Boshoqli ekinlar
Boshoqli ekinlar
(bug‘doy, javdar, arpa, suli, tariq, sholi, makkajo‘xori, oq
jo‘xori) asosiy donli ekinlar hisoblanadi.
Bug‘doy, javdar va makkajo‘xori ochiq urug‘li ekinlarga kirib, bu ekinlarning
donlari faqat meva qobig‘I bilan qoplangan. Arpa, suli, tariq va sholi qobiqli
ekinlarga kirib, ularning donlari meva qobig‘idan tashqari yana gul qobig‘I bilan ham
o‘ralgan. Ekish vaqtiga qarab bug‘doy, javdar, arpa bahorgi va kuzgi turlarga
bo‘linadi.
Asosiy boshoqli ekinlardan bug‘doy, javdar, arpa, suli, makkajo‘xori, sholining
donlari oziq-ovqat ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Bug‘doy va javdar, asosan, un ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Sholi, suli, arpa
va makkajo‘xori texnikaviy maqsadlarda, yorma va omixta yem tayyorlashda
ishlatiladi.
Bug‘doy dunyo bo‘yicha, shu jumladan, MDH mamlakatlarida, don ishlab
chiqarishda birinchi o‘rinni egallaydi. Bug‘doyning asosiy xossalari bo‘lib, donning
tuzilishi va kimyoviy tarkibi, tashkil qiluvchi to‘qimalarining tuzilishi va tarkibi
hisoblanadi. Bug‘doy doni qobiq, aleyron qatlami, unsimon endosperm(o‘zak, yadro)
va murtakdan tashkil topgan.
Tashqi tomonidan bug‘doy doni meva va urug‘ qobiqlari (1) bilan qoplangan
(46-rasm). Meva qobig‘i bir necha hujayralar qavatidan iborat bo‘lib, don umumiy
massasining 4-6 % ini tashkil qiladi.
203
Meva qobig‘i ostida urug‘ qobig‘i joylashgan.
U yupqa va mo‘rt bo‘lib, don massasining 2-2,5 % ini
tashkil qiladi. Meva va urug‘ qobiqlarining tarkibida oz
miqdorda oqsil, qandlar va yog‘lar mavjud, asosiy
qismini mineral moddalar va inson organizmida kam
hazm bo‘ladigan selluloza, gemiselluloza kabi moddalar
tashkil etadi. Bundan tashqari meva va urug‘ qobiqlari
unning rangini qoraytiradi, ya‘ni sifatini pasaytiradi.
Shuning uchun meva va urug‘ qobiqlari un ishlab
chiqarish jarayonida ajratib olinadi. Aleyron qatlami
(2) endospermning tashqi qatlami bo‘lib, bir qator qalin
devorli hujayralardan iborat.
Bug‘doy donining ichki qismini to‘liq endosperm (3) egallaydi.
Endospermning rangi oq yoki biroz sariqroq, shaffof, unsimon yoki qisman shaffof
bo‘lishi mumkin. Endospermning kimyoviy tarkibi donning qolgan barcha
qismlarining tarkibidan farq qiladi. U 78-82 % kraxmal, 2 % atrofida qand, 13-15 %
oqsillar, 0,3-0,5 % mineral moddalar, 0,5-0,8 % yog‘, 0,1-0,15 % sellulozadan iborat.
Endosperm bug‘doy doni massasining 80-84 % ini tashkil etadi. Bug‘doyda gliadin
va glutenin deb nomlanuvchi oqsillar mavjud. Bu oqsillar suvda bo‘kib, o‘z
massasiga nisbatan 200-300% ko‘p suvni yutadi va
kleykovina
deb ataluvchi
bog‘langan elastik massani hosil qiladi. Kleykovinaning qayishqoq elastik xossalari
bug‘doy unidan yuqori sifatli non va makaron mahsulotlari tayyorlash imkonini
beradi.
Donning o‘tkir tomonida joylashgan murtak (4) tashqi tomonidan meva yoki
urug‘ qobig‘I bilan qoplangan. Murtak massasi don massasining 2-3% ini tashkil
qiladi. Murtak tarkibida: 33-39% oqsillar, 25% qandlar, 12-15% yog‘lar, 2,2-2,6%
selluloza va mineral moddalar mavjud. Murtak vitaminlarga boy bo‘ladi.
204
Donda suvning miqdori 14% atrofida, oqsillar-11,6-12,5%, uglevodlar-67,5-
68,7%, shu jumladan, kraxmal-53,7- 54,9%, selluloza-2,3-3,4%, yog‘lar-1,6-1,9%,
mineral moddalar-1,7-1,8%ni tashkil qiladi.
Bug‘doy qattiq va yumshoq turlarga bo‘linadi. MDH mamlakatlarida
ekiladigan va yig‘ishtirib olinadigan bug‘doyning 90% ini yumshoq bug‘doy tashkil
qiladi (1.2, a-rasm). Donning konsistensiyasi turlicha bo‘ladi: qisman shaffof, to‘liq
shaffof va unsimon. Bu don nonvoylikda va unli qandolat mahsulotlari ishlab
chiqarishda ishlatiladi. Bulardan tashqari, yumshoq bug‘doy qattiq bug‘doydan
tayyorlanadigan maxsus makaron unining tanqisligi sababli, makaron mahsulotlari
ishlab chiqarishda ham qo‘llaniladi.
47-rasm. Bug‘doy donlari:
a
-yumshoq,
b
-qattiq..
Yumshoq bug‘doyning navlari turli shaffoflik va novvoylik xossalariga ega
bo‘ladi. Bu belgilariga ko‘ra bug‘doy doni kuchli, o‘rtacha kuchli va kuchsiz
navlarga bo‘linadi. Kuchli bug‘doy navlarining shaffofligi, odatda, 60% dan yuqori,
ho‘l kleykovinasining miqdori esa 28% dan kam bo‘lmaydi. Kuchsiz navlarda
oqsilning miqdori 9-12%, ho‘l kleykovinasining miqdori esa 20% dan ko‘p emas.
Ularning shaffofligi 40% gacha bo‘lishi mumkin. Kuchsiz bug‘doy navlarining
kleykovinasi noelastik, haddan ortiq cho‘ziluvchanlikka ega. Bug‘doyning kuchli
navlari un tortishda kuchsiz navlarni yaxshilash uchun ishlatiladi. O‘rtacha kuchli
bug‘doy navlari (shaffofligi 40-60%) texnologik xossalariga ko‘ra yaxshilovchilar
qo‘shmasdan novvoylik unlari tortish uchun yaroqli hisoblanadi.
205
Qattiq bug‘doy makaron mahsulotlari ishlab chiqarish uchun qimmatli
xomashyo hisoblanadi (1.2, b-rasm). Uning tarkibida oqsillar ko‘p, shundan kelib
chiqib kleykovinaning miqdori ham ko‘p, donning konsistensiyasi, asosan, shaffof
bo‘ladi. Qattiq bug‘doy donida yumshoq bug‘doy tarkibida uchramaydigan
karotinoid pigmentlari mavjud. Qattiq bug‘doy iqlim va ob-havo sharoitlariga o‘ta
talabchan bo‘lib, hamma vaqt ham yuqori hosil beravermaydi. Shuning uchun
ko‘pchilik mamlakatlarda qattiq bug‘doy kam yetishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |