Chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 29,42 Mb.
bet59/138
Sana30.12.2021
Hajmi29,42 Mb.
#94235
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   138
Bog'liq
geologiya-maruza-matni

Tayanch iboralar: daryolar, akkumulyatsiya, eroziya bazisi, abraziya, chuqurlatish eroziyasi, regressiv eroziya, prolyuviy yotqizig’lar, sellar
Daryolarning geologik faoliyati |

Kompleks ekzogen jarayonlar qatog‘ida materiklar yuzasi-ning relefini o‘zgartirishda asosan daryolar katta rol o‘ynay-di. Yer yuzidagi daryolar ham yemiruvchi, buzuvchi, ham yaratuvchilik faoliyatlari bilan ekzogen jarayonlari ichida alohida o‘rinni egallaydi. Daryolarning geologik faoliyati uch xil yo‘l bilan amalga oshadi: 1-tog‘ jinslarini yemirish -- eroziya, 2-suv yorda-mida yemirilgan jins mahsulotlarini bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish —surish, oqizish, eltish va 3-ularni joy-joyiga to‘plab yotqizish — akkumulyatsiya. Lekin daryolarning geologik faoliyati jadalligi, vaqt jihatidan ma’lum joylarda namoyon bo‘lishi daryolarning tarixiy rivojlanish jarayoni bilan belgilanadi. Daryolar bajarayotgan geologik ishining natijasi ulariing kuchi va qudratiga bog‘liq. Daryo suvining kuchi suvning massasiga va uning oqish tezligiga to‘g‘ri proporsionaldir va u quyidagi formula bilan ifodalanadi.

42-Rasm. Daryo oqimimg tezligi.

K. — daryo suvining kuchi; t sarf bo‘layotgan suv yoki suvning massasi; v* — suvning o‘rtacha oqish tezligi; bu formulaning asl ma’nosi quyidagicha: daryodagi suvning miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, uning oqish tezligi shuncha kuchli, demak daryolar baja-rayotgan geologik ishlarining natijalari ham shu darajada katta bo‘lishi kerak.

Eroeiya deb daryolarning yemirish, qo‘porish ishlari tushuni-dadi; Eroziya tog‘ jinslarini, tekislik yotqiziqlarini buzadi, yemiradi, qulatadi, parchalangan mahsulotlarni esa boshqa yerlarga oqizib ketadi; daryo o‘zanini chuqurlaydi, qirg‘oqlarni ken-gaytiradi, o‘zanida bo‘lgan mavjud tosh va qumlarni yuvib keta-di; oqizib keltirgan jins mahsulotlarini yotqizib qoldiradi; daryo o‘z oqish yo‘lini o‘zgartirsa yuqoridagi jarayonlar yana bosh-qatdan qaytariladi.

Daryolar suvi atmosfera yog‘ingarchiliklaridan (jumladan, muzliklar ham) va yerosti suvlarining hisobidan paydo bo‘ladi, suvning ko‘p-ozligi esa shu manbalarga bog‘liq. Daryo guruhlari-ning vujudga kelishi—daryo manbalariga va jo‘rrofik muhitlyar-ga bog‘liq. Daryolarning geologik faoliyatlarini quyidagi aniq misollarda ko‘rishimiz mumkin.

O‘rta Osiyo daryolari bir yilda 1 km2 maydondan 5 tonnadan tog‘tib 3000 tonnagacha bo‘lgan maydalangan jinslarni va zarra-chalarni yuvib oqizib ketadi. Kavkaz daryolari esa 75—2248 tonnagacha jinslarni yuvib olib kelar ekan. Bulardan tashqari bir yilda erozion maydonlarni hisobga olmaganimizda Don va Reyn daryolari 4 mln. tonna mahsulotlarini oqizib kelar ekan. Ana shu tariqa Terek — 28 mln. tonna, Volga — 43 mln tonna, Du-nay — 82 mln. tonna, Hind — 226 mln. tonna, Amudaryo — 570 mln. tonna jins oqiziqlarini tashib keladi. Mana shular hiso-bidan tog‘ jinslarining, tekisliklarning balandligi kamayib boradi, botqoqliklaya hosil bo‘ladi va cho‘kindi jinslar qatlam-lari yuzaga keladi./

Daryolar va irmoqlarining geologik faoliyatlari natijasida O‘rta Osiyo tog‘larining yuzasi har yili — 0,26 mm, Kavkazdagi tog‘lar 0,45 mm, Sh. Alp tog‘larining yuzasi esa 0,57 mm ga ka-mayib bormoqda. Bu, esa daryolarning erozion (emirish) va denu-datsion (emirilgan) mahsulotlarning surilishi (ko‘chishi) geolo-gik faoliyatlaridir. Xullas har yili Dunyo bahriga daryolar bi-lan oqizilib kelayotgan jins mahsulotlarining yig‘indisi taxminan 18 mlrd. tonnaga borib yetadi.

Eroziya mahsulotlarining bir qismi daryo suvlari ostida dumalatilib, surilib oqizilsa, ikkinchi qismi suv ichida muallaq holida, uchinchi qismi esa eritma (erigan tuzlar va h. k.) tariqasida suv bilan olib ketiladi (21-rasm). Erozion mahsu-lotlarning 30% i daryo suvlarining tarkibida eritma holida keltirilishi aniq hisoblangan.

N. M. Straxovning aniqlashicha suvda tez eruvchi - - N301, KS1, M^ZO^, SaZO^ tuzlar, ishqoriy karbonatlar '— SaSO^, M§SOz, ^a2SO3 va R, G‘e, Mp, Si, 0 birikmalari ion-dispers va kolloid eritmalar holida daryo suvlari orqali keltiriladi.

Eroziya bazisi. Daryolarning dengiz yuzasiga quyiladigan qis-mi hududini eroziya bazisi deb ataladi. Eroziya bazisi daryo suv-larining geologik ta’sir kuchini yo‘qotib, yemirish, o‘yish kabi harakatlar to‘xtatgan yuzasidir. Dengiz va ko‘l suvlarining sath-lari -- delta qismlari daryolarning eroziya bazisi hisoblana-di. Eroziya bazisi tezda o‘zgarib turadi. Agar ma’lum sabablar-ga ko‘ra suv o‘zapi qiyaligi o‘zgarsa — oqayotgan suvning bosh ta-rafidagi joy ko‘tarilsa yoki dengiz suvining orqaga qaytishi sababli uning sathi pasaysa, u vaqtda eroziya bazisi ham pasayadi va suvning oqish kuchi (tezligi) ortadi — daryoning geologik fao-liyati kuchayadi. Aksincha, qiyalik tekms holatga yaqinlashgan sari, oqayotgan suvning kuchi kamayadi va shunga muvofiq yuvish-yemirilish harakati ham sekinlashib oxiri to‘xtaydi.

Eroziya xillari. Oqar suvlar yonbag‘irni pastdan yuqoriga tomon, yonbag‘ir etagidagi eroziya bazisi deb ataluvchi ma’lum nuqtadan boshlab yemiradi. Jar go‘yo orqaga chekinayotganga o‘x-shaydi, buni regressiv eroziya deb ataladi. Daryo yoki boshqa oqin suvlar to‘lib-toshib oqayotganda qirg‘oqlarini buzib kengaytira-di, bunga yon eroziya deyiladi. Chuqurlatish eroziyasi esa daryo sharsharalari ostida, o‘zanining yemirilishi tufayli yuzaga kela-di. Daryo bu qismida ko‘pinchalik kuturib oqadi.11



43-Rasm. Daryo o’zani




Download 29,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish