208
Metall aralashmalardan tozalash uchun doimiy magnitli yoki elektromagnitli
separatorlar qo‘llaniladi. Texnologik jarayonda magnitli tozalash ko‘p marotaba
takrorlanadi.
Separatorlar, triyerlar va boshqa tozalovchi jihozlardan o‘tkazilgan don
massasida chang va boshqa ifloslantiruvchilar mavjud bo‘ladi. Mashinalarning ishchi
organi ichki yuzasi najdakli yoki tunikasimon po‘latdan iborat qamchinli yoki
cho‘tkali baraban hisoblanadi. Baraban ichiga tushayotgan don, aylanayotgan
qamchinlar yoki cho‘tkalar bilan ilib olinadi va silindrik yuzaga tashlanadi.
Qamchinlar va baraban yuzasi bilan ko‘p marotabali zarblar va jadal ishqalanish
natijasida donning yuzasi tozalanadi. Mashinadan chiqqan paytda ajratilgan yengil
aralashmalarni havo olib ketadi.
Navli un tortishda don yuviladi, unga gidrotermik ishlov beriladi, bunda don
namlanadi va namiqtiriladi. Jarayonning maqsadi qobiqlarni namlash natijasida
elastikligini ta‘minlashdan iborat. Elastik qobiqning mag‘iz bilan bog‘liqligi susayadi
va tortish vaqtida uni yirik o‘lchamlarda ajratish osonlashadi. Aks holda tortish
jarayonida qobiq mayin maydalanib, unning kuldorligini oshiradi. Donning dastlabki
sifatiga ko‘ra konditsiyalashning turli usullari mavjud. Sovuq konditsiyalashda don
18-20˚C va 35˚C haroratga ega suv bilan yuviladi, namiqtirish uchun 12-14 soat
qoldiriladi. Bu usul kalta cho‘ziluv-chanlik kleykovinaga ega donga ishlov berishda
qo‘llaniladi. Don kuchsiz kleykovinaga ega bo‘lgan holda, uni kuchaytirish
maqsadida fermentlar faolligini pasaytirish lozim. Bunda issiq konditsiyalash
qo‘llaniladi. Namlangan don 50-60˚C haroratga ega konditsionerlarda keyingi
sovutish bilan yetiltiriladi. Shundan so‘ng sovuq konditsiyalash davomiyligidan
qisqaroq muddatda namiqtiriladi. Suv bug‘idan foydalanib, tezlashtirilgan usulda
ham konditsiyalash mumkin.
Bug‘doydan navli un tortishda kengaytirilgan sxema qo‘llani-ladi. U quyidagi
jarayonlarni qamrab oladi: dastlabki separatsiyalash, triyerlar va toshushlagichlarda
tozalash, don yuzasini birinchi tozalash, ikkinchi separatlash, yuvish, birinchi
konditsiyalash, don yuzasini ikkinchi marta tozalash, uchinchi marta separatlash,
sovuq usulda ikkinchi marta konditsiyalash, uchinchi marta don yuzasini tozalash.
209
Un tortish asosiy donni maydalash va qobiqlarini endospermdan ajratish orqali
amalga oshiriladi. Tortishning bir martalik va takroriy usullari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: