qahram onlari — shu uch om ilda ijod qilingan
xalq latifalarining
qahram onlari edilar. Yanada aniqroq qilib aytiladigan bo‘lsa, IX-
X1U asrlarda Abunuvvos, Talxak, Bahlul, Juho, Tufayliy, Kal, Ko‘sa
latifalar qahram oni sifatida faol b o ‘lishsa. X I11 asrning II yarmidan
XIX asrning I yarmigacha bular safini Aldarko'sa, Mushfiqiy, Mirali,
M ashrab, Jayroncha, Kamina va Esonpo‘latlar to ‘ldirib keldi. XIX
asrning 11 yarmidan e’tiboran esa Xo‘ja N asriddin, yoki Nasriddin
afa n d i yoxud qisqagina A fandi o ‘zbek latifalarin in g m arkaziy
qahram oniga aylana bordi.
Hodi Z arif fikricha, bu obraz o ‘zbek
latifalariga ozarbayjon folklori orqali turk folklorining ta ’siri tufayli
kirib kelgan. Aslida XII — X III asrlardayoq turk xalq latifalarining
qahram oni sifatida tanilgan M ullo Nasriddin yoki X o‘ja Nasriddin,
yoxud Nasriddin afandi XIX asr oxirlarigacha nainki 0 ‘rta yer dengizi
sohillarida yashovchi xalqlar. balki g'arbiy Evropada, Kavkazortida,
Q rim da, Kichik va 0 ‘rta Osiyoda, Uyg‘uriston va H indistonda
yashovchi xalqlar latifalarining qahram onlari o ‘m in i ham shiddat
bilan egallab bordi. E ndilikda o ‘zbek, tojik, tu rk m an , uyg‘ur,
ozarbayjon, qrim -tatar va boshqa qator
xalqlar latifalarini quvnoq
va topqir, hoziijavob va tadbirkor, jijchagina chapdastligi orqali har
qanday odam ni o ‘zining yolg‘on -u rostiga ham, firib-u qasdiga ham
laqqa ishontira biluvchi, ezgulik yo‘lida tin m ay kurashib. o ‘z
xizm atini sira minnat qilmovchi, goh juda hushyor va sergak bo‘lsa,
gohida ozgina go‘l va anqov, am m o ham isha xalq tashvishida
b o ‘Iganidan ichki bir qoniqish bilan yashovchi hayotsevar va g‘olib
N asriddin afandisiz tasaw ur qilib bo‘lmaydi.
U ni muxoliflari qayta-
qayta o ‘ldirib, butun Sharq b o ‘ylab 15 joyga ko‘mdilar. A m m o olti
yuz yildan oshayaptiki, u ham on barhayot, el ko‘nglini chog‘ etib
yashayapti. S.Kosyubinskiy to ‘g‘ri qayd etganidek, bunday ulug‘ shon-
shuhrat har kimga ham nasib qilavermaydi. (Qarang: Anekdotov. О
Xodje Nasreddine i Axmet axae. Simferopol, 1937, s. 43), Nasriddin
afandi ham endilikda jah o n xalqlari latifachiligida e ’tiro f etilgan
h in d la rd a g i B irbal, a ra b la rd a g i J u h o , afg ‘o n la rd a g i P u rd il,
beloruslardagi Nesterko, ruslardagi ahm oq
Ivan va Balakirev, Karelo-
finlardagi o ‘rm on kesuvchi Kumoxi, qoraqalpoqlardagi 0 ‘mirbek,
qirg‘izlardagi Kuyruchuk, qozoqlardagi Aldarko‘sa, tojiklardagi Mullo
Mushfiqiy, buryatlardagi Budam shu, m oldavanlardagi Pekele, qrim -
tatarlardagi Axmet axay, ozarlardagi Bahlul, D on and alar safdoshiga
aylanib qoldi.
Shuhrati bu qadar beqiyos Nasriddin
afandi obrazining tarixiy
asosi — prototipi bormi? qaysi zam onda va makonda yashagan, shaxsiy
fazilatlari, kasb-u kori qanaqa b o ‘lgan? Tadqiqotchilar orasida bu
masalalar ustida necha asrlardan beri bahs davom etib keladi. Bu
bahslaming um um iy xulosasi shuki, birguruh tadqiqotchilar Nasriddin
afandi obrazining paydo b o ‘lishini arab xalifaligi zam o ni bilan
bog'lashsa, ikkinchi guruhdagilar buni m o‘g‘ul istilolari zam oniga
nisbat berishadi. Uchinchi guruhdagilar esa, Tem ur saltanati zamoniga
aloqador deb isbotlashga urinishadi. Turk va boshqa xalqlardagi
olim larning XX asrning 50-60-yillaridagi jiddiy izlanishlari va tarixiy
dalillarning guvohligicha, N asriddin afandi obrazining shakllanishida
ikki tarixiy shaxs kuchli ta ’sir ko‘rsatgan.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: