31-mavzu. Oziq – ovqat sanoatida qo‗llash va ularning sanitar – kimyoviy
xossalarini yaxshilash yo‗llari.
Polimer materiallarining sanitar – gigienik xossalarini yaxshilash katta amaliy
ahamiyatga ega, chunki ularning ushbu xossalari talab darajasiga bo‗lmaganda, ular
kerakli ekspluatatsion xossalarga ega bo‗lishlari bilan, ulardan foydalanishga ijozat
berilmaydi.
Polimer materiallarining ushbu xossalarini yaxshilash uchun turli yo‗llar va
usullardan foydalaniladi.
1.
Polimerni sintez qilishning mos usulini tanlash yo‗li bilan uning sanitar –
gigienik xossalarini yaxshilash mumkin. Ushbu yo‗l bilan polimer tarkibiga
qoladigan monomer miqdorini kamaytirish mumkin.
2.
Fizik usullardan samarali foydalanish yo‗li bilan (masalan, haroratni oshirish,
UB – nurlar yoki
– nurlanishlardan foydalanib), polimer tarkibiga qoladigan
tashabbuskorlar (initsiatorlar) va katalizatorlar miqdorini kamaytirish mumkin.
328
3.
Polimer kompozitsiyalarini qayta ishlashga tayyorlash jarayonida zaharli
qo‗shimchalardan tozalangan ingredientlardan foydalanish yo‗li bilan plastmassa
buyumlarining sanitar – gigienik xossalarini yaxshilash mumkin.
4.
Kompozitsiyani qayta ishlashda yoki polimerlanish jarayonida zaharli
birikmalar bilan reaksiyaga kirishib, zaharsiz mahsulotlarni paydo bo‗lishiga xizmat
qiladigan moddalarni qo‗shish yo‗li bilan buyumning sanitar – gigienik xossalarini
yaxshilash mumkin.
5.
Tayyor buyumdan foydalanishdan oldin uni vakuumlash yoki inert gazlar
muhitida termik ishlov berish yo‗li bilan nafaqat uchuvchan moddalar miqdorini
kamaytirish, balki sanitar – gigienik xossalarni yaxshilash mumkin.
6.
Material yoki buyum sirtiga himoya qatlamini etkazish (masalan,
kremniyorganik qoplamani etkazish) yo‗li bilan uning sanitar – gigienik xossalarini
yaxshilash mumkin.
7.
Tayyor material yoki buyumdan foydalanishdan oldin, uni uzoq vaqtgacha
saqlab qolish siljib chiqadigan birikmalar miqdorini kamaytirish imkonini beradi.
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, plastmassa buyumlarining yog‗ yoki moylarda
oz bo‗lsa–da bo‗kishi, ulardan qadoqlash materiali sifatida ishlatish imkonini
berolmaydi. Bazi bir holatlarda polimer pardaning kislorod singdiruvchanligi katta
amaliy ahamiyatga ega bo‗lishi mumkin. Chunki parda yuqori darajada kislorod
singdiruvchan bo‗lsa, tarkibida moy saqlangan mahsulotning ta‘mi achchiq bo‗lib,
vitaminlarini yo‗qotishi mumkin.
Bundan tashqari, plastmassa tarkibidagi ingredientlar (plastifikatorlar,
barqarorlashtirgichlar, to‗ldirgichlar, bo‗yatgichlar) ta‘sirida moylarni eruvchanligiga
alohida e‘tibor berish kerak. Faqatgina yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan omillarning
inobatga olgan holda buyumga moy mahsulotlarini qadoqlash mumkinligi to‗g‗risida
amaliy tavsiyalar berish mumkin.
Kompozitsiya tarkibini o‗zgartirish yo‗li bilan o‗sha bir materialdan turli
sohalarda ishlatish imkoni tug‗ilishi mumkin. Masalan, sellofan pardasining
mo‗rtligi, gidrofilligi va issiqlik ta‘sirida payvandlanishining qiyinligi undan oziq –
ovqat sanoatida kengroq foydalanishni cheklab qo‗ygan edi. Ammo uning sirtiga lok
329
qatlamini etkazish yo‗li bilan gidrofilligi va gazlarni singdiruvchanligini
kamaytirishga, shuningdek, uni oson payvandlanishiga erishildi, ya‘ni kompozitsiya
tarkibini maqsadli o‗zgartirish yo‗li bilan ushbu xossalarni yaxshilashga erishildi.
Ammo lok tarkibidagi eritgich qoldiqlarini kompozitsiya tarkibidan chetlashtirish
muammosi kelib chiqdi. Qoplamani bevosita mahsulotga shakllantirishda, eritgich
nafaqat havoga, balki mahsulot tarkibiga ham diffuziyalanishi mumkin. Masalan,
pishloqqa lateks qoplamasini etkazishda eritgich va monomer qoldiqlarining miqdori
ham qoplamada va ham mahsulot tarkibida nazorat qilib boriladi.
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, nafaqat polimer kompozitsiyasi tarkibini, balki
buyum olish texnologik jarayonlarning alohida ko‗rsatgichlarini o‗zgartirish yo‗li
bilan uning sanitar – kimyoviy xossalarini yaxshilash va undan foydalanish sohalarini
kengaytirish mumkin. Ammo u yoki bu polimer materiali bitta mahsulotni qadoqlash
yoki o‗rashga mo‗ljallangan bo‗lishi mumkin, boshqa mahsulot uchun ishlatmasligi
mumkin. Bu nafaqat materialning o‗ziga, balki uning tarkibiga kiritilgan qo‗shimcha
moddalarning kimyoviy tabiati va fizik tizimiga bog‗liq. Masalan, oziq – ovqat
sanoatida keng tarqalgan PE dan tarkibida suv saqlanuvchi mahsulotlarni
qadoqlashda keng qo‗llaniladi, ammo moyli mahsulotlar uchun undan foydalanish
cheklangan. PA dan esa moyli mahsulotlarni qadoqlashda keng qo‗llaniladi, ammo
undan suvli muhitlarda foydalanib bo‗lmaydi, chunki u gidrofil (namlik va suvni
shimib oluvchi) materialdir.
Hozirgi paytda polimer materialining tizimi va xossalarini modifikatsiya qilish
usullari (masalan, suv va bug‗larga chidamli materiallar olish usullari, suvga
eruvchan materiallar olish usullari, yog‗ va moylarga chidamli materiallar olish
usullari, gazlarni singdirmaydigan materiallar olish usullari, kimyoviy tajovuzkor
muhitlarga chidamli materiallar olish usullari va h.) ishlab chiqilgan. Ba‘zi
mahsulotlar uchun, dastavval, ishlatishga yaroqsiz material modifikatsiya qilingandan
keyin, mahsulotni qadoqlashga yaroqli bo‗lishi mumkin. Masalan, poliolefinlarning
yuqori gomologlari (ZPPE, ZYUPE, PP va ularning asosida olingan
kompozitsiyalari) moyli muhitlarda chidamli materiallar hisoblanadilar. Sellofanga
etkazilgan lok uning suvga chidamliligini keskin oshirishga imkon berdi, alyuminiy
330
folgasi bilan birga dublirlangan PE pardasi gazlarni singdirmaydigan materialga
aylandi.
Shunday qilib, yangi polimer materiallarni yaratishda gigienik talablarni
inobatga olgan holda ularni hosil qilish texnologik jarayonlarini maqbullash
(optimallash) katta amaliy ahamiyatga ega. Bu esa polimer materiallaridan oziq–
ovqat mahsulotlarni qadoqlashga foydalanish xavfsizligini kafolatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |