Covid-19 bilan bog’liq pandemiya sharoitida ijodkorlar tafakkuridagi o’zgarishlar va ularning asarlarida so’z ijodkorligi masalasi abstrakt



Download 37,22 Kb.
bet2/9
Sana11.07.2021
Hajmi37,22 Kb.
#115818
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ernazarova SKOPUS

Keywords: okkazionalizm, so’z ijodkorligi, badiiy matn, kognitiv tahlil, kontekstual ma’no, so’z yasash usullari

KIRISH. Covid-19 bilan bog’liq pandemiya sharoitida insoniyat tafakkurida yangi evrilishlar yuzaga keldi. Bu evrilishlar natijasida so’z ijodkorlari ham o’z asarlarida yangicha qarashlarni, pandemiya ta’sirida yuzaga kelayotgan hissiyotlarni so’z bilan ta’riflashga harakat qilmoqda. Bu jarayon mualliflardan yangi so’z ijodkorligini talab qilmoqda. Muallif so’z ijodkorligi bu ijodkorning ma’lum til imkoniyatlariga yangicha yondashuvidan hosil bo’ladigan tushunchadir. Til o’zining lug’at boyligi bilan matn yaratuvchisiga xizmat qiladi. Matn yaratuvchilaridan aynan so’z ijodkorlari ma’lum ma’noda til so’zligini boyitadi, so’zlarning yangi ma’no qirralarini kashf etadi. Ijodkor til lug’atiga murojaat qilganida, oniy holat ifodasiga mos so’zni qidiradi. Bunday so’zni topa olmaganda esa ijodkorda yangi birlikka ehtiyoj paydo bo’ladi. Ana shu ehtiyojdan kelib chiqib yaratilgan muallifning tafakkur mahsuli muallif so’z ijodkorligini belgilaydi. Bunday birlikka nisbatan tilshunoslikda okkazionalizm, lingvistik innovatsiya, mualliflik so’zi, nutqiy yaratiq, ijodiy yasalma, g’ayriodatiy yasalma, individual so’z yasash, poetik neologizm, tasodifiy birlik, tabiiy innovatsiya kabi turli terminlar ishlatiladi. Bizningcha, muallif so’z ijodkorligini ko’rsatadigan birliklar (yoki okkazionalizmlar) ijodkorning ijodiy-lisoniy tafakkuri mahsuli bo’lgan so’z, so’z ma’nosi, so’z birikmasi yoki iboralardir. Tilshunoslikda bunday birliklarning fonetik, leksik va frazeologik kabi bir necha guruhlarga ajratilib o’rganilishi ma’lum.

Tilshunoslikda muallif so’z ijodkorligi mahsuliga ikki tomonlama qarash mavjudligini kuzatish mumkin. Birinchisi muallif so’z ijodkorligi ijobiy hodisa sifatida baholanib, ijodkorlik asosida yaratiladigan birlik til lug’atini boyitishi, imkoniyatlarini yanada kengaytirishini e’tirof etadigan, muallif so’z ijodkorligini ilmiy tadqiq qilishni yoqlaydigan qarashlar yig’indisi bo’lsa, ikkinchisi bunday birliklar til foydalanuvchilarini chalg’itadi, adabiy norma buzilishiga olib keladi, xullas, ma’lum tilning o’rganilishini qiyinlashtiradi tarzidagi salbiy qarashlar yig’indisidir. Biz tadqiqotda masalaning boshqa jihatiga,ya’ni muallif so’z ijodkorligi orqali olam haqidagi qarashlarini qanchalik aks ettira olgani, mavjud bilimlarini ifodalashda bunday birliklardan qanchalik samarali foydalana olgani masalasiga e’tibor qaratmoqchimiz.




Download 37,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish