81
Agar tuproq haritasi bo„lmasa, u holda 2-3
chuqur kavlanib, genetik
qatlamlar bo„yicha morfologik tavsiflanishi zarur. Shu bilan bir vaqtda azot, fosfor,
kaliy va gumusning yalpi miqdori tuproq haydov qatlamidan 100-150 sm.
chuqurlikkacha kamida 5 takrorlanishda tahlil qilinishi zarur.
Tuproqdagi namlik zahiralarini 1-3 metrgacha yoki zahob sathigacha (ular
yuza joylashganda), hajm og„irligi va namligini bahorda (ekishgacha), shuningdek,
kuzgi sho„r yuvish va zahira suvidan keyin aniqlash kerak. Bular umumiy fon
bo„yicha aniqlanadi. Bundan tashqari amal davri ohirida barcha variantlarda
namlik va uning zahirasi yuqorida qayd etilgan chuqurliklarda aniqlanadi. Bu,
tuproq nam zahirasi sarfini hisoblash va turli sug„orish
tartiblari uchun namlik
muvozanatini belgilash imkonini beradi.
Sug„orish uchun eng qulay qiyalik 0,003 dan 0,008 gacha. Ammo tajriba
maqsadiga qarab, shu hududga hos boshqa nishabliklar ham olinishi mumkin.
Ekishgacha erlar juda yahshilab tekislanishi, zarur bo„lsa, tepalikchalar va
botiqliklar qo„lda tekislanishi talab etiladi.
Variantlar o‘lchami.
Zahob chuqur joylashgan erlarda ko„pchilik tajribalar
uchun variant kengligi traktorning ikki o„tishiga, ya‟ni to„rt
qatorli mashinalar
tizimida 8 qatorga va 6 qatorlida 12 egatga teng bo„lishi kerak.
Kuzatishlardan ma‟lumki, sug„orish tartibi turlicha ikki variantning bir-
biriga o„zaro ta‟siri bir variantda 4 himoya egati (bir tomondan ikkita, ikkinchi
tomondan ikkita) qoldirilgan bo„lmaydi. Bu holda hosil 4 qatordan 4 qatorli
mashinalar tizimida va 8 qatordan 6 qatorli tizimda terib olinadi. Agar sug„orish
tartibi bilan birga boshqa omillar (tup
qalinligi, o„g„itlar, istiqbolli yangi navlar)
ham o„rganilayotgan bo„lsa, u holda sug„orish tartibi bir hil variantlar birlashtirilsa,
sug„orish va ishlov berishda qulay bo„ladi, chunki sug„orishlar variantlar hajmi
ortib ketadi (16.1-chizma). Huddi shu kabi qatorlar soni sho„rlangan zahob 1,5-2,0
m va chuqurroq bo„lgan erlarda ham bo„lishi kerak.
Variantlar kattaligini bundan oshirganda erlarning unumdorligi va meliorativ
holati bo„yicha noteksligi ortadi. Tajribalar natijasiga ko„ra, faqat zahob
chegarasigacha tuproqni namlovchi oz me‟yori sug„orishlardagina zahob sathi
ko„tarilishi sezilarli bo„lmaydi.
Zahob sathi 1,0-1,5 m va undan ham yuza joylashganda sug„orish
nafaqat
suv berilgan variantda, balki qo„shni variantlarda ham zahob sathini sezilarli
ko„taradi. Ammo bu ko„tarilish bevosita sug„orishdagina emas, balki ariqlardan
filtratsiya bo„lgan suv hisobiga yuz beradi. Buning oldini olish uchun tajriba
dalalarini sug„orish uchun suvlar lotoklar yoki
asbotsement quvurlar orqali
keltirilishi yoki sug„oriladigan variantlarga suv eliluvchan quvurlar orqali berilishi
yahshi natija beradi. Shu bilan birga zahob 1,0-1,5 m va undan ham yuza
joylashganda variantlar kengligi ikki marta oshirilsa, sug„orish paytida qo„shni
qatorlarda zahob sathi qo„tarilishi kamaytiriladi.
Ishlab chiqarish tajribalarida va shuningdek, yomg„irlatib sug„orishda
variantlar maydoni 0,25-1,0 gektargacha oshirilishi mumkin. Ushbu holda ham
sug„oriladigan variantlar kengligi seyalkalarning juft sonli o„tishiga teng bo„lgani
maqul. Bu sug„orish bilan qator oralariga ishlov berish
birga olib borilishini va
variantni sug„orish uchun bir suvchi band bo„lishini ta‟minlaydi. Yer nishabligi va
82
tuproq suv o„tkazuvchanligiga qarab, egat uzunligi 120 metrdan oshirilmaydi. Eng
qisqa egat uzunligi kuchli suv o„tkazuvchan tuproqlarda, eng uzunlari kam suv
o„tkazuvchan tuproqlardan va keng qatorli egatlarda 200 m gacha bo„lishi kerak.
Ushbu
o„lchamli
variantlarda
g„o„za
etishtirishni
majmuiy
mehanizatsiyalashtirish, shu jumladan, pahtani mashinada terish imkoni yaratiladi.
Variantlar o„lchami bu ko„rsatkichlardan oshirilmagani durust, aks holda,
tuproq
unumdorligi hima-hilligi hisobiga tajriba natijalari ishonchligi kamayib ketadi.
Undan tashqari variantlar kattalashtirilgan ekinlarga ishlov berish, hususan,
egatlarni tayyorlash, suv qo„yish vaqti cho„ziladi, natijada variantlar bir tekisda
namlanishiga erishib bo„lmaydi. Ilmiy-tadqiqot ishlarining ko„p yillik amaliyoti
ko„rsatishicha, sug„orish bo„yicha tajriba paykalning maqbul kattaligi 2,0-3,0 ga
dan oshmagani ma‟qul.
Ishlab chiqarish tajribasi maydoni barcha variant takrorlanishlari bilan 5-6
ga dan oshmasligi kerak. Ishlab chiqarish sharoitida tajriba o„tkazganda suv
ta‟minoti yahshi bo„lishiga alohida ahamiyat berish zarur.
65-65-
60%
70-70-
65%
75-75-
60%
65-65-
60%
70-70-
65%
75-75-
60%
65-65-
60%
70-70-
65%
75-75-
60%
65-65-
60%
70-70-
65%
75-75-
60%
0
N
1
5
0
N
2
5
0
0
N
1
5
0
N
2
5
0
0
N
1
5
0
N
2
5
0
0
N
1
5
0
N
2
5
0
0
N
1
5
0
N
2
5
0
0
N
1
5
0
N
2
5
0
0
N
1
5
0
N
2
5
0
0
N
1
5
0
N
2
5
0
0
N
1
5
0
N
2
5
0
0
N
1
5
0
N
2
5
0
0
N
1
5
0
N
2
5
0
0
N
1
5
0
N
2
5
0
I-Takrorlanish
II-Takrorlanish
III-Takrorlanish
IV-Takrorlanish
Do'stlaringiz bilan baham: