Chirchiq davlat pedagogika instituti


Doimiy oqar suvlarning geologik ishi



Download 29,42 Mb.
bet62/138
Sana30.12.2021
Hajmi29,42 Mb.
#94235
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   138
Bog'liq
geologiya-maruza-matni

Doimiy oqar suvlarning geologik ishi

O'zanlar bo'ylab yil bo'yi uzluksiz oqadigan suvlar - daryolar – doimiy oqar suvlar deb ataladi. Oqar suvlarning harakat tezligi rel'yef qiyaligi va suv massasiga bog’liq. Daryo o'zanida harakatda bo'lgan suvlar to’g’ri parallel oqmaydi, aksincha doimo aylanma (turbulent), ya’ni suv yuzasidan pastga, o'rtadan chekkaga yo'nalgan bo'lib, katta kuchga ega bo'ladi va o'zan osti hamda qirg’oq yonini yemiradi. Oqar suvning bunday ishiga eroziya deyiladi.

Quruqlikdagi hamma oqar suvlarning yemirish va yuvish ishiga denudatsiya deyiladi. Daryolar ikkita turga bo'linadi:

  1. Tog ‘ daryolari

  2. Tekislik daryolari.

Tog' daryolari suvi kam bo'lishiga qaramasdan nihoyatda katta geologik ish bajaradi. Ularda chuqurlama eroziyasi, suv baland joylardan o'rta va quyi oqimi tomon katta tezlik bilan harakat qilganda o'zan tagini o'yib lotincha V harfiga o'xshash chuqur daralarni hosil qiladi. Bunday daralar Norin, Chirchiq, Ohangaron yuqori oqimida ko'p uchraydi. Bahor va kuz fasllarida chuqurlatish eroziyasi yana ham kuchayadi.

Daryolarning yirik ishlaridan yana biri yonlama eroziya uning o'rta oqimida ro'y beradi. Bunda daryolar tagini o'ymay, balki ikki sohil yonini yemiradi va U harfiga o'xshash shaklni vujudga keltiradi. Bunday daryolar tekislikda buralib-buralib oqib meandralarni hosil qiladi. Ba’zi meandralar keyinchalik qoldiq holda staritsa deb ataladigan qoldiq ko'llarni, to'qayzorlarni vujudga keltirishi mumkin.



Daryolar dengizlarga quyilish joyida grekcha del'ta harfiga o'xshash shaklni vujudga keltiradi. Shuning uchun ham daryoning bu quyi oqimi – del'tasi daryo keltirgan cho'kindilar hisobiga dengiz maydonining anchagina qismini egallaydi. Masalan: Volga daryosining del'tasi 19000 km2, Lena daryosiniki 29500 km2, Amudaryoniki 9000 km2. Daryoning kelib quyiladigan joyi eroziyabazisi deb ataladi. Eroziya bazisidan daryo oqimiga qarshi tomon yerning yemirilishiga regressiv (chekinish) eroziyasi deyiladi. Eroziya bazisi quruqlikda har xil ko'rinishda uchraydi. Orol dengizi Sirdaryo uchun, Chirchiq daryosi Ugom, Piskom, Oqsoqota daryosi uchun eroziya bazisi rolini o'taydi.

Agar eroziya bazisi ko'tarilsa eroziya ishi sustlashadi va cho'kindilar bazisda ko'plab to'plana boshlaydi. Daryolarning eroziya ishida cho'kindi tog’ jinslarining differensiatsiyasi juda katta ahamiyatga ega. Daryolarning yuqori qismida, man’balarida yirik bo'laklik yumaloqlanmagan tog’ jinslari joylashsa, o'rta qismlarida maydaroq, ancha yumaloqlangan, quyi qismlarida esa, juda yaxshi yumaloqlangan va mayda tog’ jinsi bo'laklari yotadi. Bundan tashqari differensiatsiya tog’ jinsi bo'laklarining solishtirma og’irligiga qarab ham saralanishi mumkin. Yuqori qismda solishtirma og’irligi katta bo'lgan minerallar va quyi qismlarida solishtirma og’irligi kichikroq bo'lgan minerallar va tog’ jinslari joylashadi Tog’ daryolari o'zining ikki qirg’og'ida terrasalar vujudga keltiradi. Terrasalarning vujudga kelishiga asosiy sabab tog’ hosil qiluvchi tektonik harakatlardir.

Tog’ ko'tarilgan sari daryo o'z o'zanini chuqurlashtira boradi va ilgarigi oqqan maydonidan pastda oqa boshlaydi. Eroziya turiga qarab, terrasalar uch xil bo'ladi: akkumulyatsion – tog’ jinslarining to'planishi natijasida vujudga kelgan terrasalar; erosion - tog’ jinslarining yemirilish natijasida hosil bo'lgan supachalar va erozion - akkumulyativ terrasalar eroziya yo'li bilan hosil bo'lgan supachalarga daryo yotqiziqlarining to'planishidan vujudga keladi.
Daryo yotqiziqlarini hammasi allyuvial yotqiziqlar deb ataladi. Ular yirik bo'lakli tog’ jinslaridan to mayda bo'lakli qumlar va gillargacha bo'ladi. Daryo yotqiziqlarida juda ko'p har xil sochma holdagi qazilma boyliklar hosil bo'ladi. Daryo o'z faoliyati natijasida ko'pgina ona jinsdagi foydali qazilmalarni yuvib, ochib, o'z o'zanida, qayirlarida , sochma holda to'playdi. Daryo vodiylarining tuzilishi tog’ jinslarining qattiq yoki yumshoqligiga bog’liq bo'ladi. Qattiq tog’ jinslaridan tashkil topgan maydonlardan oqadigan daryolar tik yonbag’irli vodiylar hosil qilsa, yumshoq, bo’shoq tog’ jinslaridan tashkil topgan maydonlarda daryo vodiylari keng va yassi yonbag’irli o'simliklar ko'p taraqqiy qilgan bo'ladi. Bunday vodiylar Farg’ona, Hisor tog’larining janubiy qismlarida keng tarqalgan.

Daryoning vaqt-vaqti bilan suv bosadigan qirg’oqlarini qayirlar deb ataladi. Ulardagi tog’ jinslarining tuzilishi o'zanning jinslaridan anchagina maydaligi bilan farq qiladi va o'ziga xos tekstura va strukturaga ega bo'ladi.

  1. Daryolarda eroziyaning qaysi turlari bo'ladi?

  2. Daryo terrasalari va ularning tuzilishi?


Download 29,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish