5-sinf. Ona tili.
Mavzu
|
So‘roq olmoshlari yordamida ifodalangan so‘roq gaplar
|
Maqsad
|
Darsning ta`limiy maqsadi:
O’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish, lug’at boyligini oshirish, so’roq gaplar haqida tushuncha berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:
O`quvchilarni maktablarini sevishga, uni ozoda tutishga, maktab jihozlarini asrab-avaylashga o’rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
O`quvchilarning mustaqil fikrlash qobilyatini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish, hozirjavoblikka undash.
|
Vazifalari
|
Vazifalari: O`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish, ularda mavzu asosida bilim va ko`nikmalarni shakllantirish, kengaytirish;
Mavzuga oid berilgan savollarni o`quvchilar tomonidan guruh holatida o`zlashtirib olishlari hamda berilgan topshiriqlar qay darajada o`zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini baholash.
|
O`quv jarayonining mazmuni
|
Og`zaki va yozma nutqda mavzuga oid tayanch so’z va gaplarni nutq vaziyatiga mos holda qo`llash va yozish.
|
O`quv jarayoni amalga oshirish texnologiyasi
|
Uslub: “Mozaika”, “Klaster” “Aqliy hujum”, «Rasmli rebus» usullari.
Vosita: 5-sinf Ona tili darsligi, texnologik vositalar, mavzuga oid ko`rsatmali va tarqatma materiallar.
Turi: Yangi bilim beruvchi.
Usul: Interfaol.
Nazorat: Og`zaki ,yozma nazorat, savol-javob.
Baholash: 5 balli tizim asosida.
|
Kutiladigan natijalar
|
O`qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilishiga erishadi. O`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otadi. Bir darsda barcha o`quvchi baholanadi. O`quvchilar tomonidan darsni mustaqil o`rganish va uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va savollarga javob berishga o`rgatadi.
O`quvchi: Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka va guruh bo`lib ishlashni o`rganadi, nutqi rivojlanadi. Qisqa vaqt ichida ko`p ma`lumotga ega bo`ladi.
|
Kelgusi rejalar
|
O`qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirish va darsda tatbiq etish, takomillashtirish, o`z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.
O`quvchi: Mustaqil ishlashni o`rganadi. O`z fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzu asosida qo`shimcha materiallar izlaydi, ularni o`rganadi. Do`stona muhitda, hamkorlikda ishlash ko`nikmasi shakllanadi.
|
Darsning blok-chizmasi
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
10 daqiqa
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
10 daqiqa
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
O`quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
Uyga vazifa berish
|
5 daqiqa
|
DARSNING QOIDALARI:
-
Qo`l ko`tarib javob berish.
-
Faol qatnashish.
-
Bir-birini eshitish.
-
Intizomga rioya etish.
DARSNING BORISHI.
I .Tashkiliy qism.
O`qituvchi: Sinfga kirgach, o`quvchilar bilan salomlashib, navbatchi orqali davomatni aniqlayman. O`quvchilarnidarsga tayyorgarligiga, jumladan, kitob, daftar ruchkalarining holatiga nigoh qarataman.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash. Uy vazifasini tekshirish
O`qituvchi: - Assalomu alaykum, hurmatli o`quvchilar! Sizlarni ko`rganimdan xursandman. Tayyor bo`lsangiz, darsni boshlaymiz. Avvalo, uy vazifasini tekshirib chiqaylik. Sizlarga 86 -mashq vazifa qilib berilgan edi.
O`quvchilar yozib kelgan darak gaplarini birma-bir o’qib beradilar. Ularning ishlari tahlil qilinadi. So’ng ball qo‘yiladi.
O`qituvchi: Aziz o`quvchilar, o’tgan darsda qanday mavzuni o’tgan edik?
-
O`quvchi: Darak gap mavzusini o’tgan edik.
O`qituvchi: Xo’sh, Darak gap nimaga aytiladi? Unda tinish belgilar ishlatiladi?
-
O`quvchi: Biror voqea-hodisa haqida xabar bildiruvchi gap darak gap deyiladi. Darak gapning kesimi ko`pincha xabar mayldagi fe'l bilan ifodalanadi. Masalan: Kecha biz Navoiy muzeyiga bordik.
-
O`quvchi: Yozuvda darak gapning oxiriga odatda nuqta qo`yiladi: Bugun ijodiy uchrashuv kechasi bo`ladi. Biz ham boramiz.
O`qituvchi: Rahmat, demak o’tilgan mavzuni yaxshi tushunibsizlar. Keling, hozir mana bu suratlarga qarab darak gaplar tuzaylik.
Suratlar asosida tuzilgan gaplar daftarlarga yozilib o’tilgan mavzi mustahkamlanadi.
III. Yangi mavzuni tushuntirish
O`qituvchi: Rahmat, endi bevosita “Klaster” asosida mavzuni davom ettiraylik:
Yangi mavzuning nomi “So’roq gap”. Yozib olinglar.
So`zlovchiga noma'lum bo`lgan narsa, hodisa, voqea haqida so`roqni ifodalaydigan gap so`roq gap deyiladi. So`roq gapda so`zlovchi o`zi bayon qilgan fikrga suhbatdoshini fikr bildirishga undaydi: shu fikrni tasdiqlash yoki inkor etishni talab qiladi, masalan:
-Darsga borasanmi?
-Ha, boraman.
Yozuvda so`roq gapning oxiriga so`roq belgisi qo`yiladi: Kuzimizning go`zalligin, og`aynilar, ko`rganmisiz? (Q.M.)
Biror sabab bilan uzilib qolgan so`roq gapning oxiriga so`roq belgisi va undan keyin ketma-ket ikki nuqta qo`yiladi, masalan:
-Ishlarim yaxshi.
-Yaxshimi-a?..
Yuqoridagilardan shunday xulosa kelib chiqadi: so`roq gap, odatda, so`zlovchiga noma'lum bo`lgan biror narsa haqida xabar bilish, shu to`g`rida ma'lumot olish maqsadida ishlatiladi va shu xabarni anglatuvchi javobni talab qiladi. Masalan: Bu kitobni o`qiganmisan?
So`roq gaplar quyidagi yo`llar bilan hosil bo`ladi:
1. Gap tarkibida kim?, nima?, qanday?, qaysi?, qancha?, necha?, qayerda?, qachon?, nima uchun? kabi so`roq so`zlari bo`ladi: Sport musobaqasida kimlar g`olib chiqdi?
2. -mi, -chi, -a, -ya, -ku, nahotki kabi so`roq yuklamalari ishtiroki bilan: Sen ketayapsanmi? Dars-chi? Sen Sanobar opaning o`g`lisan-a?
3. Faqat so`roq ohangi yordami bilan:
- Soat besh bo`ldi,-dedi u.
- Besh bo`ldi?
Mavzuga doir 87, 89-mashqlar ishlanadi. Va birgalikda tekshiriladi. Mashqlar bajarilgach, diktant yozdiriladi.
Diktant. Bizning uyimiz
Bu ko`cha - bizning ko`chamiz. Biz shu ko`chadagi oltinchi uyda yashaymiz. Uyimiz ko`p qavatli. Biz to`rtinchi qavatda, o`ninchi xonadonda yashaymiz. Maktabimiz Sebzor ko`chasida joylashgan. Men maktabga troleybusda boraman. Sobir maktabga yaqin joyda yashaydi. U maktabga piyoda boradi.
Matn yuzasidan savollar:
Siz qayerda yashaysiz?
Maktabingiz qayerda joylashgan?
Maktabga qanday borasiz?
O`rtog`ingiz qayerda yashaydi?
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
“Blis-so’rov” metodi asosida so’rov tashkil etiladi.
Bu qanday gaplar?
|
Darak gap
|
Buyruq gap
|
Istak gap
|
So’roq gap
|
Hozir o’lkamizda qanday fasl?
|
|
|
|
+
|
Kattaga hurmatda – kichikka izzatda bo’l.
|
|
+
|
|
|
Qani endi havo isib ketsaydi.
|
|
|
+
|
|
O’lkamizda oltin kuz fasli kirib keldi.
|
+
|
|
|
|
odat
kichiklar
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzu bo’yicha “Charxpalak” metodi asosida guruhlar bir-birlariga gap yozadilar. Avvalo, beternib so’zlar beriladi guruhlarga. So’ng biri darak gap, 2-si uni so’roqqa aylantirishi kerak, 3-si uni buyruq gapga aylantirishi kerak. Masalan:
bermoq
yaxshi
yordam
-
guruh: Kichiklarga yordam berish – yaxshi odat.
-
guruh: Kichiklarga yordam berish yaxshi odatmi?
-
guruh: Yaxshi odating - kichiklarga yordam berishingdir!
Mashq. Quyidagi so’roq gaplarga javob bering. Qanday gaplar hosil bo’ldi?
1. Yig‘ilishda kimlar qatnashdi? 2. Sizga ona tilidan kim dars o‘tadi? 3. Siz qanday musiqani yoqtirasiz? 4. U senga nimalar olib berdi? 5. Qodiriyning qaysi romanini bilasiz? 6. Siz qaysi futbol jamoasining muxlisisiz?
«Rasmli rebus» o’yini bilan o’tilgan mavzuga yakun yasaladi.Ya’ni o’quvchilarga rasmlar tarqatiladi:
-
Doira, anor, rayhon, anjir, kapalak gilos, arava, piyoz.
-
Surnay, o’rdak, ruchka, olma, qog’oz, gilam, arqon, pufak.
-
Baliq, ukki, yo’lbars, uchqun, quduq, gazlama, anjir, paket.
Rasmlar nomining bosh harfidan mavzuning nomi «Darak gap, so’roq gap, buyruq gap» so’zlari kelib chiqishi kerak.
V. O’quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa berish.
O’quvchilar bilimi rag’batlantiruvchi kartochkalar asosida baholanadi va izohlanadi.
VI. Uyga vazifa:
Quyidagi darslikdagi 94-mashq “Qarisi bor uyning parisi bor” mavzusida matn tuzib kelish.
X u l o s a
Xulosa qilib aytganda, men o`z oldimga maqsad qilib qo`ygan rejalarimni o`z joyida ishlatdim va o`quvchilarga suhbat, savol –javob, aqliy hujum, jadvalda yozish, klaster usullaridan foydalanib, yangi mavzuni yoritishga harakat qildim
Ushbu darsda o’quvchilar “So’roq gap” mavzusidagi gaplarni suhbat va turli topshiriqlarda qo’llashdi. Darak, so’roq va buyruq gaplarni farqlashni o’rganishdi. “Blis-sorov” usuli vositasida yangi mavzuni mustahkamlash, «Aqliy hujum» usuli vositasida tezkor fikr yuritish, xotirani mustahkamlash, «Charxpalak» usulida gaplarni to’g’ri tuzish, tezkorlik kabi ko’nikmalarni egallashda yordam berdi. Guruhlarda ishlash esa o’quvchilarda o’zaro fikr almashish, muomala qilish, birdamlik va hamjihatlik, guruh uchun ma’suliyatni his etish kabi munosabatlarni shakllantirishda yordam berdi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
-
I. A. Karimov. “Yuksak ma`naviyat engilmas kuch”. 2008 yil.
-
N.Mahmudov, A.Nurmanov, A.Sobirov, V.Qodirov, Z.Jo`rayeva. Ona tili. 5 – sinf uchun darslik. 2 – nashri. 25 – 26 – sahifa.
-
Hozirgi o`zbek adabiy tili. II Sintaksis. Toshkent 1966 y. O`z. SSR “Fan” nashryoti.
-
A. Hojiyev. “Lingvistik terminlarning izohli lug`ati”.
-
Ma`rifat. 2012 yil 21 – aprel 6 – sahifa.
Do'stlaringiz bilan baham: |