D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


§. Modellashtiruvchi o‘yin metodini qo'llash



Download 0,89 Mb.
bet45/54
Sana14.03.2020
Hajmi0,89 Mb.
#42489
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54
Bog'liq
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi. Tojiboyeva D.

§. Modellashtiruvchi o‘yin metodini qo'llash

Buxgalteriyada puxta o'rganish zarur bo'lgan dastlabki mavzu­lar, ayniqsa, buxgalteriya hisob varaqlari, ikkiyoqlama yozuv bo'lib, keyingi mavzularda ko'riladigan buxgalteriya hisobi operatsiyalarini





bajarish ko‘p jihatdan talabalar ularni qay darajada o‘zlashtirgani, tushunib yetganlariga bog'liq.


Shuning uchun o'quvchi-talabalarning mavzuni puxta o'zlashtirishlari kelgusida ham muhim ahamiyatga egaligini hisobga olib, darsda barchani faol qatnashishini ta’minlovchi modellashti- ruvchi o‘yin metodini qo'llash, o'yinni esa quyidagicha tashkil qi­lish mumkin.

«Buxgalter lavozimiga ishga qabul qilish» o'yini.

0‘yinning maqsadi: o'quvchi-talabalarning ikki yoqlama yozuv, hisobvaraqlar va ularda xo'jalik muomalalarining aks etishini puxta o'zlashtirishlariga erishish.

O'qituvchi o'yinda o'rganiladigan tushunchalarni esga solib, qaytaradi.

O'yinning maqsadini tushuntiradi. Guruh uchga bo'linadi. Gu­ruhdagi eng iqtidorli talabalardan 3 kishi «ekspertlar» guruhini tashkil etadi. Ular ishga qabul qilish uchun tanlov o'tkazilishi haqida e’lon tayyorlashlari kerak.

Ikkinchi guruh korxonada tashkil etilgan «bosh buxgalter» boshchiligidagi 5 kishidan iborat tanlov komissiyasi, unga: kadrlar bo'limi va buxgalteriyadan tajribali mutaxassislar a’zo qilib jalb etil­gan. Ular ham ishga qabul qilish uchun tanlov o'tkazilishi haqida e’lon tayyorlashlari kerak. E’lon vatman qog'ozga yozilgan, slayd, tarqatma material tarzida bo'lishi mumkin.

Uchinchi guruh — qolgan barcha o'quvchi-talabalar, ular kasb- hunar kollejini yoki institutni bitirib, shu korxonaga yosh mutaxas­sis sifatida ishga kirishmoqchi.

Komissiya ularga bir necha bosqichda topshiriq berib, ularni to'g'ri bajarib, eng yuqori ball to'plaganlarni ishga qabul qilmoqchi.

O'qituvchi o'yin o'tkazish qoidalarini o'quvchi-talabalarga tu­shuntiradi: har bir o'quvchi-talabaga uch bosqichda topshiriq beri- ladi: Birinchi topshiriq nisbatan oson testlar. Ularni kamida yar- mini to'g'ri yechganlar kelgusi turda qatnashish huquqini qo'lga kiritadi.

Ikkinchi bosqichda mashq beriladi, uning to'g'ri-noto'g'riligini aniqlab, sababini yozib ko'rsatilishi kerak. Uning ham kamida yar- mini to'g'ri bajarganlar kelgusi bosqichga qo'yiladi.

Uchinchi bosqichda ataylab noto'g'ri bajarilgan ishlar beriladi. Uni kamchiligini topib, to'g'ri bajarish so'raladi. Har bir bosqichda bajarilgan ishlarni tanlov komissiyasi a’zolari tekshirib, baholaydi- lar. Ularning to'g'ri yoki noto'g'riligini ekspert komissiyasi tek­shirib, xulosa chiqaradi. O'qituvchi o'yinni qanday o'tayotganini





kuzatib turadi. Bunda unga ekspert komissiya a’zolari yordam beradi. 0‘quvchi-talabalar quyilgan topshiriqlarni bajarish jara­yonida mavzuni tushunib oladilar.


0‘yin o‘tkazish tafsiloti.

Guruh uchga: ekspertlar, tanlov komissiyasi a’zolariga boiinib, o‘z joylarini egallashadi. Birinchi navbatda tanlov komissiyasi to­monidan tayyorlangan e’lon matni ko'rsatiladi. Uni o‘qib, o'quvchi-talabalar ishga qabul qilish uchun tanlovda qatnashishni so‘rab, ariza beradilar.

Keyingi faza topshiriqni bajarish: bunda o'quvchi-talabalarga birinchi topshiriq testlar beriladi. Ular quyidagicha bo'lsin:

  1. tarqatma material

Tanlovda qatnashuvchilar uchun 1-topshiriq Testlar:

  1. Moliyaviy hisobot standartlari ehtiyojlariga nima sabab bo'ldi?

  1. barcha xo'jalik yurituvchi subyektlar hisobotlariga bir xilda yondashish;

  2. hisobotlar tuzishni osonlashtirish;

  1. buxgalteriya yuritishni osonlashtirish;

  2. investitsiya qo'yishni osonlashtirish.

  1. Xo‘jalik mablag'lari va jarayonlarini qaysi o'lchov umum- lashtirib ko'rsatadi?

  1. natura o'lchovi; B) pul o'lchovi; D) mehnat o'lchovi;

E) shartli o'lchov birligi.

  1. Tezkor hisobning asosiy vazifasi nimadan iborat?

  1. boshqamvga ma’lumot berish uchun;

  2. ishlab chiqarishdagi salbiy holatlarga barham berish;

  1. ishlab chiqarishdagi ijobiy holatlarni ro'yxatga olish;

  2. kuzatilayotgan obyektlarda sodir boiayotgan o'zgarishlar haqidagi zarur ma’lumotlarni tezkorlik bilan yetkazish.

  1. Ikki yoqlama yozuvni birinchi bo'lib kim kashf qilgan?

  1. Imperator Maksimilian I; B) Mikelanjelo; D) Luka Pacholi;

E) Leonardo da Vinchi.

  1. Buxgalteriya hisobi fanini vujudga kelishi sababini tarixan nima bilan izohlash mumkin?



  1. savdo-sotiqning rivojlanishi;

  2. ishlab chiqarishning rivojlanishi;

  3. tovar ishlab chiqarishni vujudga kelishi bilan;

  4. mehnat taqsimotini chuqurlashuvi bilan.

  5. Ikki yoqlama yozish deb, ...

  6. hisob daftarining ikki tomoni bo'yicha axborotlarni yozib borishga;

  7. xo‘jalik muomalalarini ikkita daftarda qayd etishga;

  8. xo'jalik muomalalarini tranzit hisobvaraqlarda yozib bori- lishiga;

  9. xo‘jalikda sodir bo'lgan muomalalarni hisobvaraqlar orqali o'zaro aloqadorlikda aks ettirishga aytiladi.

  10. Muomalalar summasi ikkiyoqlama yozuvda qanday aks ettiri- ladi?

  11. bir hisobvaraqning krediti va ikkinchi bohetning ham kredi­tida;

  12. bir schetning debetida, ikkinchi schetning ham debetida;

  13. bir hisobvaraqning debetida ayni chog'da ikkinchi hisobva­raqning kreditida teng summada aks ettiriladi;

  14. bir hisobvaraqning ham debetida ham kreditida aks ettiriladi.

  15. Buxgalteriya hisobida foyda ...

  16. hisobot davrida o'tgan yilga nisbatan xarajatlarni kamayishi;

  17. hisobot davrida olingan barcha daromadlami xarajatlardan or- tishi;

  18. mahsulot ishlab chiqarishni ko'payishi tufayli olingan daro- mad;

  19. mahsulot sotishni ko'payishi natijasida korxonaning hisob- kitob schetidagi mablag'laming ko'payishi deb, e’tirof etiladi.

  20. Hisobvaraqlar rejasi deganda nimani tushunamiz?

  21. hisobvaraqlarning iqtisodiy mazmuniga ko'ra bir tizimga so- lingan ro'yxati;

  22. hisobvaraqlarda muomalalarni aks ettirish rejasi;

  23. hisobvaraqlami aktiv va passiv hisobvaraqlarga bo'lish rejasi;

  24. hisobvaraqlarda aks etadigan muomalalarning rejasi.

  25. Sintetik schyotlar qanday ma’lumotlarni beradi?

  26. mehnat o'lchovidagi ma’lumotlarni;



В) pul o‘lchovidagi ma’lumotlarni;

  1. natura o'lchovidagi ma’lumotlarni;

  2. xo'jalik mablag'lari va muomalalari haqida umumlashtirilgan ma’lumotlami.


Testlar bilimni sinovchi tarqatma material sifatida tayyorlanadi va ishga kirish uchun ariza bergan o'quvchi-talabalarga tarqatiladi. Har bir testni yechish uchun 1 daqiqadan vaqt beriladi va har bir to'g'ri javob bir ball baholanadi. Kim berilgan vaqtdan ertaroq testni yechib topshirsa, javobiga qarab, keyingi bosqich topshirig'i beriladi


Testning yarmini to'g'ri yechganlar, keyingi bosqichga o'tadi. Bu topshiriq ham tarqatma material qilib tayyorlanadi va ikkinchi bosqichga o'tgan o'quvchi-talabalarga beriladi. Bu topshiriq awal- giga nisbatan murakkabroq. Har bir fikrga bildirilgan javobni yozish uchun 1 minut vaqt beriladi va to'g'ri javob 1 ball baholanadi. Ishga kiruvchilar bu topshiriqni bajarishguncha ekspertlar tanlov komissiyasining testlar javobiga qo'ygan baholari to'g'riligini tek- shirishadi.

Ikkinchi bosqichda quyidagi topshiriq beriladi:

  1. tarqatma material

Tanlovda qatnashuvchilar uchun 2-topshiriq

Quyidagi bildirilgan fikrlarni diqqat bilan o'qing. Ularni to'g'ri yoki noto'g'riligini ko'rsating. Fikringizning isbotini yozib bering. T/N •

  1. Balans — o'lchov degan ma’noni bildiradi.

  2. Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozish deb, xo'jalik muomalalari natijasida vujudga keladigan, iqtisodiy aloqalami hi­sobvaraqlar orqali o'zaro aloqador holda aks ettirish usuliga ayti- ladi.

  3. Ikki yoqlama yozuv orqali hisobvaraqlar o'rtasidagi o'zaro bog'lanishni belgilash hisobvaraqlarni nazorat qilish deyiladi.

  4. Hisob varaqlarning debeti va kreditida muomala summa- sining ko'rsatilishi buxgalteriya provodkasi deb ataladi.

  5. Buxgalteriya hisobida iqtisodiy muomalalarni hisobvaraqlarda . aks etishi o'zaro aloqadorlikni ifodalaydi.

  6. Ikki yoqlama yozuv orqali hisobvaraqlar o'rtasidagi o'zaro bog'lanishni belgilash buxgalteriya provodkasi deyiladi.

  7. Bajarilgan muomalaning bir hisobvaraqning debetida, ik- kinchi hisobvaraqning kreditida ifodalanishi oddiy buxgalteriya



provodkasi deyiladi.

  1. Hisobvaraqlar bu buxgalteriya hisobining asosiy elementlari- dan biri bo‘lib, ular hisob-kitobni, nazoratni osonlashtiradi. Xo'jalik faoliyatidagi muomalalar, mablag'lar harakati, ularning manbalarini aks ettiradi.

  2. Hisobvaraqlar bo'yicha yozuvlar yakunlari saldo (qoldiq) deb ataladi.

  3. Buxgalteriya balansiga muvofiq hisobvaraqlar ikkiga bo'linadi.

  4. Aktiv hisobvaraqlar deb, mablag'larning kelib chiqishrman- balarining holati va harakatini hisobga oladigan hisobvaraqlarga aytiladi.

  5. Murakkab buxgalteriya provodkasi deyilganda birdaniga bir necha hisobvaraqlar kreditlanib, bir nechasi debetlanishi tu- shuniladi.


Ikkinchi topshiriqni muvaffaqiyatli bajarganlar navbatdagi

  1. bosqichga o'tishadi. Uchinchi bosqichdagi topshiriq murakkab- roq tuziladi. Unda ataylab xatoga yo'l qo'yilgan. Uni bajarish awalgilariga qaraganda chuqurroq bilim talab etadi.

  1. tarqatma material

Tanlovda qatnashuvchilar uchun 3-topshiriq

  1. Aktiv hisobvaraq chizma tarzida quyidagicha ifodalangan:

Debet Aktiv hisobvaraq Kredit

Oy boshidagi saldo Mablag'larning ko'payishi

Mablag'larning kamayishi Oy oxiridagi saldo.

Oy oxirida saldoning berilishi to'g'rimi? Hisobvaraqni tuzilishi to'g'ri bo'lsa, to'g'riligini isbotlang, xato bo'lsa, xatolarini ko'rsating.

  1. Aktiv hisobvaraqlardan biri 50 kassadagi pul mablag'larining hisob varaqlari. Odatda, ko'proq milliy valyutadagi pul mab­lag'lari operatsiyalari amalga oshiriladi. Yuqoridagi misolimiz bo'yicha oyning boshidagi saldo 50 ming so'm desak, oy davomida bir necha marta hisob-kitob schyotidan kassaga pul tu- shdi: 500 ming so'm, 200 ming so'm, 300 ming so'm, shu bilan birga kassadan xodimlarga 300 ming so'm, ishchilarga 600 ming




Topshiriqning mazmuni

Beriladi- gan ball

1. Aktiv hisobvaraqni ifodalanishidagi xatoni topib, to'g'ri javob berish.

2

2. Bajarilgan operatsiyalarni hisob schyotlarida to'g'ri aks ettirish.

2

3. Debet va kredit bo'yicha oborotlarni to'g'ri hisoblash.

2

4. Oy oxiridagi saldoni to'g'ri aniqlash.

2

5. Javoblarni berilgan aktiv hisobvaraqning debeti va krediti hamda saldosida ifodalanishi bilan taqqoslash asosida chiqarilgan xulosaning javobi to'g'ri bo'lsa.

2

Jami

10


Shunday qilib, to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ball 32 ball. Tanlovda 1—3 o'rin olgan talabalar ishga qabul qilinadi.


Tanlov komissiyasi a’zolariga va ekspertlarga ballni 0‘qituvchi, ulami javoblarni tekshirish bo'yicha xato qilganlarmi yoki yo'qligiga qarab qo'yadi. Buning uchun har bir tanlov va ekspert komissiyasi a’zosi tanlov ishtirokchilari javobini tekshirib, bergan xulosasida o'zini ismi-sharifini ko'rsatishi kerak.

Agar o'quvchi-talabalar o‘rtasida avvalgi topshiriqlarni bajarish bo‘yicha ball to'play olmay qolganlari bo'lsa ular uchun quyidagi topshiriqni berish mumkin. Bu ularni darsda bekor o'tirishlariga yo'l quymaydi. Ular bitta kichik guruh bo'lib, birgalikda bir- birlariga yordam berib, topshiriqni bajarishadi. Javoblariga ko'ra, rag'batlantiruvchi ball beriladi.



  1. tarqatma material


yetarli darajada ball to‘play olmay tanlovdan chiqib ketgan tala­balar uchun topshiriq:

Quyidagi chizmada passiv hisobvaraqlarda oy davomida bajaril­gan opreatsiyalarni hisobga olib, oy oxiridagi saldoni aniqlash sxemasi berilgan.


Debet Passiv hisobvaraq Kredit


Mablag'larning ko'payishi


Oy boshidagi saldo: Mablag'lar manbaining kamayishi Oy oxiridagi saldo


Saldooy 0xiri Sald0oy boshi ~^Ok—t Od.t ;

Chizmada bajariladigan opratsiyalaming mazmuni to'g'ri ifodalanganmi? Isbotlang.


Bulardan tashqari e’lon tayyorlaganlik uchun ham ag'batlantiruvchi ball qo'yish mumkin.


O'yinni navbatdagi fazasi uni muhokama qilish bo'lib, )'qituvchi to'g'ri javoblarni tarqatadi.

  1. Download 0,89 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish