Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi


 Valli dekali dastgohlarda donning qobig’ini ajratish



Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,69 Mb.
#649022
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   107
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi b

5. Valli dekali dastgohlarda donning qobig’ini ajratish. 
Donning qobig’i gorizontal joylashgan aylanadigan val va harakatsiz 
o`rnatilgan egri deka yuzasi oralig’ida ajraladi. Val va deka hosil qilgan 
ishchi oraliqda don qisish va siljish natijasida plyonkalari yoriladi va mag’iz 
qobiqdan ozod bo`ladi. 
Valli dekali dastgohlarda grechixa va tariqning plyonkalari ajratiladi. 
Grechixa donining qobig’ini ajratishda val va deka tabiiy toshdan yoki abraziv 
materialdan tayyorlanadi. Grechixa donining qobig’ini ajratishda valning aylanish 
tezligi qayta ishlanadigan donning yirikligidan bog’liq holda 12... 15 m/s bo`ladi. 
Val va deka hosil qilgan ishchi oraliqning uzunligi 180...200 mm bo`ladi. 
Tariq donining qobig’ini ajratishda valli dekali dastgohning vali abraziv 
materialdan tayyorlangan bo`ladi. Dekaning yuzasi maxsus rezin matoli plastinka 
bilan qoplanadi



65 
Valli dekali dastgohning ishchi organlarini sxemasi 5-rasmda keltirilgan.
6. Rezin valli qobiq ajratgichda donning qobig’ini ajratish. 
Qobiq ajratgichning ishchi organlari ikkita rezin bilan qoplangan, bir-
biriga qarab har xil tezlikda aylanadigan vallardan iborat 9-rasm. 
Ishchi oraliqda don qisiladi va vallarni tezliklarini nisbati ta`sirida 
plyonkalar ikkiga ajraladi, mag’iz qobiqdan tozalanadi. 
Rezin valli qobiq ajratgichlarda donga eng qisqa vaqt davomida va 
yumshoq ta`sir qilinadi. Bunday qobiq ajratgichlarni mag’izlari mo`rt bo`lgan 
donlar uchun qo`llash maqsadga muvofiqdir.
5 – rasm 6 – rasm
5-rasm. Valli dekali dastgoxning ishchi organlarini sxemasi. 
6-rasm. Rezin valli qobiq ajratgichlarda donning qobig`ini ajratish sxemasi. 
7. Qobiq ajratish jarayonining texnologik samaradorligini baholash. 
Qobiq ajaratish jarayoni qobiq ajratish mashinasiga tushgan donning 
qobig’ini to`liq ajralishini ta`minlashi kerak. Ammo hozirgacha 
qo`llaniladigan birorta ham mashina donning qobig’ini to`liq ajratishni 
ta`minlay olmaydi. Bundan tashqari qobiq ajratish jarayonida mag’izni 
butunligicha ko`proq saqlash kerak. SHuning uchun donni qobig’ini ajratish 
samaradorligi ham miqdor, ham sifat ko`rsatkichlari bilan baholanadi. 
Qobiq ajratishning miqdoriy samaradorligi qobiq ajratish koeffitsienti 
bilan baholanadi. 
N
1
- N
2
Ea = -------- 100 , 
%. 
N
1
Bu erda: N
1
- mashinaga tushayotgan mahsulot tarkibidagi qobig’i 
ajratilmagan donning miqdori, %. 
N
2
- mashinadan chiqadigan mahsulot tarkibidagi qobig’i 
ajratilmagan donning miqdori, %. 


66 
Donning qobig’ini ajratganda qobiq ajratish koeffitsientini oshishi bilan 
maydalangan mag’izni miqdori ham ko`payadi. SHuning uchun qobiq 
ajratish jarayonini shunday olib borish kerakki, qobiq ajratish koeffitsienti 
yuqori bo`lsin va mag’izni maydalanishi ko`p bo`lmasin. 
Qobiq ajratishni sifat tavsifini mag’izni butunlik koeffitsienti baholaydi. 
K
2
- K
1

Emb = ---------------------------------------- = -------------- .
(K
2
- K
1
) + (d
2
-d
1
) + (m
2
- m
1
) K + d + m 
Bu erda: K
1
- mashinaga tushayotgan mahsulot tarkibidagi butun mag’iz 
miqdori; 
d
1
- mashinaga tushayotgan mahsulot tarkibidagi maydalangan 
mag’iz miqdori; 
m
1
- mashinaga tushayotgan mahsulot tarkibidagi unning 
miqdori; 
K
2
- mashinadan chiqadigan mahsulot tarkibidagi butun mag’iz 
miqdori; 
d
2
- mashinadan chiqadigan mahsulot tarkibidagi maydalangan 
mag’iz miqdori; 
m
2
- mashinadan chiqadigan mahsulot tarkibidagi unning 
miqdori. 
Qobiq ajratishning samaradorligini to`liq baholaydigan koeffitsient 
ajratish koeffitsientini mag’izni butunlik koeffitsientiga ko`paytmasi bilan 
ifodalanadi. E
s
= E
a
E
mb

Qobiq ajratishning samaradorligi donning turidan, sifatidan, donni 
tayyorlash usulidan, mashinaning ishchi organlarini holatidan va boshqa 
omillardan bog’liq bo`ladi. 

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish