Fotim a xotun otasidan 43-yil aw al 727 (1327)-yilda vafot etgan
bo‘Iib, Qo‘niyadagi Mavlono Jaloliddin Rumiy mozoriga ko'm ilgan.
Uni Savri Hisordan keltirib, shu yerda dafn etganlar va qabriga
o'm atilgan toshbitikda bu ifodasini topgan. Bu daliining qim m ati
shundaki, u Xoja Nasriddinning Oqshaharda emas, balki Savri Hisorda
tug'ilganini, Oqshaharda nash ’u nam o topib, so‘nggi m askanini
topganligini tasdiqlaydi.
Ikkinchi qizi D uni Malak bo‘lib, Xoja
Nasriddin bilan bir mozorda
yotibdi. Undagi toshbitikda ham «Durri Malak binti Nasriddin» degan
yozuv bor. Xullas, shu dalillarning o ‘ziyoq Xoja Nasriddin X I11
asrda Oqshaharda yashab o ‘tgan, Qo‘niyadagi madrasada tahsil ko‘rib,
im om atlik bilan shu g‘ullanib, el orasida tan ilg an in so n la rd an
b o lg a n lig in i tasdiqlaydi. U g ‘oyat sertakalluf.
to ‘g ‘rigo‘y va
hoziijavob bo‘lgan va turk shoiri Lomeiyning «Latoif» asarida uning
nomi bilan to ‘rtta latifa keltirilgan.
Ikkinchisi ~
Xoja Nasriddin Tusiy (1201-1274) b o lib , XIII asrda
matematika va astronomiya sohasida buyuk kashfiyotlar qilgan. 1259
-yilda M arog'a rasadxonasining qurilishiga bosh-qosh bo‘lib, o ‘sha
davrning eng mukammal astronom ik jadvali — «Ziji Elkoniy»ning
tuzilishiga rahnam olik qilgan, 1256-yilda
Eronga bostirib kirgan
m o‘g‘ul istilochilari boshlig'i Haloku saroyida xizmat ado etishga
majbur bo‘Igan ulug4 alloma. U ning nom iga aloqador bir latifa
Faxriddin Ali Safiyning «Latofatnoma», bir necha latifa «Qissatul
ulamo» (XVII asr) va boshqa manbalarda uchraydi. Bunday latifalarda
astrologik tushunchalarning mayjudligi ularning to ‘g krid an -to ‘g‘ri
Nasriddin Tusiy hayotida yuz bergan hodisalar bayoniday tuyulishiga
asos b o ‘la oladi. Chunonchi, ularning birida aytilishicha, Mulla o ‘ziga
m uhr tayyorlashni istabdi. M uhr tayyorlovchi usta h ar bir harf uchun
muayyan miqdorda pul talab qilibdi. Shunda
Mulla xarajati kam roq
bo‘lishini ko‘zlab, ismini arab alifbosidagi ikki harf ...(h) va ...(s)
dan iborat holda yozmoqni so‘rabdi. Usta yoza boshlagach,... (h)ning
nuqtasini qo‘yishga kelganida Mulla nuqtani biroz keyinroq qo‘yishni
istabdi. Bunday shaklda yozilgan ism «(Hasan)» o ‘qilarkan. B undan
anglashilayotirki, Mulla N asriddinning o ‘zi uchun tayyorlattirgan
muhrdagi ismi Hasan, ya’ni to ‘la holida Abu J a ’far M uham m ad ibn
M uham m ad ibn Hasan Nasriddin Tusiydir.
Xullas, xalq latifalari qahramoniga aylangan Xoja
Nasriddin afandi
obrazi sarchashmasida ana Shu ikki buyuk siymo — Xoja N asriddin
Oqshahariy va Xoja Hasan N asriddin Tusiylar turadi. Biroq u aynan
shu tarixiy shaxslam ing o ‘zi bo‘lmay, balki asrlar davomida xalq
to m o n id a n bad iiy qayta ishlangan va uning o rzu -arm o n larin i
ifodaiovchi epik qahram on timsoliga aylangan. Uning nom i xalq
latifalarida M ullo Nasriddin. Xoja yoki Xo‘ja Nasriddin. N asriddin
afan di va A fandi shakllarida uchraydi.
A fandi xalq latifalarida
N asriddinni anglatsa-da, yana latifa m a’nosida ham q o ‘llaniladi:
«Afandi aytamiz» iborasida latifa aytish istagi ifodalangan. Qolaversa,
u Nasriddinning laqabi bo‘lib, yunoncha «avtentios» so‘zidan olingan
va «janob, sardor, og‘o, xo‘jayin, hokim, valiy, chalabiy» m a’nolarini
anglatishi lug‘atlarda qayd qilingan. Y unoncha «avtentios» so ‘zi
qanday qilib turkcha «afendi» so‘ziga aylangan va turk tiliga qachon
o ‘zlashgan? V.Gordlevskiy m a’lumotiga k o kra, bu so‘z boshda jonli
so ‘zlashuv tiliga o ‘zlashgan, bunda Jaloliddin Rumiy xonadoni
a ’zolarining hissasi katta bo'lgan. Jaloliddin
Rumiyning ikkinchi xotini
K iraxotun nasabiga ko‘ra yunon b o ‘lib, erining hurmatiga munosib
murojaat sifatida o ‘z ona tilisidagi shu so‘zdan foydalangan. Shu
tariqa «avtentios» fonetik o ‘zgarishga uchrab. «auventuos-efentuos»
va nihoyat «efendi» shaklini olgan, boshqa tillarga esa «afandi»
shaklida o ‘zlasha borgan.
0 ‘zbek xalq latifalarida N asriddin afandi obrazi ijtimoiy-siyosiy
va ijtim oiy-m aishiy ko‘rinishlarda ikki xil tasvirlangan:
Download
Do'stlaringiz bilan baham: