256
qandlashtirish talab etiladi. Bu jarayon solod yoki zamburug‗ achitqilar yordamida
bajariladi. Bijg‗ish uchun tayyorlangan eritma suslo deyiladi. Spirt va pivo ishlab
chiqarish sanoatida bijg‗ish jarayonini hosil bo‗lishi va borishi uchun xamirturush,
sut kislotasi ishlab chiqarishda nordon sut bakteriyalari, limon kislotasi ishlab
chiqarishda zamburug‗ bakteriyalari ishlatiladi.
Kimyoviy tarkibiga ko‗ra bijg‗ish sanoatining xom ashyolar quyidagi asosiy
guruhlarga bo‗linadi.
Bijg‘ish sanoatining xom ashyolarini klassifikatsiyasi
Gurux
Xom ashyo
Bijg‗ish maxsulotlarining
o‗rtacha tarkibi %
Tarkibida qand moddasi
bor
xom ashyolar
qand lavlagi
melassa
17-18
45-50
Tarkibida kraxmal moddasi
bor xom ashyolar
Kartoshka
don ekinlari
17-18
47-50
Tarkibida sellyuloza
moddasi bor xom ashyolar
Yog‗ochsozlik
korxonalarining
chiqindilari
---
Bijg‗ish mahulotlari ishlab chiqarishda donlarning ahamiyati yuqori sanaladi.
Bunga asosiy sabab donli ekinlarning kraxmalga boyligidir.
Don qabul qilish punktlarida va korxonalarida don qabul qilingandan so‗ng xar
xil chiqindilardan tozalanadi.
Don qabul qilish punktlarida chiqindilar ikki xil bo‗ladi:
1.
Donli chiqindi: bunga yarimta va zarrarlangan donlar, o‗sib chiqgan va
mog‗orlagan va boshqalar sifati past donlar kiradi.
2.
Begona chiqindilar: qum, chang, tuproq, metal parchalari va boshqa
yovvoyi o‗tlarning urug‗lari kiradi.
Bijg‗ish mahsulotlari ishlab chiqarishda undirilgan donlardan foydalaniladi.
257
Yaxshi tozalanmagan don undirilgan donning sifatini pasaytiradi va uskunani
buzulishiga olib keladi.
Quruq undirilgan arpa ishlab chiqarish uchun quyidagi: donni bo‗ktirish,
undirish va quritish jarayonlari olib boriladi. Donni undirish uchun ketma – ket
undirish yashiklaridan, barabanli va supasimon o‗stirgichlarda
foydalanish mumkin
Solod
- bu sun‘iy sharoitda undirib quritilgan dondir. Donni undirish
jarayonida amlolitik, proteoletik va boshqa fermentlar hosil bo‗ladi. Bu fermentlar
tarkibida kraxmali bor xom ashyodan etil spirti, pivo va nonli kvas ishlab chiqarishda
shira tortish, don tarkibidagi oqsil va boshqa moddalarni parchalash uchun xizmat
qiladi.
Undirilgan donni turli xil donli o‗simliklardan olish mumkin. Ishlab
chiqarilgan maxsulotning turiga qarab undirilgan don va don aralashmasi tanlanadi.
Pivo ishlab chiqarishda faqat arpadan olingan solod, spirt ishlab chiqarishda esa arpa,
suli va tariq donidan tayyorlangan undirilgan donlarning aralashmasidan, nonli kvas
ishlab chiqarishda javdari bug‗doy va arpadan tayyorlangan undirilgan dondan keng
foydalaniladi.
Undirilgan don ishlab chiqarish uchun har xil xas cho‗plardan tozalanib,
bo‗ktiriladi va undiriladi. Undirish jarayonida hosil bo‗lgan mahsulot ko‗k undirilgan
don (zelyonыy solod) deyiladi. Spirt ishlab chiqarish sanoatida ko‗k undirilgan don
maydalanib suv bilan aralashtiriladi. Hosil bo‗lgan aralashmani undirilgan don suti
(solodovoy moloko) deyiladi va kraxmalni shira torttirish uchun ishlatiladi.
Spirt ishlab chiqarish korxonalarida undirilgan don quritilmasdan unib chiqan
davrda (zeleney solod) ishlab chiqarish jarayoniga yuboriladi. Pivo ishlab chiqarish
korxonalarida esa undirilgan arpa quruq holatda ishlatiladi. Bunda unib chiqqan arpa
maxsus quritish uskunalarida quritilib, nishlardan tozalanib, ma‘lum muddat
saqlangach ishlab chiqarishga tavsiya etiladi. Undirilgan arpani quritish jarayonida
rang beruvchi va hid beruvchi moddalar hosil bo‗ladi. Quritilgan undirilgan arpani
uzoq muddat saqlash mumkin. Nonli kvas ishlab chiqarishda quruq undirilgan javdari
bug‗doy va fermentlanmagan undirilgan don ishlatiladi. Fermentlangan undirilgan
don tarkibida amilolitik fermentlar deyarli yo‗q, sababi fermentatsiyalash jarayonida
258
ular parchalanib ketadi. Nonli – kvas ishlab chiqarishda javdari bug‗doy uni bilan
fermentlangan undirilgan don kvas sharbatini asosiy xom ashyosi hisoblanadi,
fermentlanmagan undirilgan javdari bug‗doy va och rangli undirilgan arpa esa
ferment manbai sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: