Chorva mollari va ularning ahmiyati


Mayda shoxli chorva mollari



Download 158,56 Kb.
bet3/10
Sana28.06.2022
Hajmi158,56 Kb.
#712917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
CHORVA MOLLARI TURLARI VA ULARNING GELMINTOLOGIK KASALLIKLARI

1.2. Mayda shoxli chorva mollari
Mayda shohli chorva mollariga asosan qo’y va echkilar kiradi.
Qoʻy — quvushshoxlilar oilasi qoʻylar turkumiga mansub juft tuyoq-li, kavsh qaytaruvchi uy hayvoni. Qoʻy bundan 8 ming yil avval xonakilashtirilgan. Uning ajdodi yovvoyi qoʻylar (muflonlar, arxar, arkallar) hisoblanadi. Mavjud kalta dumli qoʻy zotlari muflonlardan, uzun dumli qoʻy zotlari va yogʻli dumli qorakoʻl qoʻylari arxarlardan, dumbali (hisori, jaydari va shahrik.) qoʻylar arkallardan kelib chiqqan.
Qoʻy asrlar mobaynida inson hayotida muhim oziq-ovqat mahsuloti (goʻshti, yogʻi), kiyim-kechak (teri, juni) va boshqa sifatida katta rol oʻynagan. Tanasining balandligi 55—100 sm, uz. 60—100 sm. Koʻpgina zotlarda qoʻchqorlari yaxshi rivojlangan burama shoxli, sovliqlari shox-siz yoki kalta shoxli. Tumshugʻi toʻgʻri, uchi ingichkaroq lablari yupqa, serha-rakat, kurak tishlari oʻtkir, oyoqlari baquvvat. Voyaga yetgan Qoʻylarda 32 tish boʻladi. Tusi oq, qora, malla va koʻk. Mayin junli, yarim mayin junli va dagʻal junli (qarang Dagʻal junli qoʻylar, Mayin junli qoʻylar), kalta dumli (10—12 umurtqali), uzun dumli (20—22 umurtqali), dumli va dumbali Qoʻylarga boʻlinadi (qarang Dumbali qoʻylar, Dumli qoʻylar). Qoʻylar14—15 yil yashaydi. Xoʻjalikda 6 — 8 yil foydalanipadi. 5—7 oyligida jinsiy yetiladi. 15—18 oyligida qochirishga qoʻyiladi. Boʻgʻozlik davri 145-155 kun.
Koʻpgina Qoʻylardan bittadan, ayrimlaridan 2 tadan, ro-manov zotli qoʻylardan 5 va undan ortiq qoʻzi olinadi. Qoʻzilar 2–6 kg tugʻiladi. 2—4 yoshida oʻsishdan toʻxtaydi. Mayin junli Qoʻyning jun qoplami diametri oʻrtacha 18—25 mkm boʻlgan bir xildagi tivit tolalaridan, dagʻal junli Qoʻylarning jun qoplami diametri 100—200 mkm boʻlgan aralash dagʻal tolalardan iborat. Mayin junli Qoʻyning jun tolasi uz. 6—10 sm dan uzunroq, yarim mayin junli Qoʻylarda 10—20 sm va dagʻal junli Qoʻylarda 10—15 sm. Mayin junli Qoʻydan yiliga oʻrtacha 5—6, yarim mayin junli Qoʻydan 3—6 va dagʻal junli Qoʻylardan 1–4 kg jun olinadi.
Mayin junli va yarim mayin junli Qoʻylarning juni yiliga bir marta, dagʻal junli Qoʻylarniki 2 marta — bahorda va kuzda qirqiladi. Qoʻchqorlarining ogʻirligi 60—180, sovliqlariniki 35–110 kg. Soʻyim chiqimi 45—60%. Qoʻylar tabiiy va mahalliy sharoitlarni hamda Qoʻy zotlarining oʻziga xos biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda yaylovda (10—11 oy), yay-lovda-qoʻlda, qoʻlda-yaylovda va qoʻlda boqiladi.
Oʻrta Osiyo xalqlari qadimdan Qoʻylarni goʻshti, yogʻi, terisi va suti uchun boqadi. Uzoq asrlar mobaynida Oʻzbekistonda xalq seleksiyasida hisori qoʻy zoti, qorakoʻl qoʻy zoti va olimlar va chorvadorlar hamkorligida olib borilgan seleksiya — naslchilik ishlari natijasida bu zotning bir qancha zavod tiplari yaratildi.
Dunyodagi barcha mamlakatlarda 250 dan ortiq turli yoʻnalishga mansub qoʻy zotlari urchitilib koʻpaytirilmoqda. Ulardan — askaniya qoʻy zoti, degeres qoʻyi, merinoslar, prekos, ram-bulye, romanov qoʻy zoti, saraji qoʻy zoti, Tojikiston qoʻy zoti, edilboy qoʻy zoti kabi zotlar goʻsht, jun yoʻnalishidagi eng sermahsul zotlar hisoblanadi. Oʻzbekistonda, asosan, qorakoʻl qoʻy zoti, dumbali hisori qoʻy zoti va dumbali jaydari qoʻylar boqiladi. Qoʻylar yaylovda boqilganda kuniga 8– 10 kg oʻt isteʼmol qiladi. Dagʻal ozu-qalar (pichan, silos) va boshqalarni yaxshi hazm qiladi.
Qo’ylarning asosiy biologik xususiyatlaridan ularning yuqori jun va go’sht maxsuldorligi hisoblanadi. Ularning eng nodir xususiyatlaridan biri ularning barcha tuproq va iqlim sharoitlarida yashash va mahsulot berish qobiliyatidir. Qo’ylar yaylov hayvoni bo’lib turli xil yaylovlarni ayniqsa, kambag’al yaylovlardan ham o’t topib yeyish imkoniyatiga ega. Bu borada ularning yupqa, harakatchan lablari nafaqat mayda o’tlar, balki to’qilgan barg va gullarni ko’tarib yeyishini ta’minlaydi. Ayniqsa ular dag’al oziqalarni yeyish va yaxshi hazm qilishi bilan boshqa qishloq xo’jalik hayvonlaridan ustun turadi. Shuning uchun ularni oziqlantirishda yem va shirali oziqalardan kam foydalanishni taqozo etib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning arzon bulishiga sabab bo’ladi.
Qo’ylarning tanasi mustaxkam bo’lib, oyoklari ingichka va kuchli, tuyoqlari qattiq bo’lib yaylovlarda yurishga moslashgan.
Sahro va cho’l xududlarida urchitiladigan qo’ylarda dumba va dumida (qorako’l qo’yi) yog’ zaxiralarini to’plash qobiliyati bor, Ushbu zaxiralarni qo’ylar to’yimli moddalar va suv yetishmagan paytda tanasi uchun foydalanadi.
Qo’ylarning bo’g’ozlik davri qisqa bo’lib 150-155 kunni tashkil etadi, shuning uchun yaxshi oziqlantirish va saqlash sharoitlarini yaratib bergan xo’jaliklarda (fermer, dehqon, shaxsiy yordamchi xo’jaliklar) bir yilda ikki marta to’l olishni tashkil qilish mumkin (go’sht-yog’ qo’ychilikda).
Sovliqlar serpusht bo’ladi, ya’ni ular ichida 2-3 ta qo’zi tug’adiganlari ko’plab uchraydi, yoki har 100 bosh sovliqdan 110-120 bosh qo’zi olish mumkin.
Qo’ylarda boshqa hayvonlarda uchramaydigan ulkan xislat bo’lib. ular hayotining birinchi kunidan boshlab (qorako’l teri) bozorbop mahsulot berish xususiyatiga ega.
Boshqa hayvonlarga nisbatan qo’ylar dag’al oziqalarni yaxshi iste’mol qilib hazmlaydi. Yaylovlardagi 600 xil o’tdan qo’ylar 550 xilini, otlar 100 turini, qoramollar esa faqat 50 turini iste’mol qiladi.
Qo’ylar 4 kameralik oshqozon va yaxshi rivojlangan ichaklarga ega. Oshqozon ichaklarining umumiy xajmi 44 l.ni tashkil qiladi. Ingichka ichaklarining uzunligi 26 m, yo’g’on ichaklari 5 m, ularning so’rish yuzasi 2,8 m ²,shu sababdan qar qanday oziqani qazm qilib, uzlashtirib olishi mumkin.
Qo’ylar tez yetiluvchan hayvon hisoblanadi, ularni 6-8 oyligida go’sht uchun so’yish mumkin. Yana bir ajoyib xususiyati, dumbali qo’ylar dumbasida yog’ to’playdilar, xisor qo’ylarida u 50 kg.gacha yetadi.
Qo’ylar sil kasalligi bilan kam kasallanadi, lekin brusellyoz, qichima, chechak, tuyoq chirishi, mastit va gijja kasalliklariga tez chalinadi, shuning uchun o’z vaqtida oldini olish choralarini ko’rish kerak.
Qo’ylarning tabiiy yashashi 15 yil, xo’jalikda esa o’rtacha 5-6 yil foydalaniladi.
Qo’ylar ishlab chiqarish klassifikatsiyasi bo’yicha quyidagicha bo’linadi:
1. Mayin junli qo’ylar
2. Yarim mayin junli qo’ylar
3. Yarim dag’al junli qo’ylar
4. Dag’al junli qo’ylar
Echki — quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli kavsh qaytaruvchi hayvon. Echki turli iqlimsharoitga tez moslasha olishi tufayli dunyoning koʻplab mamlakatlarida uchratish mumkin. Xonaki Echkilar yovvoyi bezoar va burama shoxli echkilardan tarqalgan deb hisoblanadi. Echkilar dastlab xonakilashtirilgan mahsuldor hayvonlar jumlasiga kiradi. Anov (Ashxobod yaqini)da topilgan qazilmalar Echki Oʻrta Osiyoda mil.dan bir necha ming yil avval boqilganini koʻrsatadi. Echki, asosan, sut, goʻsht, jun, tivit, teri va boshqalar uchun boqiladi. Oʻrtacha 9—10 yil (baʼzilari 17 yilgacha) yashaydi, xoʻjalikda 7—8 yil foydalaniladi.
Uloqlari 5—8 oyligida jinsiy yetiladi, 14—18 oyligida qochiriladi. Boʻgʻozlik davri 5 oyga yaqin. Xonaki zotlarining koʻpi serpusht: har 100 bosh urgʻochi echkidan 150—250 uloq olinadi. Yaxshi ozuqa sharoitida asrab boqilganda yiliga 2-marta bolalaydi. Takalarining tirik vazni 60–65 kg dan 100 kg gacha, urgʻochilariniki 40–60 kg. Olinadigan mahsulotga qarab tivit, jun, goʻsht, sut, teri, moʻyna va aralash mahsulotlar beradigan Echki zotlari bor. Sersut zotlaridan yiliga oʻrtacha 450–550 kg gacha sut sogʻib olinadi. Sutining yogʻliligi 3,8—4,5%. Serjun zotlar juni uz. 15—18 sm, takalaridan 4–6 kg, urgʻochilaridan 3–5 kg dan jun qirqib olinadi. Sertivit zotlaridan 0,2—0,5 kg dan 2 kg gacha tivit tarab olish mumkin.
Yaxshi boqilgan katta yoshdagi Echki 20–28 kg goʻsht va 4–6 kg yogʻ, 7—10 oylik Echkilar esa 12 kg goʻsht va 1,5 kg yogʻ beradi. Echki oʻlat, chechak va sil kasalliklarini yuqtirmasligi, oqsil va yengil oʻzlashtiriluvchi yogʻlarga boy sut berishi bilan eʼtiborli.
Echki sutida mis, rux, marganets, yod, kumush va boshqalar shu kabi mikroelementlardan tashqari kamqonlikning oldini olishda muhym ahamiyatga ega boʻlgan kobalt moddasi nisbatan koʻp uchraydi. Oʻzbekistonda jaydari (qora junli) echkilardan tashqari angor echkisi, zaane echki zoti, orenburg echki zoti va boshqalar boqiladi. Oʻrta Osiyoda 20-asrning 30—60-yillarida mahalliy dagʻal junli echkilarni angor zoti takalari bilan chatishtirib serjun echki zoti chiqarilgan.
Echkichilik —chorvachilikning echkilarni boqish va koʻpaytirish bilan shugʻullanuvchi tarmogʻi. Jahon boʻyicha 709,9 mln. bosh echki boqiladi. Uning asosiy qismi Osiyo (443,7 mln. bosh), Afrika (205,6 mln. bosh), Janubiy Amerika (25,9 mln. bosh) mamlakatlariga toʻgʻri keladi.
Echkichilik xoʻjaliklari togʻ, baland togʻ oʻtloqlari, choʻl yaylovlari va dashtlarda joylashgan. Iqlim sharoitiga moslashgan serjun echki zoti Oʻzbekistonning jan. mintaqalarida, angor echkisi Turkiya, AQSH, Janubiy Afrika Respublikasi, Avstriya va qisman Madagaskar o.ida, kashmir echkisi Tibetda, orenburg, oltoy echkilari Rossiya da yetishtiriladi va ulardan foydalaniladi.
Echkichilikning sut, jun, tivit yoʻnalishlari mavjud. Sut echkichiligi Yevropa mamlakatlari (Angliyada 1984-yilda Britaniya echkichilik assotsiatsiyasi tashkil etildi, 150—200 ona echkidan iborat sutchilik fermalari yuzaga keldi), Rossiyaning markaziy hududlari, Shimoliy Kavkaz, Qrim, Zakavkazye, Oʻrta Osiyoda, jun echkichiligi Turkiya, AQSH, Afrika, Avstraliya, Oʻrta Osiyo, Qozogʻistonda; tivit echkichiligi Tibet, Rossiyada keng rivojlangan.


Download 158,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish