Makaron xamirni presslash
Makaron xamirni tayyorlash ikki bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich
―xamir aralashtirgichlarda amalga oshirilib, bunda kompanentlar ushoqsimon massa
hosil bo‘lgunicha tinimsiz amalga aralashtiriladi. Ikkinchi bosqich ushoqsimon massa
pressning shnekli kanalida bosim ostida zichlanib va plastiklanib, shakl berish uchun
kerakli bo‘lgan struktura va xossalarga ega bo‘ladi‖. Xamir tayyorlash, uni
zichlashtirish va xamirga shakl berish nam mahsulotlarini hosil qilish, zamonaviy
makaron mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida shnekli presslarda amalga
oshiriladi.
Makaron presslarining tarkibiga presslash qurilmasidan tashqari, un va suv
dozatorlari, xamir aralashtirgichlar ham kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |