Yer osti suvlarining geologik ishi.
Yer yuzasidan pastda tog’ jinslarining bo'shliq va darzlarida uchraydigan suvlar yer osti suvlaridir. Bunday suvlar yer qatlamlari orasida ko'p tarqalgan va xalq xo'jaligini rivojlantirishda, aholini, shahar hamda qishloqlarni suv bilan ta’minlashda, gidrotexnika va sanoat inshootlari qurilishlarida, sug’orish ishlarida, kurort va sanatoriylar va boshqa sohalarda muhim rol' o'ynaydi.
Yer osti suvlarining geologik ishi g’oyat xilma-xil, ular yer qatlamlari orasidagi minerallarni va karbonatli tog’ jinslarini eritadi, qumoq jinslarni yuvadi va g’orlar hosil qiladi.Yer osti suvlarining paydo bo'lishi, tarqalishi, harakati, miqdori, sifati va o'zgarishi bilan - gidrogeologiya fani shug’ullanadi. Bu mavzuda yer osti suvlari yemiruvchi va rel'yef paydo etuvchi omil sifatida qarab chiqiladi.
Ilmiy tadqiqot ishlari natijasida quruqlikka yog’adigan atmosfera yog’inlarining 70 foizi dengizga quyilishi, 25 foizga yaqini bug’lanib, 5 foizdan ortig’i yer ostiga singib ketishi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |