Buxoro muhandislik-texnologiya instituti


PIVO ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/311
Sana21.01.2022
Hajmi7,33 Mb.
#395130
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   311
Bog'liq
fayl 1885 20210922

 
PIVO ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI 
Pivo –
  bu o‗ynoqi (igristoy) xmel o‗ziga hos xidli va yoqimli kuchsiz alkogol 
ichimligi bo‗lib don ekinlaridan (asosan arpa solodi) va «xmel» dan pivo achitqilari 
yordamida  bijg‗ish  orqali  tayyorlanadi.  Pivo  ishlab  chiqarish  uchun  donli  xom 
ashyolar  qatoriga  qisman  undirilmagan  donlar  aralashmasi  va  tarkibida  qand 
moddalari bor maxsulotlar hamda xom ashyolarni kiritish mumkin.  
Pivoni  qaysi  navini  tayyorlashga  qarab  arpa  va  yog‗sizlantirilgan 
makkajo‗xori,  guruch,  guruch  maydasi,  qand,  glyukoza,  va  boshqa  xom  ashyolar 
qo‗llaniladi.  Pivoni  turli  navlarga  ajratishda,  tashqi  tavsif  beruvchi  hususiyati  bu 
rangdir.  Pivo  bu  hususiyati  bo‗yicha  2  ta  asosiy  guruxlarga  bo‗linadi:  och  va  to‗q 
ranglar. Och rangli pivolarni rangi och sariq, to‗q rangli pivolarniki esa to‗q jigarrang 
qizg‗ish tusli bo‗ladi. Pivoni hamma navlari tarkibida alkogol bo‗ladi. 
Pivo ishlab chiqish texnologiyasi 5 bosqichdan iborat. 
1.
 
Arpa donidan solod ishlab chiqish
2.
 
Soloddan  pivo  suslosini  olish,  xmel  va  solod  qo‗shilmagan  materiallar 
olish. 
3.
 
Pivo suslosini maxsus pivo achitqilari yordamida bijg‗itish. 
4.
 
Pivoni pishitish va etiltirish. 
5.
 
Filtratsiya va pivoni jo‗natish. 
Pivo  ishlab  chiqish  qo‗llaniladigan  xom  ashyolar  qatoriga  bug‗doy,  sholi, 
makkajo‗xorilarni  ham  kiritish  mumkin.  Bular  undirilmagan  donlar  sanaladi. 
Bug‗doy  va  makkajo‗xoridan  «solod»  tayyorlanadi.  Bug‗doynig  yumshoq  va  qattiq 
turlari  mavjud.  Pivo  ishlab  chiqarishda  kleykovinasi  past  bo‗lgan  yumshoq 
bug‗doydan  foydalanish  ma‘qulroq  hisoblanadi.  Quyidagi  jadvalda  sholi  va 
makkajo‗xori donlarining o‗rtacha kimyoviy tarkibi keltirilgan 


259 
 
Boshoqli donlar 
Namligi 
Oqsil 
moy 
Kraxmal va 
pentozalar 
Klechatk

kul 
Oqlangan sholi 
va gurch 
sechkasi 
13,1 
7,85 
0,65 
76-73 
0,63 
1,01 
Makkajo‗xori 
13 
9,80 
4,60 
63-57 
2,4 
1,80 
Makkajo‗xori 
unini 
yog‗sizlangani 
11-14 
8-9 
0,5-
1,5 


1,5 
Makkajo‗xori 
parraklari 
10 

1,2 


0,3 
 
Quyida pivo ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo sanalgan ba‘zi bir xom 
ashyolarga to‗xtalib o‗tamiz. 
Arpa.
  Pivo  ishlab  chiqarishda  asosiy  xom  ashyo  arpa  solodi  hisoblanadi. 
Bundan  tashqari  arpa  donidan  spirt,  solod  ekstrakti  olinadi.  Arpa  solodini  olishda 
maxsus pivo uchun mo‗ljallangan pivobop arpa navlari ishlatiladi.  
Arpa  boshoqlilar  oilasiga  mansub  bo‗lib,  bir  yillik  o‗tsimon  o‗simlik 
xisoblanadi. Eng muhim donli ekinlardan bo‗lib, bu o‗simlik faqat ekish yo‗li bilan 
ko‗paytiriladi.  Yovvoyi  holda  uchramaydi.  Uning  vatani  aslida  SHimoliy-sharqiy 
Afrika  (Efiopiya).  Janubiy-G‗arbiy  Osiyo,  Hindiston,  Xitoy,  Yaponiya,  Shimoliy  va 
Janubiy  Amerika,  Ukraina,  Belarussiya,  Kavkaz,  Ozorbayjon,  Tojikiston, 
Turkmaniston va O‗zbekistonda keng miqyosda ekiladi.  
Arpa donining ikkita ko‗rinishi mavjud: ikkiqatorli va ko‗pqatorli (oltiqatorli). 
(a)  ikki  qatorli  va  (b)  olti  qatorli  arpaning  boshog‗i,  ko‗rinishi  (formasi),  sterjenda 
donlarning  joylanishi  ko‗rsatilgan.  Ikki  qatorli  arpalar  asosan  qishki  bo‗ladi,  olti 
qatorlilar esa – bahorgi va qishki. Ikki qatorli arpalar boshoq sterjenini ikki taraflama 
normal  rivojlangan  doni  (1)  va  bir  necha  rivojlanmagan  donlari  (2)  mavjud 
(rivojlanmagan  donlar  punktir  bilan  ko‗rsatilgan).  Ikki  qatorli  arpaning  bunday 
joylanishida, donlar yaxshi rivojlanadi, yirik va bir xil o‗lchamda o‗sadi. Olti qatorli 


260 
 
arpaning  yon  tarafdagi  donlari  (3)  noto‗g‗ri,  qiyshiq  ko‗rinishda  va  juda  mayda 
bo‗ladi.  
 
Olti  qatorli  arpalar  em  sifatida  ishlatiladi,  ular  furajlilar  deb  ataladi.  Ikki 
qatorlilar solod ishlab chiqarish uchun ishlatiladi, shuning uchun ularni pivobop arpa 
deyishadi.  Pivo  ishlab  chiqarish  uchun  mo‗ljallangan  arpa  navlarining,  em  uchun 
mo‗ljallangan  arpa  navlariga  nisbatan,  don  qobig‗i  juda  yupqa  bo‗ladi,  ekstraktiv 
moddalari esa ancha yuqori (asosan kraxmal ko‗proq), oqsil esa kamroq bo‗ladi. 
Xmel  (qulmoq)  -
  tutdoshlar  oilasiga  mansub,  chirmashib  o‗sadigan  poyasi 
qishda  qurib  qoladigan  ko‗p  yillik  o‗simlikdir.  Urug‗lanmagan  onalik  to‗pgullari 
yumaloq  g‗uddalar  hosil  qilib,  ular  pivo  pishirishda  (pivoni  xushbo‗y  va  xushta‘m 
qilish  uchun,  non  pishirishda  achitqi  sifatida)  shuningdek  tibbiyotda  (dori  sifatida) 
ishlatiladi.  U  ko‗pincha  devorlarni,  ayvon  va  shiyponlarni  oldini  pechakgul  kabi 
to‗sish uchun ekiladi. 
    
 
 


261 
 
Qulmoq g‗uddasi 1-gul oyoqchasi, 2- qalami, 3-guli, 4-bargchalari, 5-lupulin 
Qulmoqni etilishi jarayonida har bir gulbarg tagida zangori yaltiroq yopishqoq 
urug‗ hosil bo‗ladi. Ularni lupulin donalari deyiladi. Lupulin qulmoqning eng asosiy 
qimmatbaho qismi hisoblanadi. Uning tarkibida xushbo‗y hid beruvchi va o‗ziga xos 
bo‗lgan  taxir  moddalar  bo‗lganligi  sababli  pivo  ishlab  chiqarishda  ishlatiladi.  Bu 
moddalar  pivoga  yoqimli  achchiq  ta‘m  va  nafis  qulmoq  hidini  berib  turadi,  pivoni 
uzoq muddat saqlash va ko‗pik hosil qilish xususiyatini oshiradi. 
Kulmoq  etishtirish  juda  og‗ir  mehnatni  va  ko‗p  ishchi  kuchini  talab  qiladi. 
Ayniqsa,  hosilni  yig‗ib  olish  uchun  yig‗im  davrida  ishchi  kuchi  ko‗proq  kerak 
bo‗ladi. Qulmoq o‗zining tarkibi va xossalari bilan boshqa o‗simliklardan farq qiladi. 
Uni o‗rnini bosadigan o‗simlik yo‗q. SHu bilan birga u pivo ishlab chiqarishda arpa 
kabi asoosiy xomashyo hisoblanadi. 
Qulmoq  Ukraina va Rossiyada  ko‗p  etishtiriladi.  Qulmoq  etishtirish bo‗yicha 
Ukraina etakchi davlat hisoblanadi. 
Qulmoqning  100  dan  ortiq  navlari  bo‗lib,  bular  chet  ellarda:  CHexiya, 
Slovakiya,  Germaniya,  YUgoslaviya,  Polsha,  Angliya,  Fransiya,  Belgiya  va  AQSH 
da ham etishtiriladi. 
Dunyo  bo‗yicha  Chexiyada  etishtirilgan  qulmoq  eng  yaxshi  qulmoq 
hisoblanadi 1 gektardan 600-900 kg quruq qulmoq yig‗ib olish mumkin. Agar sharoit 
yaxshi bo‗lsa 1 gektardan 1500 kg quruq qulmoq olish mumkin.  
Qulmoq  o‗zining  kimyoviy  tarkibi  bilan  boshqa  o‗simliklardan  farq  qiladi. 
Uning  tarkibini  protein  moddalari,  yog‗,  mum,  (vosk)  azotsiz  ekstraktiv  moddalar, 
kletchatka va mineral moddalar tashkil etadi. Qulmoqning o‗ziga xos bo‗lgan tarkibi: 
taxir  moddalar,  qulmoq  yog‗i  va  teri  oshlovchi  moddalar  pivo  ishlab  chiqarishda 
katta qiziqish uyg‗otdi. 
 
 
 
 
 


262 
 
Kimyoviy tarkibi 
Miqdori, % 
Suv 
12,5 
Kletchatka  
13,3 
Kul 
7,5 
Azotli moddalar 
17,5 
Efir moylari 
0,4 
Smola va taxir kislotalar 
18,3 
Teri oshlovchi moddalar 
3,0 
Azotsiz ekstraktiv moddalar 
27,5 
Jami 
100 
 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   311




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish