79
uchun tuproq kam unumli erlardan olinishi kerak. Tuproq keltirilgach, elanadi.
Idishlar
yahshilab yuvilgach, quritilib, qora lak bilan qoplanadi. Vegner idishi
ichiga 2,0-2,5 sm. diametrli metall yoki shisha quvur (trubka) o„rnatiladi va
sug„orishda foydalaniladi. Idishning yana bir tarkibiy qismi –bu taroq
(grsbыщyok)dir. Idishlar tubiga, taroqning ikki yog„iga yahshilab yuvilgan 3-4 kg
mayda (yong„oqdek)
toshchalar solinib, barchasining og„irligi bir me‟yorga
keltiriladi.
Sug„orish trubkasi idish tubiga taqalib qolmasligi uchun pastki qismi
«Delta» shaklida bukib qo„yiladi. Toshchalari va tuproqni ajratib turish uchun ikki
qavat doka yoki qog„ozdan foydalaniladi. Idishlarga bir hil og„irlikdagi tuproq
solinib, pastki 4-5 sm. qismi qo„lda yoki tayoqcha yordamida bosiladi. Tuproq
zichligi pastdan yuqoriga kamayib borishi kerak. Idishning yuqori qismi 2-3 sm.
qoldiriladi. Odatda, Vagner idishlariga o„rtacha namlikdagi 25-26
kg tuproqdan
solinadi va ulardan har birining umumiy og„irligi bir hil bo„lishiga ahamiyat
beriladi.
Idishlarga solingan tuproqning dastlabki agrokimyoviy hususiyatlarini
aniqlash uchun namunalar olinadi. Tajribalarda qo„llanilayotgan o„g„itlarning
maqbul me‟yorlari N-7, R
2
O
5
-5, K
2
O-3,5g. ga tengdir. Azotli o„g„itlar ekishda
quruq holatda (1g), o„simlik bilan 2-3 chinbargligida (2,0g), shonalashda (2,0g), va
gullashda (2,0g) suvda erigan holatda qo„llaniladi. Fosfor va kaliyli o„g„itlarning
yillik me‟yorlari idishlarga ular to„ldiralayotgan tuproq bilan yahshilab aralashtirib
solinadi. Ta‟kidlash kerakki, vegetatsion tajribalarda asosan o„g„it me‟yorlari va
turlarining samaradorligi o„rganiladi. Bunda ularning qo„llash
muddatlari va
usullarini o„rganish maqsadga muvofiq emas.
O„simliklarni sug„orish ishlari qo„lda bajariladi. Tuproqning namligi
kapillyar nam sig„imiga bog„liq holda hisoblanib, torozida tortib, suv quyiladi.
Tuproq namunalari mahsus bur yordamida o„simlikning rivojlanish davrlariga mos
holda olinadi. O„simlik namunalarini olish uchun har bir idishda yaganadan so„ng
8 tadan o„simlik qoldiriladi. Bunda 2-3 chinbargligida 4 tadan (4 qaytariqdan 16
ta), shonalashda 2 tadan va gullashda 1 tadan o„simlik olinadi,
ohirida hosilni
hisoblash uchun 1 tadan o„simlk qoldiriladi.
Boshoqli don (bug„doy, arpa) va ildizmevali (qand lavlagi) o„simliklarni
o„g„itlash tajribalarini vegetatsio usulda o„tkazish maqsadga muvofiq emas.
Lizimetrlar sharoitida
o„simliklarni o„g„itlash bo„yicha o„tkaziladigan
tajribalar maqsad va vazifalariga qarab olib boriladi. Lizimetrlar betondan yasalib,
to„rt burchak (1h1, 2h1m, 2h2 yoki 0,5h0,5m) shaklda, chuqurligi 1,5-2,0 m
bo„ladi.
Shuningdek, lizimetr temirdan (qalinligi 1sm) yasaladi va truba shaklida
bo„lishi mumkin. Ularning chuqurligi maqsadga muvofiqdir: 1-2 m bo„ladi. 1 metr
qalinlikda tuproq va pastki 0,5 m da tosh-qumli filtri bo„ladi. Tuproq daladan
monolit shaklida olinadi yoki har bir (0-30, 30-50, 50-70, 70-100 sm)
qatlami
aolihida olib kelinib, hajm og„irligi hisobga olingan holda zochlab solinadi. Ozuqa
unsurlarining suv bilan yuvilishini o„rganish uchn mahsus trubkalar o„rnatilish
mumkin.
80
Lizimetrlar soni olib borilayotgan variantlarga bohliq bo„lib, tajriba 4
qaytariqda o„tkaziladi.
Lizimetrlarda o„stirilayotgan o„simlaklar soni ularning biologik
hususiyatlariga bog„liq. Masalan, 1 m
2
da g„o„za uchun 10 ta o„simlik (1 gektarda
100000), boshoqli don ekinlari ekilsa, 100 taga yaqin bo„ladi. Qo„llaniladigan
o„g„it me‟yorlari maydon hisobiga solinadi. Masalan, 1 ga erga 200 kg azot
qo„llanilsa, 1 m
2
da 20g fizik yoki tuka holatda 60 g azot solinadi.
Fosforli
o„g„itlardan ammofos qo„llanilsa:
1ga-75kg R
2
O
5
h=1*75/100=7,5gramm R
2
O
5
1m
2
=h
Aytish kerakki, 75 kg toza R
2
O
5
olish uchun: 150-46h=100*75/46=163kg
H-75
Tukma holatda ammofos qo„llaniladi.
Uning tarkibida 100-12 h=19,6 kg azot bor.
163-h
Lizimetrlar sharoitida sug„orish huddi dala tajribalaridek tuproq namligiga
qarab o„tkaziladi. Buning uchun Neytron o„lchagich «NIV-2» dan ham foydalanish
mumkin tuproq qatlamlarini hisobga olish 0-50, 0-100 va 0-70 sm qalinliklarda
bo„lib, g„o„zani rivojlanish davrlariga mosdir.
Lizimetrlar sharoitida vegetatsion tajribalardagidan farqliroq o„g„itlarni
qo„llash samaradorligi barcha omillarga (me‟yorlari, muddatlari usullari va
turlariga) bog„liq holda olib boriladi.
Begona o„tlar yulib tashlanmay, balki chopiq qilinib, tuproqqa aralashtirilib
yuboriladi. Tuproq va o„simlik namunalari huddi dala
tajribalardagidek tartibda
olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: