Chirchiq davlat pedagogika instituti


-mavzu.Ekzоgеn geologik (nurаsh) jаrаyonlar



Download 29,42 Mb.
bet48/138
Sana30.12.2021
Hajmi29,42 Mb.
#94235
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   138
Bog'liq
geologiya-maruza-matni

9-mavzu.Ekzоgеn geologik (nurаsh) jаrаyonlar

Reja:


  1. Ekzogen (nurash) jarayoni

  2. Tog‘ jinslar tasnifi.

  3. Foydali qazilma boyliklari tasnifi.



Tayanch iboralar: Nurash, denudatsion jarayonlar, gidratatsiya, abraziya, ekzoratsiya, korroziya, etaversa, eroziya, oksidlanish
NURASH JARAYONLARI

Nurash jarayonlari deb bizga ma’lum bo‘lgan barcha genetik tasniflarga kiruvchi (magmatik, metamorfik, cho‘kindi) tub tog‘ jinslarining ia mineral xom ashyolarning quyosh energiyasi, suv, shamol, muz, o‘simlik va hayvonot dunyosining kimyoviy va mexa-nik ta’sir, kuchi ostida yemirilib parchalanishiga aytiladi. Yemirilish va parchalanish jarayonlari vaqtida tog‘ jinsi bo‘lak-larining diametri 1 metrdan to 0,001 mm gacha (tuproq zarracha-lari qiyofasida), hatto bundan ham mayda bo‘lgan holatigacha yetib boradi.8

Yer po‘sti ustida sodir bo‘lgan yemirilish va yuvilish jarayon-lariga ta’sir etayotgan barcha ekzogen kuchlarning yig‘indisiga va shu kuchlar ta’siri ostida yer yuzi shaklining o‘zgarishiga denuda-sion jarayonlari deb ataladi. Denudatsion jarayonlar qatog‘iga quyidagi nurash xillari kiradi: 1. Mexaniq, kimyoviy va organiq nurash; 2. Eroziya -- katta va kichik oqim suvlar yordamida jins-larning yuvilishi, ularning suv oqimi bo‘ylab olib ketilishi; 3. Abraziya — dengiz va ko‘l suvlarining jinslarni yuvish fao-liyati; 4. Ekzoratsiya — muzliklar eroziyasi; 5. Korroziya—shamol ta’sirida qattiq qum donachalarining tog‘ jinslarini tirnab, o‘yib yemirishi; 6. Deflyatsiya — shamollarning beto‘xtov esishi tu-fayli yer po‘stlori ustki qatlamini yalab — yemirib, bo‘shoq jinslarni olislarga uchirishi.



Nurash jarayonida suv oqimi katta ahamiyatga ega.Suv tabiyatda suv aylanishi oqibatida tog’ jinslarini emiradi. Okaenlardan suv shamollar yordamida quruqlikka o’tadi. Keyinchalik suv okeanga qaytadi.Okeanlardan tashqari suvlarning 80% muzliklarda, 20% suv yer osti suvlarida, 0.7% ko’llarda to’plangan.Nurashda suv asosan to’ jinslarini eritib eroziyaga uchratadi.9

Denudatsiya jarayonlari bo‘lib o‘tgan joylarda balandliklar, tog‘lar pasayadi, oxirida bu-tunlay pasayib —yuvilib ketishi ham mumkin. Ba’zan tog‘ o‘rni-da yakka tepaliklar, har xil shakl ko‘rinishiga ega bo‘lgan qoya toshlar va ular atrofida tekisliklardan iborat manzaralar paydo bo‘ladi. Denudatsiya jarayonlari uzluksiz shunday davom etaversa, o‘nqir-cho‘nqir joylar, qolgan qoyatoshlar ham butun-lay yo‘q bo‘ladi, hammayoq tep-tekislanib denudatsiya jarayoni peneplenizatsiya jarayoniga o‘tadi.

40-Rasm. Cho’kish jarayoni.



Denudatsiya jarayoni ta’sirida yer po‘stining hatto eng chuqur qismidagi tub — cho‘kindi, metamorfik va magmatik jinslar ochilib yer

yuzasida ko‘rinib qoladi. Bunday jarayonlar bo‘lib o‘tgan joylarda tekisliklar hosil bo‘lsa — denudatsiyalangan te-kisliklar deb ataladi.

Nurash jarayonlarining yemirish ta’siri yer po‘stlorining 0,5 km chuqurliklarigacha borib yetganligi ma’lum. Lekin nurash jarayonning ta’sir kuchi ko‘pinchalik jadal sur’atda yer po‘stlo-rining bir necha o‘n metrlar keladigan chuqurliklarigagina yetib boradi.

Nurash deb yer yuzasidagi va unga yaqin joy joylashgan tog’ jinslari va minerallarni quyosh radiatsiyasi, suvning, xavoning va tirik organizmlarning mexanik va ximik ta'siri natijasida buzulishi va o’zgarishiga aytiladi. Nurashni keltirib chiqaradigan faktorlarga qarab quydagicha bo’linadi:

1. fizik nurash, jinslarning tarkibi o’zgarmaydi faqat ularda maydalanish yuz beradi;


  1. kimyoviy nurash, yuza va gurunt suvlari shuningdek atmosfera ta'sirida jinslar tarkibini o’zgarishiga olib keladi;

  2. organik (biologik) nurash, organizmlar xayot faoliyatining ta'sirida sodir bo’ladi.

Nurashning barcha turkumlari bir-birini to’ldirib, doimo birga sodir bo’ladi, lekin ularning xarakteri va intensivligi o’rab turgan muxitga iqlim zonalariga uzviy bog’liq.

Fizik nurash

Fizik nurashning asosiy faktori, tog’ jinslari va ularni tashkil etuvchi minerallar xajmini keskin o’zgarishiga sabab bo’luvchi temperatura hisoblanadi. Bu nomuvofiqlik jinslarning darz ketishi, yoriq bo’laklarga ajralishi va keyinchalik ularni maydalanishiga olib keladi. Agar jins yoriqlariga suv kirib, bu yerda suv muzlab qolsa, u xolda fizik nurash yana xam tezlashadi. Suvning takror muzlab erib turishi bilan bog’liq bo’lgan fizik nurash sovuqdan nurash deb ataladi. Fizik nurash natijasida qattiq jinslar mayda-mayda bo’lib ketadi, xatto zarrachalar 0,01mm gacha yetadi. Nurash xodissasi jinslarning kristalli va qatlamlarning darzli bo’lishiga xam bog’liq. Tog’ jinsida darz qancha ko’p bo’lsa, u shuncha tez yemiriladi. Mexanik nurash asosan tashqi sabablar yordamida yuz beradi. Yer yoriqlariga, mineral va tog’ jinslari orasiga kirib qolgan suvning xarorati pasayib, bu yerda suv muzlaydi, suv muzlashi bilan muz kengayib, jinslarni yorib yuboradi.

Bundan tashqari, yer yuzasi qanday shakl bo’lishidan qat'iy nazar, o’simlik bilan qoplangan. O’simliklarning ildizlari tog’ jinslari orasiga yorib kirib, ularni bo’laklarga ajratadi, darzlarni kengaytiradi. Chirigan ildizlardan o’tgan suv yer ostida muzlab, darzlarni kengaytiradi. Yer ichki qismida yashovchi qurt va chuvalchanglar gil xamda loyssimon jinslar orasida juda ko’p miqdorda g’ovaklar hosil qiladi, ularning fizik va ximik xususiyatlarining o’zgarishiga olib keladi.




Download 29,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish