Chiqarish markazi


 MIKROO‘G‘ITLAR BILAN TAJRIBALAR QO‘YISH VA O‘TKAZISH



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/85
Sana08.06.2022
Hajmi5,37 Mb.
#642854
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   85
Bog'liq
dala tajribalarini olib borish

 
15. MIKROO‘G‘ITLAR BILAN TAJRIBALAR QO‘YISH VA O‘TKAZISH 
HUSUSIYATLARI 
Mikroo„g„itlar bilan o„tkaziladigan quyidagilarni bajarish shart: 
1)tuproqlarda mikroelementlarning o„zlashtiriladigan turi aniqlanishi; 2) faqat 
muayyan tuproq tipi uchungina mikroelementlar samaradorligini o„rganish; 3) 
mikroelementlarning o„zlashtiriluvchi turi va masaradorligi orasidagi korrelyativ 
bog„liqlikni belgilash. 
Mikroo„g„itlar bilan o„tkaziladigan tajribalarda dala tajribalariga 
qo„yiladigan barcha uslubiy talablarga amal qilish kerak.
Tarkibida mikroelementlar bo„lgan sanoat chiqindilari, helatlar va boshqa 
o„g„itlovchi moddalarni mikroo„g„itlar sifatida o„rganishda asosiy nazorat 
variantidan tashqari tehnik tuzlarga tegishli nazorat kiritish zarur. G„o„za va 
boshqa ziroatlarda mikroelementlar samaradorligini o„rganish natijalariga ko„ra, 
ular faqat ishlatilgan yildagina emas, balki 2-4 yil davomida so„nggi ta‟sirini 
namoyon qiladi. SHu sababli mikroo„g„itlar o„rganilayotgan tajribalar variantlariga 
ularning keyingi ta‟sirini o„rganish; mikroo„g„itlarni zahira uchun solish kabi 
variantlar qo„shishni ko„zda tutish kerak. 
Tajriba qo„yishdan avval paykalning haydov qatlamidan 20 nuqtadan aralash 
namunalar olinadi. Ularda azot, fosfor va kaliyning harakatchan birikmalaridan 
tashqari o„rganiladigan mikroelemenlarni o„zlashtiruvchi birikmalar tahlil qilinadi. 
Paykal tuproq unumdorligining bir hilligi aniqlanganidan so„ng, keskin farqlar 
yo„qligiga ishonch hosil qilingach, tajribani joylashtirish mumkin. 


77 
Mikroelementlarning maqbul me‟yorlari samaradorligi o„rganilganda 
variantlar 200-250 m
2
takrorlanish 4 karra bo„lishi kerak. Variantlar maydoni 100-
150 m
2
gacha qisqartirilganda takrorlanganligi 6-8 martagacha etkaziladi. Yangi 
mikroo„g„itlar turi, me‟yorlari o„rganilganda variantlar o„lchami 50-100 m
2
8 karra 
takrorlanishda bo„lgani ma‟qul. 
Shu bilan birga o„simliklarning o„sishi va rivojlanish sur‟ati, 
mikroelementlarning vaqt davomida va tuproq qatlamlari bo„yicha migrachiya 
o„rganilayotgan mahsus, ko„p marta tuproq va o„simlik namunalari olish zarur 
bo„lgan tajribalarda kichik variantli tajribalar qo„yish nojoizdir. 
Tajriba variantlari va takrorlanishlari bir yarusga joylatirilsa, dala ishlarini 
mehanizatsiyalashtirish va pahtani mashinada terish imkoni yaratiladi. Ishlab 
chiqarish tajribalarini bir yarusda joylashtirish shart. 
Mikroelementlar samaradorligi o„rganilishda ular chigitlarni ivitishda yoki 
ularning ustiga purkashda, tuproqqa solishda va g„o„zani ular eritmasi bilan 
purkashda ishlatilishi mumkin. Chigitlarni namlash (ivitish) va mikroelementlarni 
tuproqqa kuzgi shudgordan avval, ekish oldidan va amal davrida oziqlantirishda 
solish katta qiziqish uyg„otadi. 
Mikroelementlar kuzgi shudgordan avval solishda ularning me‟yorlari 
oshirilishi zarur, chunki qishki yog„ingarchilik bilan tuproqdan yuvilib va turoqqa 
birikib ketishi mumkin. Shu munosabat bilan va g„o„zaning biologik hususiyatlari 
hisobga olinib, mikroelementlar ekish oldidan va oziqlantirishlarda keng 
qo„llanilmoqda. 
Mikroelementlar samaradorligi, ularni solish me‟yori, muddati va sepish 
usullari o„rganilganda (chiqindilar, helatlar va b.qlar bilan mahsus tajribalardan 
tashqari) quyidagi tehnik tuzlar ishlatiladi: V-N
3
VO
3
; Zn-ZnSO
4
*7H
2
O; Cu-
CuSO
4
*5H
2
O; Mn-MnSO
4
*5H
2
O; Mo-(NH
4
)
2
MoO
4
; Co-CoSO
4
*7H
2
O. 
Mikroo„g„itlar me‟yori hisoblanganda tuzlar konsentratsiyasi emas, balki 
ta‟sir etuvchi mikroelement ko„rsatiladi. Tuzlar konsentratsiyasi esa chigit 
ivitilganda hisobga olinadi.
Tukli chigitlar ekishdan oldin quyidagi tuzlarning qayd etilgan foizidagi 
konsentratsiyasi bilan namlanadi: bo„r – 0,02-0,05 %; marganets – 0,05 %; ruh – 
0,03-0,04 %; mis – 0,02-0,03 %; molibde – 0,01-0,005 % va kobalt – 0,01-0,016 
%. Namlash davomiyligi 12 soat, chigit va eritma (suv) nisbati 2:1. 
G„o„zaga beriladigan mikroelementlar me‟yori sepish muddati, tuproq 
ularning o„zlashtiruvchi shakli bilan ta‟minlanganligiga bog„liq. Mikroelementlar 
me‟yorlarini o„rganish uchun ularning bir-biridan keskin farqlanuvchi 3-4 ta 
me‟yori olinishi zarur. Mikroelementlarning maqbul me‟yorlari turli tuproq-iqlim 
sharoitida o„rganilayotganda ekish oldidan va ozuqlantirishlarda gektariga: bo„r 
uchun 1,0-1,5 kg, ruh uchun 2-4 kg, mis uchun 1-3 kg, maganets uchun 4-10 kg, 
molibden uchun 0,5-1,0 kg va kobalt uchun 0,3-0,5 kg/ga.
Mikroo„g„itlar bilan o„tkaziladigan tajribalarning to„g„ri qo„yilish sharti – 
ularni aniq me‟yorlash va variant bo„yicha tekis taqsimlashdir. Mikroo„g„itlar 
asosiy o„g„itlar bilan birga traktorga o„rnatilgan kultivator-o„g„itlagich yordamida 
sepilishi kerak. Bunda o„g„itlagichni zarur me‟yorga sozlash uchun hisoblangan 
ma‟lumotlardan foydalanilishi zarur.


78 
Kichik maydonli tajribalarda mikroo„g„itlarni qo„lda sepish mumkin. Lekin 
bunda ularni aniq me‟yorlash va bir tekis taqsimlashga e‟tibor berish zarur. Bu 
turdagi tajribalarda mikroo„g„itlar tuproq bilan aralashtirilib sepiladi. 
Mikroelementlar ekishgacha berilganda ularni bir tekis taqsimlash maqsadida 
variant ayrim qismlarga bo„linib, aniq hisoblangan o„g„itlar sochiladi; amal davrida 
berilganda esa, variantga hisoblangan me‟yor qatorlar soniga taqsimlanib solinadi. 
Shu bois har bir variant uchun zarur modda tortilib, qopchalarga solinadi-da, ustiga 
mikroelement nomi, miqdori, variant tartib raqam yozib qo„yiladi va ular tajriba 
tizimi asosida qo„llaniladi.
Mikroo„g„itlar me‟yorini tajriba tizimiga binoan variant maydoniga 
hisoblashda gektarga mo„ljallangan miqdorga va tehnik tuzlardagi modda 
miqdoriga asoslanadi: bo„r kislotada (N
3
VO
3
)-17,5 % V; maganets sulfatida 
(MnSO
4
*5H
2
O)-22,8 % Mn; ammoniy molibdatda ((NH
4
)
2
MoO
4
)-49,0 % Mo; ruh 
sulfatida (ZnSO
4
*7H
2
O)-22,0 % Zn; mis sulfatida (CuSO
4
*5H
2
O)-25,5 % Cu; 
kobalt sulfatida (CoSO
4
*7H
2
O)-21,0 % So.
Misol:
1,0 kg bo„rni (hisob elementi bo„yicha yuritiladi, ya‟ni ta‟sir etuvchi 
modda). 1 gektarga sepish kerak. Agar bo„r kislotasida 17,5 % bo„r bor bo„lsa, 
undan 1 gektarga qancha sepish kerak? Hisob uchun ushbu proporsiya tuziladi: 
100-17,5 
h-100h1,0/17,5=5,7 kg gekrarga to„g„ri kelsa, maydoni 200 m
2
H-1,0 
bo„lgan variantga 
10000-5,7 
h=200h5,7/10000=0,114 kg zarur ekan.
200-h 
Mikroo„g„itlar bilan o„tkaziladigan tajribadarda g„o„zani parvarishlash, 
hisob-kitoblar va fenologik kuzatuvlar, tuproq va o„simliklardan namunalar olish 
dala tajribalari yuritishning O„zPITI da qabul qilingan uslubi asosida bajariladi. 
Asosan mikroelementlar tuproqdagi quyidagi miqdorlarida samara beradi: 
bo„r-1mg/ga dan kam (qaynatilgan suvli eritmada), marganets-100mg/ga, ruh-1,5-2 
mg/ga, mis-0,5mg/ga va kobalt 0,2 mg/ga dan kam bo„lganda (rN 3,5 bo„lganda 
natriy atsetat eritmasida), molibden 0,15 mg/kg dan kam bo„lganda (oksalatli 
eritma). Mikroo„g„itlar bilan tajriba o„tkazish uchun tanlangan paykallar bo„yicha 
asosiy agrokimyoviy tavsifnomadagidan tashqari ularning o„rganilayotgan 
mikroelementlar o„zlashtiriladigan turlari tahlil qilinadi. Mikroelementlar miqdori 
yuqorida qayd etilganlardan kamroq bo„lganda tajribani o„tkazish maqsadga 
muvofiqdir. 
O„simliklar (g„o„za)ni o„g„itlash bo„yicha o„tkaziladigan 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish