D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


§. «Iqtisodiy tahlil» fani va uni o'rganish xususiyatlari



Download 0,89 Mb.
bet47/54
Sana14.03.2020
Hajmi0,89 Mb.
#42489
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54
Bog'liq
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi. Tojiboyeva D.


§. «Iqtisodiy tahlil» fani va uni o'rganish xususiyatlari

  1. asr ko'pincha «axborot asri* deb ataladi. XXI asrga kelib axborotning ahamiyati yanada ortdi. Zarur axborotga ega bo'lganlar, boshqalarga qaraganda ustun mavqega, qo'shimcha naf, foyda olish imkoniga ega bo'ladilar. Shuning uchun ham hozirgi paytda N. Vinerning «Kimki axborotga ega bo'lsa, dunyoni teb- ratadi», degan iborasi mashhur bo'lib, tez-tez ishlatilmoqda.

Awalgi bobda to'xtab o'tdik, iqtisodiy axborotlar bilan buxgal­teriya hisobi ta’minlaydi. Axborotga ega bo'lish yaxshi, lekin undan qanday foydalanish kerak? Bu savolga javobni turli nuqtayi nazar- dan berish mumkin,
mikromiqyosda, ya’ni xo'jalik yurituvchi subyektlar miqyosida esa iqtisodiy tahlil fani1 beradi.

Har qanday fanni shakllanib, vujudga kelishi obyektiv zaruriyat tufayli yuz berganidek, iqtisodiy tahlil fanini vujudga kelishi ham obyektiv zaruriyat, awalo iqtisodiyotda raqobajning kuchayishi sa­bab bo'lgan. Chunki, resurslar cheklanganligi: birinchidan ulami samarali ishlatishni; Ikkinchidan, shu resurslami ishlatib, ishlab chiqargan mahsuloti sotilganda sarflagan xarajatlarini qoplaydimi, yo'qmi, aniqlashni; Uchinchidan, korxonaning hozirgi holati qan­day, kelgusida istiqboli qanday bo'lishi mumkinligini prognoz (ilmiy taxmin) qilishni zarur qilib qo'yadi.


1 Iqtisodiy tahlil deganda—«Iqtisodiy tahlil nazariyasi», «Moliyaviy va bjshqaruv tahlili», «Boshqa tarmoqlarda iqtisodiy tahlil» ko'zda tutiladi.





Bozor iqtisodiyoti sharoitida nima ishlab chiqarish, kim uchun ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqarish va qanday ishlab chiqa­rishni har bir korxona, firma o'zi hal qilar ekan, bunda ular, eng awalo turli axborotlarga, ulami o'rganishga tayanadilar. Ularning kelajagi ana shu axborotlarni o'rganib, xulosa chiqarishlari va qan­day qaror qabul qilishlariga bog'liq.


Buxgalteriya hisobida, mavjud axborotlarni o'rganishdan qo'yilgan maqsadga asoslanib, turli jihatdan yondashib, iqtisodiy ko'rsatkichlar hisoblab chiqiladi. Ana shu ko'rsatkichlaming -o'zgarishi tendensiyasiga ko'ra xo'jalik faoliyatiga xolisona baho berish talab qilinadi. Albatta har bir xo'jalik yurituvchi real holatni o'rganishdan manfaatdor. Boshqalar uchun o'z manfaatidan kelib chiqib, «yomon tomonini yashirib, yaxshisini oshirsa» ham o'zi uchun albatta real hisob-kitob qilib, xulosa chiqaradi.

Xo'jalik yurituvchilar o'z ahvollarini bilib olgach, xo'jalik yu­ritish samarasini oshirish uchun qanday imkoniyatlari bor? O'zlaridagi ichki imkoniyatlarni ishga solsa yetarlimi yoki chetdan imkoniyat qidirish, ya’ni chetdan investitsiyalar, kredit va hoka- zolarni jalb etish zarurmi, aniqlashlari lozim.

Qanday chora-tadbirlarni qo'llasa, firma, korxona tang ah- voldan chiqib ketadi yoki uning samaradorligi yanada ortadi yoki ko'riladigan zarar darajasi minimal bo'ladi. Bularni bilish uchun iqtisodiy fanlarni, ayniqsa, tahlil fanini chuqur o'rganish, boshqalar tajribasida nima, qanday yuz bergan, qanday chora-tadbirlar qo'llangan o'rganish darkor.

Bozor iqtisodiyotiga noaniqlik doimo yo'ldosh. Har bir firma, korxona biron faoliyat yuritar ekan, doimo risk qiladi. Ayrim faoli­yat turlarida tavakkalchilik xatari kichik bo'lsa, boshqalarida katta. Eng asosiysi ana shu tavakkalchilik xatarini kamaytirish. Agar diqqat-e’tibor bergan bo'lsangiz, oxirgi yillardagi iqtisodiy soha bo'yicha «Nobel mukofoti»ni olgan ishlarning ko'pchiligi u yoki bu jihati bilan ana shu riskni, undan keladigan talafotni kamaytirishga qaratilgan. Buning uchun esa iqtisodiyotni nihoyatda sinchiklab o'rganish zarur. Aynan ana shu zaruriyat tufayli yangi-yangi iqtiso­diy matematik metodlar ishlab chiqildi va ishlab chiqilmoqda hamda korxona, firma, qolaversa, butun mamlakat iqtisodiyoti ho- latini o'rganishda keng qo'llanilmoqda. Bularni bilish uchun ham tahlil qilishni puxta o'rganish zarur.

Ma’lumki, firma-korxonalar mamlakat iqtisodiyotining hujay- ralari. Hujayralar sog'lom, baquwat bo'lsa, organizm sog'lom, baquwat bo'ladi. Ularning holati qandayligini bilish uchun esa or-





ganizmni, chuqur o'rganib, analiz qilib, tashhis qo‘yiJadi. Kasallik alomatlari sezilsa, davolash yo‘llari, vositalari tanlanadi va muolaja qo‘llanadi. Xuddi shunday iqtisodiyotda ham firma, korxonalaming holati iqtisodiy ko'rsatkichlarni yig‘ish, tahlil qilish orqali amalga oshirilib, chora-tadbirlar belgilanadi. Demak, buni ham tahlil fani bajaradi. Shuning uchun ham fan nomining kelib chiqishi ham «analiz» so‘zi bilan bog'liq. Analiz, yunoncha analysis — ajratish ma’nosini ifodalaydi: 1. Obyektni xayolan yoki real bo'lakchalarga ajratish, bo‘lish ma’nosida va sintez
1 bilan uzviy bog'liq holda ish- latiladi.-

  1. Ilmiy bilishning, tadqiqotning sinonimi.

  2. Mantiqda — fikr yuritishning shakli, tarkibi, tartibi. 0‘zbek tilida analiz so‘zi ma’nosiga yaqin, ana shu bo'laklarga bo'lishdan maqsadni, fikr yuritishni, tadqiqotni anglatadigan so‘z tahlil tu- shunchasi ishlatiladi.

Yuz berayotgan jarayon, hodisalardan real xulosa chiqarish, ularga baho berish uchun, uni chuqur o'rganishimiz, sabablarini aniqlashimiz kerak. Buning uchun ulami, har bir faoliyatni turli ji­hatdan yondashib, qismlarga ajratib, barcha qirralarini o'rganishimiz zamr. Har bir xo'jalik yurituvchi subyekt o'z faoli­yatini tahlil qilmay iloji yo'q.

Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardoshlikni ta’minlash, ahvoli tang bo'lib, bozorni tark etmaslik uchun o'z faoliyatin tahlil qilishi, qanday omillar ijobiy va qanday omillar sal- biy ta’sir ko'rsatayotganini aniqlash zarur. Bu olingan va ular asosida hisoblab chiqilgan iqtisodiy ko'rsatkichlar orqali amalga oshiriladi. Ular asosida xulosa chiqariladi va qaror qabul qilinadi. Bularni esa iqtisodiy tahlil fani o'rganadi. .

Yuqorida bildirilgan fikrlardan shunday xulosa chiqarish mum­kin: demak, tahlilni bilish, bilibgina qolmay, to'g'ri xulosa chiqa­rish, baho berishga va ular asosida turli variantlar orasidan eng maqbulini topib, qaror qabul qilishni o'rganish uchun iqtisodiy tahlil fanini puxta o'rganish zarur.

Fanni puxta o'rganishda esa o'qitish metodlari muhim rol o'ynaydi. Awalgi boblarda ko'rib chiqdik, o'qitish, o'rganish me­todlarini tanlashda fanning xususiyatlarini hisobga olish katta ahamiyatga ega.


1 Sintez (yunoncha — synthesis — birlashtirish) fikran yoki FeaJ obyektni ng turli elc- mentlarini yagona bir butun(tizim)ga keltirishni bildiradi va analiz bilan chambar- chas bog‘langan.



Birinchidan, iqtisodiy tahlil fani eng awalo iqtisodiyot nazari- yasi fani bilan chambarchas bog'liq. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodi­yotni bir butun holda, jamiyat miqyosida nazariy jihatdan o'rgansa, iqtisodiy tahlil fani mikromiqyosda amaliy jihatdan o'rganadi. Iqti­sodiyotni jamiyat miqyosida o'rganishda iqtisodiyot nazariyasi fanidan tashqari statistika, makroiqtisodiyot va boshqa fanlar ham qatnashadiki, ular nazariy xulosa chiqarib, baho berish uchun zarur faktlar, dalillar, hisob-kitoblar bilan ta’minlashda muhim rol o'ynaydilar. Iqtisodiy tahlil fani esa bevosita korxona, firmalar faoliyati miqyosida o'rganadi. -

  1. Mamlakat miqyosida makroiqtisodiy ko'rsatkichlar tahlil qi­linadi.

  2. Korxona, firma va boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlar miqyosida esa mikroiqtisodiy ko'rsatkichlar asosida tahlil olib bori­ladi.

Ikkinchidan, tahlil fani statistika va marketing, menejment fanlari bilan ham bog'liq. Statistika fani mikroiqtisodiy ko'rsatkichlarni hisob-kitobini amalga oshirishda qo'llaniladigan usullar va ularni qanday tarzda qo'llashga yordam bersa, marketing orqali bozor holati o'rganilib, korxona, firma miqyosida xulosa chiqarish, tavsiyalar ishlab chiqish, qaror qabul qilishda foy­dalaniladi.

Korxona, firma faoliyatini tahlil qilmay turib, boshqarib bo'lmaydi. Ichki va tashqi faoliyatni, ulaiga ta’sir qiladigan omil- lami o'rganish asosida biznes reja tuziladiki, u istiqbolning yo'nalishini belgilaydi. Tahlil natijalariga ko'ra, boshqaruv qarorlari qabul qilinadi. Bu jihatdan menejment, marketing, iqtisodiy tahlil fanlari bir-biri bilan uzviy bog'lanadi, bir-birini to'ldiradi.

Uchinchidan, tahlil qilish deganda biz doimo o'rganayotgan obyektimizni bo'laklarga, qismlarga bo'lish, taqqoslash, solishtirish, sintez qilishni tushunar ekanmiz, demak, voqea-hodisalami statik hamda dinamik jihatdan o'rganamiz.

To‘rtinchidan, tahlil fani iqtisodiy jarayon, voqea, hodisalarni yuz berishi, rivojlanishi, o'zgarishini obyektiv va subyektiv jihatlari, sabablarini o'rganadi, ya’ni tahlil dialektik metodga tayanadi. Di­namik o'rganish yetakchi rol o'ynaydi.

Beshinchidan, bu fanda taqqoslash, solishtirish asosiy o'rin tutadi. Chunki, tahlilning o'zi taqqoslashga asoslanadi. Shuning uchun ham fanni o'rganish metodlari haqida to'xtalganda birinchi navbatga taqqoslash qo'yiladi.

Oltinchidan, qo'yilgan maqsadga ko'ra, xo'jalik faoliyatini





tahlil qilish uchun bir-biri bilan bog'liq iqtisodiy ko'rsatkichlar tizimini qo'llash va bu ko'rsatkichlarni analitik jihatdan qayta ish­lash amalga oshiriladi.


Yettinchidan, fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda xo'jalik faoliyatini tahlil qilish uchun asos qilib olingan tamoyillar va fanning o'ziga xosligini ifodalovchi prinsiplar mavjudki, ular iqtisodiy tahlil fanini o'ziga xos jihatlarini ko'rsatadi. Demak, iqti­sodiy tahlil fanini o'rganish uchun samarali metodlarni tanlashda fanning ana shu xususiyatlarini hisobga olishimiz zarur. Shu bilan birga o'qituvchi fanni, mavzuni o'qitish uchun metod tanlar ekan, albatta, uning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda predmetning o'zini o'rganishda qo'llaniladigan metodlarni ham nazardan qochirmasligi lozim.

Iqtisodiy tahlilda murakkab iqtisodiy matematik metodlar: kor- relatsion-regretsion, logarifmlar, determinantlar, matritsalar, chiziqli programmalashtirish kabilar bilan birgalikda oddiy hisob- kitoblarga asoslangan metodlar ham qo'llaniladi. Lekin u qanday- ligidan qat’i nazar, tahlilda doimo ko'rsatkichlar taqqoslanadi. Taqqoslash joriy yil ma’lumotlari bilan awalgi yil ko'rsatkichlari, biznes reja ko'rsatkichlari, bozorda muvafifaqiyatli ish yuritayotgan xo'jalik ma’lumotlari, o'rtacha ko'rsatkichlar bilan, chet el mam- lakatlari tajribasi va boshqalar bilan amalga oshiriladi.

Taqqoslashning o'z qonun-qoidalari bor. Bular: taqqoslanishi zarur ko'rsatkichlarning mazmunan bir xil usul bilan hisoblanishi; bir xil bahoda hisoblash va bir bahoga keltirish; o'rganiladigan davrlar bir xil bo'lishi; xo'jalik yurituvchi subyektning joylanishi va boshqa tabiiy omillarni hisobga olish; ularning ixtisoslashuvi, bir- biriga o'xshashliklarini hisobga olish; o'rganiladigan obyektlarning miqdori mos bo'lishi; mahsulot sifati; texnik xavfsizlik va ekologik muvozanatni saqlash bo'yicha tadbirlami hisobga olish; xo'jalik yu­rituvchi subyekt qanday mulkchilikka asoslanganini hisobga olish va boshqalar. Demak, o'qituvchi taqqoslanishi lozim bo'lgan ko'rsatkichlarni bir xil asosda bo'lishi lozimligini doimo o'quvchi- talabalarga uqtirishi lozim.

Taqqoslashni amalga oshirishda katta miqdordagi ma’luraotlami o'zida mujassamlashtirgan hamda ulami solishtirish imkoniyati keng, tushunarli va ko'zga tashlanadigan metod, ulami jadvallarda ifodalash va jadval ma’lumotlarini taqqoslash asosida xulosa chiqarishdir. Undan tashqari jadval ma’lumotlari asosida turli diagrammalar, grafiklar ham chizish mumkin. Bunda mavjud axborotlarni jadval orqali ifodalashda statistik metodlar, uning



qonun-qoidalarini ham keng ravishda qo‘llash mumkin.

Iqtisodiy tahlilda keng qo'llaniladigan metodlardan yana biri guruhlashtirish. Guruhlashtirish bu umumiy ma’lumotlami qo'yilgan maqsadga ko‘ra, alohida muhim belgilari va xususiyat- lariga qarab, ma’lum bir guruhlarga ajratishdir. Ular maqsad, mazmuniga ko‘ra tipologik, tarkibiy, omilli guruhlashtirishga ajrati- ladi. Guruhlashtirish metodini qo'llashning ham talablari bor. Bu- lar: guruhlash belgisini to‘g‘ri tanlash; faqat bir tizimga kiruvchi ko'rsatkichlarni olinishi; ko'rsatkichlarning bir xil o‘lchov va us- hibda aniqlanishi; guruhlar orasidagi intervallarga diqqat qaratish; boshlang'ich va oxirgi guruh chegaralari aniq bo'lishi; guruh tuzish pastdan yuqoriga, kichik sondan katta songa qarab borishi va bosh­qalar. Ular tahlil natijalarini to'g'ri va aniq bo'lishiga, o'rganiladigan ko'rsatkichlarni o'zgarishiga ta’sir etadigan omillar- ning tutgan o'mini to'g'ri aniqlashga - qo'yilgan maqsadni ko'ngildagidek amalga oshirishga yordam beradi. Dars o'tishda ana shu jihatlarni albatta hisobga olish zarur.

Iqtisodiy tahlilda balansli bog'lanish metodidan ham keng foy­dalaniladi. Uni, ayniqsa, ko'rsatkichlar orasida funksional bog'lanishlar mavjud bo'lganda qo’llash muhim o'rin tutadi. U manba va uning taqsimlanishi (masalan, xo'jalikning yer fondi va uni taqsimlanishi, mehnat resurslari va ularni tarkibi kabilar), daromad, xarajatlar va boshqalarni o'iganishda qo'llash mumkin. Buxgalteriya balansi ham ushbu metodga asoslanib tuziladi. Odatda bu metod ko'rsatkichlarning bir-biri bilan funksional bog'liqligi yaqin bo'lganda to'g'ri natija beradi va uni qo'llash ijobiy sanaladi.

Iqtisodiy tahlil fanida statistika fanida keng qo'llaniladigan mutlaq va nisbiy farqlarni aniqlash metodidan ham foydalaniladi. U iqtisodiy ko'rsatkichlarni o'sish, o'zgarishini hisobga olishda ish- latiladi. Undan tashqari, o'rganilayotgan iqtisodiy ko'rsatkichlar to'g'ridan-to'g'ri, takroriy aloqadorlikda, ya’ni funksional bog'lanishda bo'lsa, zanjirli bog'lanish metodi qo'llaniladi. Lekin tahlilda qanday metodni qo'llamaylik, xulosa chiqarish uchun al­batta ma’lum darajada taqqoslashni talab qilinadi. Mavzu bo'yicha dars o'tish metodlarini tanlaganda albatta ana shularni ham hisobga olish zarur.

Iqtisodiy tahlildan maqsad tahlilni tashkil etish bosqichlari, tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish, tahlilni tashkil etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish va ishlab chiqilgan kompyuter dasturlarini qo'llash, manbalar to'g'riligini tekshirish va ularga qo'yiladigan talablarni bilish naqadar muhimligini





o‘rganishdir. Lekin dars o‘tish metodi jihatidan yondoshsak, har bir talaba uchun eng muhimi, tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirishdir.


Har bir talaba tahlil natijalarini umumlashtirishi, unda o‘z fik­rini ifodalashi, erishilgan natijalarni asoslashi, xulosa chiqarishni, baholashni, takliflar berishni bilishi kerak. O'z fikrlarini qabul qi­lingan tartibda, tahlil nima maqsadda o'tkazilganiga qarab rasmiy- lashtirishni bilishlari zarur. Unga ko'ra, bayonnoma qanday tarzda yozilishi aniqlanadi. Demak, tahlil fanidan dars o'tishda o'quvchi- talabalarning o'z fikrlarini -bayon qilishga asoslangan metodlar, chunonchi, yozma ish, esse, nazorat ishi yozish kabi metodlarni tez-tez qo'llash foydadan xoli emas.

Tahlilni axborot bilan ta’minlashda bosh rolni buxgalteriya hi­sobi va hisoboti o'ynaydi. Chunki, xo'jalikning barcha faoliyati, uning natijalari aynan buxgalteriya hisobi va hisobotida aks etadi. Asosiysi, ana shu axborotlarni qo'yilgan maqsad bo'yicha qayta ish­lash va ular asosida xulosa chiqarishni o'rganishdir.

. . _ _ Har qanday fanni shakllanib,

Iqtisodiy tahlil fanini vujudga kelishi obyektiv zaruriyat o‘qitishda SWOT tahlil tufayli yuz berganidek, iqtisodiy metodidan foydalanish tahlil fanini vujudga kelishi ham obyektiv zaruriyat, awalo, iqtisodiyotda raqobatning kuchayishi sa­bab bo'lgan.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida nima ishlab chiqarish, kim uchun ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqarishni har bir korxona, firma o'zi hal qilar ekan, bunda ular, eng awalo turli axborotlarga, ularni o'rganishga tayanadilar. Ularning kelajagi ana shu axborotlarni o'rganib, xulosa chiqarishlari va qanday qaror qabul qilishlariga bog'liq.

Shunday ekan, iqtisodiy tahlil fanini yoshlarga o‘rgatish bozor i<7fM0odiyotini yanada rivojlanishini ta’minlaydi. Bunda, fanni о Vgamshda uning xususiyatlaridan kelib chiqib, turli metodlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Iqtisodiy tahlil fani ко ‘rib o'tganimizdek korxona yoki firmaning faoliyatini tadqiq qilib, o'zgarishlar, natijalar asosida qaror qabul qilishni o'rgatadi. Iqtisodiy faoliyatni о ‘rganib, uni tahlil qilib xulosa chiqarishni о ‘rgatishda fan­ning xususiyatlariga mos keladigan metod — bu SWOT analiz meto- didir. Bu metod birinchidan sodda ko'rinishga ega, ikkinchidan, tahlil natjalarini samaradorligini ta’minlashi bilan ajralib turadi.

Bosh harflari inglizchadan S (strengths - kuchli tarafiari), W (weaknesses-ojizlik tomonlari), О (opportunities-imkoniyailari), T




Korxonaning kuchli, ya’ni us­tun taraflari

Korxonaning imkoniyatlari

  1. Tariqli savdo markasi;

  2. Rossiya korxonalari bilan shartnomalar mavjulligi;

  3. O'z ishlab chiqarish maydoni, do'konlari va xizmat ko'rsatish markazlari mavjudligi;

  4. Xaridorlar bilan ishlash ta- jribasi borligi;

  5. Mahsulot ishlab chiqarish tizimining shakllanganligi;

  6. Savdo bo'limining bozor sharoitiga moslashganligi;

  7. Firmaning tajribali menejerga

  1. Xizmat ko'rsatishni yax- shilash;

  2. Ishonchli mijozlarni ko'paytirish;

j>. Boshqa korxonalar bilan aloqani mustahkamlab, ulardan imtiyozlar olishni kuchaytirish;

  1. Rentabellikni oshirish, xara­jatlarni tejash mumkinligi;

  2. Texnikani ijaraga hamda liz- ingga olishni rivojlantirish;

  3. Yangi loyihalar ustida ishlash.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish