Covid-19 bilan bog’liq pandemiya sharoitida ijodkorlar tafakkuridagi o’zgarishlar va ularning asarlarida so’z ijodkorligi masalasi abstrakt



Download 37,22 Kb.
bet3/9
Sana11.07.2021
Hajmi37,22 Kb.
#115818
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ernazarova SKOPUS

NAZARIY ASOS. Muallif so’z ijodkorligi masalasi noodatiy o’ziga xos hodisa sifatida tilshunoslarni qiziqtirib kelgan. O’tgan asrning o’rtalaridan boshlab rus tilshunosligida, biroz vaqt o’tib o’zbek tilshunosligida ham muallifning so’zdan foydalanish mahorati, ijodkorning uslubida so’zlarni ishlatish bilan bog’liq ko’zga tashlanadigan jihatlarni yoritishga doir tadqiqotlar yuzaga kelganligini ko’rishimiz mumkin. Leksikografik manbalarda aynan biz qo’layotgan muallif so’z ijodkorligi termini ishlatilmagan bo’lsa-da, shu ma’noni o’zida aks ettirgan “tasodifiy so’z”, “neologizm”, okkazionalizm” kabi terminlar izohini ko’rishimiz mumkin. O’zbek tilshunosligi terminlari lug'atida “okkazionalizm” ga shunday ta’rif beriladi: Okkazionalizm produktiv bo’lmagan qolip asosida yasalgan, faqat shu matnning o’zida qo’llangan so’z, individual uslub neologizmi [1 ,70].

T.V Jerebiloning lug’atida esa muallif so’z ijodkorligi haqida qiziqarli ma’lumotni uchratishimiz mumkin [2, 262, 263, 289]. Ya’ni neologizmning ham, okkazionalizmning ham muallif so’z ijodkorligi bilan bog’liq jihatlari mavjudligi ta’kidlangan.

Xuddi shu tarzdagi yondashuv o’zbek tilshunosligida ham mavjud bo’lib, shu mavzuga doir dastlabki tadqiqotlarda quyidagicha fikrlarni uchratishimiz mumkin: Individual-stilistik neologizmlar, ko’proq, poetic nutqqa xos bo’lib, shoirning uslubi bilan bog’langan. O’rinli va maqsadga muvofiq, til taraqqiyoti qonuniyatlariga to’la amal qilgan holda yasalgan individual-stilistik neologizmlar ijodkorning so’z qo’llashdagi originalligi va betakrorligini ko’rsatadi. Uning poetik iqtidorining yuksakligidan, tilning qimmatli boyliklarini nozik his qila bilishdan dalolat beradi. Ijodkorning badiiy so’z masalasidagi novatorligini ko’rsatadi[2, 31]. Bu mavzuda qilingan tadqiqotlarning katta qismida esa okkazionalizm va neologizm terminlarini farqlash masalasi asosiy masala sifatida qaralgan [3;4;5;6]. Masalan, tilshunos Y.N. Nesvetaylo neologizm va okkazionalizm bir-biridan farqli terminlar ekanligini rus tilidagi zamonaviy lug’atlardagi ta’riflar bilan izohlashga harakat qilgan. Neologizm til bilan bog’liq, okkazionalizm esa muayyan muallif bilan bog’liqligini dalillash ishning xulosasini tashkil qilgan.Shuningdek tilshunos tasodifiy birliklarning yaratilishi matn uchun ekspressivlikni ta’minlaydigan ijobiy hodisa ekanligini ham ta’kidlaydi [4, 148]. O.To’xtasinovaning izlanishlari o’zbek tilshunosligida bu masala yuzasidan bajarilgan tadqiqotlar orasida muayyan ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Tilshunos okkazional birliklarning lug’atlardagi talqini, termin atrofida yuzaga kelgan turli qarashlarning asosi, okkazionalizm va neologizmning farqi, okkazional so’zlarning o’ziga xosligi va adabiy normaga ta’siri, okkazionalizmlarning yasalishi va so’z turkumlari jihatidan tasnifi, shuningdek, okkazionalizmlarning matndagi badiiy-estetik vazifasi masalalari yuzasidan salmoqli nazariy ma’lumotlarni tadqiq qilgan [5].

Mavjud tadqiqotlarning ma’lum qismida muallif so’z ijodkorligining qanday ko’rinishda namoyon bo’lgani masalasi ko’rsatilgan bo’lsa, yana bir guruhida okkazionalizmlarning ijodkor uslubidagi ahamiyati masalasi yoritilgan [7;8;9].

O’zbek tilshunosligida Cho‘lpon, G‘afur G‘ulom, Erkin Vohidov, Rauf Parfi, Usmon Azim va Iqbol Mirzo kabi ko‘plab ijodkorlarning o’zbek tili imkoniyatlaridan unumli foydalanib, so’z ijodkorligi asosida til imkoniyatlarini boyitganligi masalasi ilmiy jihatdan o’rganilgan.

Umuman olganda, biz mohiyatiga e’tibor qaratayotgan masalaning nazariy asoslari tilshunoslikda u yoki bu ko’rinishda yaratilgan. Ammo biz ishda muallif so’z ijodkorligining yuqorida ko’rsatilgan jihatlaridan ajralib turadigan lisoniy-kognitiv tahliliga e’tibor qaratamiz. Ya’ni muallif so’z ijodkorligi uning olam haqidagi qarashlarini qay darajada ochib bera olishi masalasini yoritamiz. Kognitiv tahlil asoslariga doir ilmiy qarashlar ham tilshunoslikning keng ko’lamli qatlamini yuzaga keltirgan [11;12].

Mohiyatan, ishda an’anaviy nazariy qarashlarni zamonaviy tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil etish asosiy masala sanaladi.


Download 37,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish