadagi pul mablag'lari, 600 ming so'm D — t 6710 Hisob-kitob schyoti, 600 ming so'm,.
U holda, hisobvaraq bo'yicha chizmamiz quyidagicha bo'ladi:
Aktiv hisobvaraq Milliy valyutadagi pul mablag'lari
Debet
|
Kredit
|
Oy boshidagi saldo: 50.000
|
|
1) 500.000
|
1) 300.000
|
2) 200.000
|
2) 600.000
|
3) 300.000
|
|
Oy oxiridagi saldo 150.000
|
|
D — t bo'yicha oborot = 500 000 + 200. 000 + 300.000=1000000 so'm.
К — t bo'yicha oborot = 300.000 + 600.000 = 900.000 so'm. Aktiv hisobvaraqlar bo'yicha oy oxiridagi saldoni topish uchun oy boshidagi qoldiq (saldo) schyotining debet oboroti (Od-t ) qo'shilib, kredit oborotini (Ok_t ) ayiramiz.
U holda oy oxirida saldo:
Aktiv schyot bo'yicha, Saldooy oxiri = Saldooyboshi +Oa-t — Ok_,
= 50.000 + (500000 + 200000 + 300000) - (300000 + 600000) = 50000 + 1000000 - 900.000 = 150.000
Chizmada noto'g'ri berilgani bo'yicha saldoni hisoblashning ma’nosi quyidagicha bo'ladi:
Soy oxiri Ok—t ~ S0y boshi Od-t
Agar raqamlarni qo'yib hisoblasak, aktiv hisob varaqlarni oy oxiridagi saldosini yuqoridagi noto'g'ri chizma bo'yicha aniqlay olmasligimizga qat’i ishonch hosil qilishimiz mumkin.
tarqatma material
Yetarli darajada ball to‘play, olmay tanlovdan chiqib ketganlar uchun berilgan topshiriqning javobi:
Chizmada oy davomida bajarilgan opreatsiyalami hisobga olgan holda passiv hisobvaraqlaming oy oxiridagi saldosini hisoblash modeli noto'g'ri ko'rsatilgan.
Passiv hisobvaraqlarda mablag'larning manbalari holati va harakati hisobga olinadi. Shuning uchun mablag'lar emas, balki mablag'lar manbaining ko'payishi deb yozilishi kerak.
Passiv hisobvaraqlarda debetda mablag'lar manbaining kamayishi, aksincha, kreditda mablag'lar manbaining ko'payishi yuz beradi. Shuning uchun ularning o'rnini almashtirish lozim. Saldo to'g'ri yozilgan.
Chizmamizni to'g'ri ifodalasak, quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
Debet Passiv hisobvaraq Kredit
Oy boshidagi saldo:
Mablag'lar manbayining ka- Mablag'lar manbaining mayishi ko'payishi
Oy oxiridagi saldo Oy oxiridagi saldoni topish uchun oy boshidagi saldoga schyotning kredit oborotini qo'shamiz, debet oborotini ayiramiz.
Saldoov 0xiri = Saldoov boshi +Qk-t ~ Qd-t
0‘quvchi-talabalar ularni o'z javoblari bilan solishtiradilar. So'ngra muhokama qilish boshlanadi.
Qanday metodni qo‘llab dars o‘tishdan qat’i nazar, to‘g‘ri javobni shunchaki aytib qo'yish yetarli emas. Asosiysi, javobni muhokama qilib, nima sababdan aynan shu javob to‘g‘ri ekanligini talabaning ongiga yetkazishdir. Ana shundagina talaba o‘rganayotgan mavzuning mazmunini puxta o‘zlashtiradi va darsdan qo'yilgan maqsadga erishiladi.
Modellashtiruvchi o‘yinlarda ham o'yinni tugatgach, natijasi muhokama qilinishi zarur. Muhokama oxirida barcha qatnash- chilarga berilgan ballar e’lon qilinadi. O'qituvchi barcha ishtirok- chilarga o'yinda qatnashganlari uchun minatdorchilik bildiradi va kelgusi darsning mavzusi va unda qo'llaniladigan metodlar e’lon qilinadi.
Shunday qilib, buxgalteriya fanining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, fanni o'rganish uchun tarqatma materiallardan, ayniqsa, hujjatlashtirish shakllaridan keng foydalanish zarur.
Ikkinchidan, masala-mashqlar yechish asosiy metod hisobla- nadiki, masala-mashq yechmay, fanni o'rganib bo'lmaydi. Barcha metodlar orasida universalligi bilan ajralib turadigan juftlik va kichik guruhlarga bo'lib dars o'tish ham fanni o'rganishda samarali metod hisoblanadi.
Albatta, o'rganilayotgan mavzuning maqsadidan kelib chiqqan holda muhokama qilinayotgan savolga ko'ra boshqa metodlarni ham bemalol moslashtirish mumkin. Bu o'qituvchining iqtidori, xohish-istagiga bog'liq.
Umuman olganda, yuqorida o'rganilgan aksariyat metodlarni o'rganilayotgan fanlarga moslashtirish mumkin. Lekin ularni aynan shu fan uchun qay darajada samarali bo'lishini hisobga olish zarur.
Xulosa
Ma’lumki, har bir fanning o'ziga xos xususiyati mavjud bo'lib, ular, eng awalo, fanning predmeti, maqsad, vazifalari, o'rganish metodlari bilan ajralib turadi.
Buxgalteriya hisobi fani o'zining qator xususiyatlari bilan boshqa iqtisodiy fanlardan ajralib turadi. Eng asosiysi buxgalteriya hisobi hujjatlashtirish, hujjatlarning esa yuridik kuchga ega bo'lishi, ikki yoqlama yozuvga asoslanishi bilan farqlanadi va boshqa hech qaysi fanda (auditda uni to'g'ri bajarilgani tekshiriladi)
o'rganilmaydi. Bajariladigan amallar esa qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjatlar asosida yuritilishi shart.
Buxgalteriya hisobi amaliyot bilan chambarchas bog‘liq. Fanning qator xususiyatlari uni o'rganishda ko'rgazmali va tarqatma materiallardan, texnik vositaiardan keng foydalanishni taqozo qiladi. Fanni o'rganishda buiami hisobga olish, ko'proq bir necha metodni birgalikda qo'llash va tarqatma materiallar hujjatlar bilan ishlash, hisob-kitob ishlarini amalga oshirishni o'rganish nuqtayi nazaridan qarab tayyorlanishi zarur.
Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar
Buxgalteriya fanining xususiyatlari, ichki boshqaruv, tashqi iste’molchi, buxgalteriya hisobining maqsadi, buxgalteriya hisobining funksiyalari, buxgalteriya hisobining obyektlari, buxgalteriya hisobining sub'ektlari, buxgalteriya hisobining metodlari, buxgalteriya hisobining xususiyatlari, dars o'tish metodlarini moslashtirish.
Takrorlash va munozara uchun savollar
Buxgalteriya hisobining kelib chiqishi va rivojlanishi haqida nimalar bilasiz?
Buxgalteriya hisobi fani boshqa iqtisodiy fanlardan qaysi jihatlari bilan farqlanadi?
Buxgalteriya hisobida hujjatlashtirish qanday rol o'ynaydi?
Buxgalteriya hisobini yuritishda hisob yuritish qoidalari qanday rol o'ynaydi?
Buxgalteriya hisobi nima sababdan yuridik kuchga ega?
Buxgalteriya hisobini o'rganishda tarqatma material qanday rol o'ynaydi?
Fanni o'rganishda, sizningcha, qaysi metodlarni ko'proq qo'llagan ma’qul?
Fanni o'rganishda dars o'tish metodlarini qanday moslashtirish mumkin?
XXI bob. AYRIM IQTISODIY FANLAR VA DARS 0‘TISHDA ULARNING XUSUSIYATLARINI HISOBGA OLISH
Iqtisodiy fanlaming barchasi o‘ziga xos jihatlar bilan ajralib turadi. Dars o'tish metodlarini tanlash uchun ulami chuqur anglashimiz, qaysi tomonlariga diqqat qaratishimiz lozimiigini aniqlashimiz kerak. Bu bizni dars o'tish metodlarini tanlash va ulami fanga moslashtirish, mavzular bo'yicha topshiriqlar ishlab chiqishimizni yengillashtiradi. Mazkur oxirgi bobimiz ana shu ma- salani o'rganishga bag'ishlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |