yana bir marta mardlik ko‘rsatib», o ‘z qaynonasini ham birato‘la
o ‘ldirib kelishni undan so‘raydi. Qozining bu nutqi orqali uning asl
basharasi ko‘rsatilib, qonli q o ‘ldan ham
manfaat izlashdan iborat
yovuzligi ochib tashlanadi.
S a tirik la tifalard a k o ‘p in c h a shu x ildagi k o ‘ch m a m a 'n o
anglatuvchi nutq fosh etuvchi achchiq kulgi q o ‘zg‘atadi. Ayniqsa,
N asriddin afandi shoh, am aldorlar bilan to'qnashganda h ar bir so‘zga
tagdor m a’nolarni yuklay boradi, bunda so‘z urg‘usi orqali m a'noni
jilolantirishga harakat qiladi.
Satirik latifalarda xalq noroziligi achchiq kulgi. kesatiq, piching
va istehzo negizida ifodasini topgan. Bunday latifalar yumoristik
latifalarga nisbatan ko'pchilikni tashkil etadi.
Yumoristik latifalar
yengil kulgi asosiga qurilgan b o ‘lib, asosan,
kishilarda uchraydigan ayrim insoniy qusur va kam chiliklarni tanqid
qilishni ko'zlaydi. Ulardagi tanqid maishiy m a’no kasb etgan bo'ladi.
Yumoristik latifalarda shaxsdagi salbiy belgilar nisbatan bo‘rttirilib
tasvirlanadi. Chunonchi, «Afandi va dallol» latifasida afandi sigirini
sotgani bozorga olib chiqib. uning kamchiliklarini ro ‘y-rost aytib,
xaridor chaqira boshlaydi. U ning gaplarini eshitgach,
xaridorlar
havsalasi pir bo‘lib qaytib ketishaveradi. Bu holatni kuzatib turgan
dallol uning sigirini sotib berm oqchi bo‘lib, afandi roziligini olgach,
d arhol uni m aqtay ketadi. Bu m aqtovlarni eshitgan xaridorlar
qaytadan quyilib kela boshlaydi. Shunda afandi sigiri ipini dallol
qo‘lidan tortib olib: «sigirimda shuncha xislatlar b o r ekan, uni sotib
nim a qilam an», — deya yetaklaganicha bozordan chiqib ketadi.
Latifada afandining kaltabinligi, soddavashligi birm uncha bo‘rttirilib,
xushchaqchaq kulgi hosil qilingan. Bunday kulgi ham aslida afandi
nutqida so‘zlarni qochirim dor qilib qo‘llash
asosida yuzaga chiqib,
o ‘ziga xos tanqidiy vazifani bajaradi.
Shunisi ajablanarliki. M. Z.O sm onov darg‘in latifalarida Mullo
Nasriddin xarakterining ikkinchi qutbi sanaluvchi go‘llik, notavonlik,
ojizlik, farosatsizlik, aqli noqislik, uquvsizlik, laqm alik, hissizlik,
ezmalik, haftafahmlik, ahmoqlik, kaltabinlik singari qusurli xislatlardan
iborat salbiy tom onini ijtimoiy tengsizlikni
ifodaiovchi sinfiy kurash
natijasi, yanayam aniqrog‘i, hukm ron tabaqalaming xalq kurashchisini
shashtidan tushirish, kurashchanlik ruhini sindirish, shu asosda uni
xalq nazaridan tushirib qoldirish yoMida ijodiy qayta ishlashlarining
hosilasi sifatida izohlaydi. (Qarang: Darginskie skazki. Sost. avtor
predislovie M .Z.O sm onov. IV. L-M ., 1963. s.9). Keyinchalik Boris
Privalov ham qoraqalpoq latifalari qahramoni 0 ‘mirbek xarakteridagi
shunday qusurlar sababini M .Z.Osm onov izohlaganday asoslaydi.
(Qarang: B. Privalov. Anekdoti Omirbeka i nekotorie voprosi satiriko-
yum oristicheskogo folklora / / Vmesto poslesloviya. - V knige:
Anekdoti Omirbeka. Nukus: «Karakalpakistan», 1970, s.260). Bunday
qarash aslida m arkscha-lenincha estetikaning sinfiylik ta ’limotiga to‘la
mos bo‘lib, umuminsoniylik manfaatlari nuqtayi nazaridan nomaqbul
va bir tom on lam a edi. Negaki, ham ma zam onlarda h am xalq o ‘z
hayotiga tanqidiy qarash a n ’anasiga amal qilib kelgan, lekin o lz
dardini, o ‘z hasratini. o‘z alam ini
oshkora aytishga, haqiqatni ro‘y-
rost aytishga kelganda esa, hukm ron tabaqalarning tazyiqini, ta ’qibini
hamisha his qilib turgan. Ijtimoiy adolatsizlik zamirida qurilgan tuzum
va saltanat dastidan shunday yo‘l tutishga majbur b o ‘lgan. Shunda
u asriy tajribasida sinalgan «Qalovini topib, qorni yoqish» aqidasiga
am al q ilib . o ‘zin i g o ‘llik k a, uquvsizlikka, q o ‘y in g -c h i, dalli
devonalikka urib, haqiqatni aytish va himoya qilishga chog‘langan,
o ‘zini te lb alik k a solib kulfatzadalikka, benavolikka, noch o r-u
notavonlikka
giriftor etganlardan kulgan, kulib turib ularni (aslida
ular ham o ‘zidan chiqqanlar-ku, axir) demakki, o ‘z-o ‘zini fosh etgan.
0 ‘z-o ‘zini fosh eta turib ko‘nglini bo'shatgan, tasalli-taskin topgan.
Insoniyat tarixida esa zam onasi bilan kelisha va chiqisha olmay,
o ‘zini devonalikka, telbalikka urib, haqiqatni kula-kula yoqlaganlar
ko‘p. C h u nonchi, A bunuw os (762-814) mashhur tarixiy shaxs bo‘lib,
Xorun ar-R ashid saroyida xizmat qilgan. Biroq quraysh qabilasi ahlini
yoqtirm ay, ulam i hajv qiluvchi she'rlar yoza boshlagan. Buning
uchun xalifa uni bir necha oy hibsda tutib, so‘ngra haydab yuborgan.
A bu nu w o s b o ‘lsa mayxo‘rlikka berilib, ko‘cha-ko‘ylarda mast holda
tentirab, hajviy g‘azallarini o ‘qib yurgan.
Oxiri hazrat Alini hajv
qilib yozgan sh e’ri uchun zahariab o ‘ldirilgan. U arab adabiyoti
tarixida iste'dodli shoir sifatida nom qoldirgan. Uning mastlik aralash
tu rish-turm ushi asl holicha xalq og‘zida latifalarga aylangan, shu
zaylda uning nom i bilan bog‘liq latifalar og‘izdan-og‘izga ko‘chib
yurgan. Yoki Bahlul nom i bilan bog‘liq latifalar tarixini ko‘zdan
kech iray lik. B ahlul ham U m a r K ufiyning o ‘g‘li b o ‘lib, latifa
qahram oni sifatida el og‘zaki ijodida mangulik topdi. U n i donoligi.
tadbirkorligi uchun qozilik mansabiga tayinlashmoqchi b o ‘lishganida.
bu m ansabda ishlamaslik uch u n o ‘zini devonalikka urib qutiladi. U
uzun xivichni ot qilib m inib, «chu» deya Bag‘dod ko‘chalarida
tentiray boshlagach, ham m a uning devonaligiga ishonadi. D avrlar
o ‘tishi tufayli A bunuw os, Bahlul, Juho
va boshqalar nomi bilan
aytiladigan latifalaming Nasriddin afandi nomiga ko‘chishi natijasida
uning xarakterida ham shunday kulgili xislatlar shakllana bordi. Shu
tariqa nemis folklorshunosi topib aytganiday: «Ezopdan donoroq,
lekin donolikda abderitlardan ham o ‘tkazuvchi» X o'ja N asriddin
siymosi shakllangan. U xuddi shu fazilat va xislatlari bilan hokim
sinflar vakillarini mulzam etgan, m ehnat ahlining himoyachisiga
aylangan.
0 ‘zbek xalq latifalarini yaratilgan davriga qarab ham tasnif qilish
m um kin. Unga kokra ular: a) an ’anaviy va b) zamonaviy latifalarga
bo‘linadi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: