2.4. Serbar tasmasimon chuvalchangning sistematik holati
Serbar tasmasimon chuvalchangi - tasmasimon chuvalchanglaming eng uzun va yirik vakili bo‘lib, odam hamda turli sutemizuvchilaming (it, mushuk, tulki, ayik, suvsar, bo‘ri) ingichka ichagida parazitlik qiladi. Tanasining uzunligi 10-15 m gacha, eni esa 3-4,5 sm gacha boradi. Bo‘g‘imlari, ya’ni proglottidalari soni har bir voyaga yetgan keng tasmasimon chuvalchangda 4000 tagacha boradi. Bo‘g‘imlaming eni bo‘yiga nisbatan uzun bo‘ladi.
Skoleksi, ya’ni boshchasi boshqa tasmasimon chuvalchnglamikidan farq qiladi. Ulaming boshchasida so4rg‘ich o‘mida 2 ta chuqur egatchalar - botriyalari mavjud, shu organi yordamida ular ichak devoriga yopishadi. Xitinli ilmoqlari yo‘q. Germafrodit proglottidalarida jinsiy organlar sistemasi qoramol tasmasimoninikiga o‘xshash, lekin serbar tasmasimon chuvalchanglarda 3 ta teshik tashqariga ochiladi, bularning biri bachadon teshigi, qolganlari esa qin va urug‘ yo‘llari teshigi hisoblanadi. Mazkur teshiklar boshqalamikiga o‘xshab proglottidalaming yon tomonlariga ochilmay, balki oldingi yuzasiga ochiladi. Oxirgi bo‘g4mlarining kengligi uzunligiga nisbatan ancha serbar bo‘lganligi uchun parazitning nomi serbar yoki keng tasmasimon chuvalchang deyiladi.
Yetilgan bo‘g‘imlar bemor axlati orqali tashqariga chiqadi. Urugldonlar har bir bo‘g£imda 700-800 tagacha, tuxumdoni esa bir dona bo‘lib, ikki bollakdan iborat. Yetilgan bo‘g‘imlardagi bachadonlar ham o ‘zining shOxlanishi bilan boshqa tasmasimon chuvalchanglardan farq qiladi- Bachadon shoxlari uzun, har bir b o ‘g ‘im ning markazida, ya’n i o ‘rtasida joylashgan, shakli rozetkasim on, gul bezagiga o 'x sh a y d i. Keng tasmasimon chuvalchangning rivojlanishida 3 ta xo‘jayin ishtirok etadi. Asosiy xo‘jayini - odam, mushuk, it, tulki va boshqalar. Birinchi oraliq x o cjayini suvda yashovchi mayda qisqichbaqasimonlar (siklop va diaptomuslar) va ikkinchi oraliq xo‘jayini, ya’ni qo‘shimcha x o ‘jayini chuchuk suv baliqlari hisoblanadi.
Bunda asosiy xo‘jayinda yetilgan keng tasmasimon chuvalchangning tuxumlari axlat bilan birga tashqi muhitga chiqariladi.
Bu tuxumlar faqat suvda rivojlanadi. Oradan 3-5 hafta o‘tgach, tuxumdan usti kiprikchalar bilan qoplangan korasidiy chiqadi. Korasidiy sharsimon b o ‘lib, suvda kipriklari yordamida suzib yuradi. Korasidiy laming kiprikli epiteliysi ostida 6 ilmoqli onkosfera boMadi. Korasidiylarni siklop yutadi. Sikloplar ichida korasidiylar kipriklarni yo'qotadi va onkosferalar ichak devorini teshib tana bo‘shlig‘iga o£tadi. Bu joyda onkosfera keyingi lichinkalik davri - proserkoidga aylanadi. Proserkoidning bosh qismida 6 ilmoqli yumaloq, kichkina o‘simta bo‘ladi. Proserkoidning rivojlanishi 3 haftacha davom etadi. Keyinchalik bunday lichinkalar bilan zararlangan sikloplami cho'rtan, nalim va ba’zi losossimon baliqlar yutib yuboradi.
Proserkoidlar baliq oshqozonidan muskullari, jigari va boshqa organlariga o‘tadi hamda keyingi lichinkalik davri - pleroserkoidga aylanadi. Pleroserkoidning uzunligi 10-15 mm bo‘lib, bosh qismida so‘rg‘ichlari - botriylari bo4ladi. Bu lichinkalik davri yuqumli hisoblanadi. Odamlar xom va chala pishirilgan pleroserkoidli baliq go‘shtini yoki ikrasini iste’mol qilganda, serbar tasmasimon chuvalchangni o'zlariga yuqtiradi. Odam organizmida 21-36 kundan keyin pleroserkoiddan 8-15, ba’zan 20 m uzunlikdagi jinsiy voyaga yetgan keng tasmasimon chuvalchang yetishadi. Bu parazitning rivojlanishida asosiy xo‘jayin va ikkita oraliq xo‘jayindan tashqari, ayrim hollarda rezervuar xo‘jayin ham ishtirok etishi mumkin. Bunday rezervuar x o ‘jayinlar har xil yirtqich baliqlar bo‘lib, ular pleroserkoid bilan zararlangan mayda baliqlami yutib yuboradi. Bunda mayda baliqlardagi pleroserkoid yirtqich baliqlar muskullariga va boshqa organlariga o‘mashadi va o‘zining tiriklik holatini saqlab qoladi. Masalan, bitta cho‘rtan baliqda 250 tagacha pleroserkoid uchraganligi aniqlangan. Bir kecha-kunduzda kasallangan odam yoki hayvon 21 mln tagacha parazit tuxumni tashqariga chiqaradi.
Serbar tasmasimon chuvalchang keltirib chiqaradigan kasallik difillobotrioz deb ataladi. Bu parazit odam ichagida 15 yilgacha va undan ham ko‘proq yashashi mumkin. Ular yirik boUganligi uchun ko‘p oziq iste’mol qiladi. Difillobotrioz bilan kasallangan odamlarda bosh og‘rishi va aylanishi, o‘sish va rivojlanishdan orqada qolish, ish qobiliyatining pasayishi, ich yurishining o‘zgarishi, holsizlanish, ishtahaning pasayishi, qayd qilish kabi holatlar kuzatiladi. Odamda gemoglobin va eritrositlar miqdori kamayib ketadi, bu holat kamqonlikni tug‘diradi.
Serbar tasmasimon chuvalchang daryo va ko‘llar bo‘yidagi aholisi ko‘pincha baliq bilan oziqlanadigan hududlarda keng tarqalgan (Kareliya, Sankt-Peterburg viloyatida, Boltiq bo‘yida, Sibirda, Irtish, Ob, Lena, Enisey, Amur, Neva, Volga daryolari havzalari atrofida, Baykal ko‘li atrofida yashaydigan aholi va yirtqich hayvonlar ko4p zararlanadi). Difillobotrioz kasalligiga qarshi yalpi kurash tadbirlari ko‘riladi. Jumladan, kasallangan odamlarni davolash, suv havzalarining iflos boMishini oldini olish, zararlangan baliqlami, ya’ni yaxshi tuzlanmagan va yangi muzlatilgan baliqlami iste’mol qilmaslik kabi tadbirlar amalga oshiriladi. Kasallangan odamlar fenasol yoki oshqovoq urug‘i bilan davolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |