Chorva mollari va ularning ahmiyati



Download 158,56 Kb.
bet1/10
Sana28.06.2022
Hajmi158,56 Kb.
#712917
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
CHORVA MOLLARI TURLARI VA ULARNING GELMINTOLOGIK KASALLIKLARI


CHORVA MOLLARI TURLARI VA ULARNING GELMINTOLOGIK KASALLIKLARI
Mundarija:
Kirish

  1. CHORVA MOLLARI VA ULARNING AHMIYATI

    1. Yirik shoxli chorva mollari

    2. Mayda shoxli chorva mollari

  2. CHUVALCHANGLAR (VERMES) – SCOLECIDA KATTA TEPINING UMUMIY TAVSIFI VA SISTEMATIKASI.

    1. Jigar qurtining sistematik holat

    2. Qoramol tasmasimon chuvalchangini sistematik

    3. Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangining sistematik holat

    4. Serbar tasmasimon chuvalchangning sistematik holati

    5. Qo‘y miya qurtining sistematik holati

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Chorvachilik qishloq xo‘jaligining ajralmas bir qismi bo‘lib, xalq xo‘jaligida alohida ahamiyat kasb etadi. Chorvachilikdan insonlar uchun zarur oziq-ovqat bo‘lgan sut, go‘sht va tuxum mahsulotlari olinadi. Bu ko‘rsatkich orqali mamlakat aholisining farovonligi haqida fikr yuritish mumkin. Bundan tashqari chorvachilik sanoat uchun xomashyo manbai hisoblanadi. Ularga jun, teri, barra teri, shox, tuyoq va boshqa mahsulotlar kiradi. Chorva hayvonlari va parrandalari chiqindilari mahalliy ug‘it sifatida yer unumdorligini oshirishda beqiyos O‘rin tutadi. Masalan: bir sigirdan bir yilda olingan gung bilan 1ga yerni mahalliy ug‘itga bo‘lgan talabini qondirish mumkin. Shu boisdan chorvachilikning asosiy vazifasi chorvachilik mahsulotlarini ko‘paytirish evaziga xalqning oziq-ovqat, sanoatni esa xomashyo bilan ta’minlashdan iboratdir. Buning uchun tabiiy oziq-ovqat zonasining barcha xalqalarini mustahkam bog‘lanishiga erishish kerak. Bu zanjir tuproq – O‘simlik – o’git -hayvon – odamdan iborat bo‘lib, doimo fan va texnika yangiliklariga muhtoj. Qishlok xo‘jalik – dehqonchilik va chorvachilik sohalari bir-biri bilan uzviy bog‘lik bo‘lib, bir-birini tuldiradi, ular bir-birisiz ijobiy natijalarga hech qachon erishaolmaydilar. Tabiiy manbaalar va ekilgan yerlardan olingan mahsulotlarning 75 % inson to‘gridan-to‘gri iste’mol qila olmaydi, Shuning uchun ularni albatta qishloq xo‘jaligi hayvonlari va parrandalarining tanasi orqali O‘tkazilib sut, go‘sht, tuxum kabi noyob mahsulotlar olinadi.
Prezidentning 8-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi1.
Prezident qarori bilan, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish maqsadlari uchun 2022-yilda Jahon bankining 300 million AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘larini jalb etildi.
Taʼkidlanganidek, chorvachilik tarmogʻini jadal rivojlantirish, sohada zamonaviy va innovatsion uslublarni joriy etish, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va ularning turlarini kengaytirish, shuningdek, aholini mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon chorva mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash hamda chorvachilikka ixtisoslashgan korxonalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashda davlatimiz rahbarining “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori muhim dasturilamal boʻlmoqda.
Hujjatda belgilangan vazifalarning hayotimizga keng tatbiq etilishi natijada yurtimizda chorvachilik fermer xoʻjaliklari soni 6820 taga yetdi. Shundan 100 boshgacha qoramoli mavjud xoʻjaliklar 5551 ta, 100 boshdan 300 boshgacha 1036 ta, 300 boshdan 500 boshgacha 144 ta, 500 boshdan 1000 boshgacha boʻlgani 63 ta hamda 1000 boshdan yuqori boʻlgan xoʻjaliklar soni 26 taga yetkazilgan.
Shuningdek, chorva mollari ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida jami 350 ming gektar asosiy maydonga, jumladan, 56 ming gektar beda, 146,2 ming gektar makkajoʻxori, 36,3 ming gektar oqjoʻxori va 10,6 ming gektar xashaki lavlagi, boshoqli dondan boʻshagan maydonlarning 199 ming gektariga takroriy hamda 108 ming gektar maydonga oraliq ozuqabop ekinlari ekilgan.
Qayd etilganidek, oʻtgan 2020-yilda qiymati 1 trln. 800 mlrd. soʻmlik 932 ta, shu jumladan, chorvachilik sohasida 789 mlrd. soʻmlik 506 ta, parrandachilikda 348 mlrd. soʻmlik 183 ta, baliqchilikda 550 mlrd. soʻmlik 134 ta va quyonchilik sohasida qiymati 98 mlrd. soʻmlik 109 ta loyihalar amalga oshirilgan.
Shu bilan birga, «Parrandasanoat» uyushmasi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyat hokimliklari bilan hamkorlikda parrandalarning yuqori mahsuldor zotlari va krosslarini urchitish bilan shugʻullanuvchi goʻsht yoʻnalishidagi II tartibli reproduktor naslchilik parrandachilik korxonalari tashkil etilmoqda.
Bugungi kunda, aholini chorvachilik mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash hamda chorvachilik va uning tarmoqlarida ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish, ushbu sohada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga oid davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash muhim masala hisoblanadi.


Download 158,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish