Bodring va pomidorni tuzlash.
Bodring va pomidorni tuzlash karamni tuzlashdan deyarli farq qilmaydi.
Bodring pomidor, ziravor va idishlar shisha banka bochka va boshqalar yaxshilab
yuviladi. Ularni tuzlashdan avval tuzli suv tayyorlanadi. Buning uchun 100 l ichimlik
suviga 6 kg tuz solib eritiladi. Idishning tubiga tayyorlangan ziravorning 3 dan 1
qismi, keyin pomidor yoki bodring, ustidan ziravorning hammasi solinadi. Idishga
bodring yoki pomidorni bir yo‘la solishdan ko‘ra terib joylashtirgan ma‘qul.
Sabzavotlar kamroq zichlangan bo‘lsa ancha sho‘r bo‘lib tuzlanadi. Tuzlangan
sabzavotlar saqlanadigan xona harorati 0˚C dan 3˚C gacha bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |