Xomashyoni saralash, yuvish va tozalash
.
Yuqori sifatli konservalar tayyorlashda xomashyoning o‘lchamlari, rangi,
yetilish darajasi muhim ahamiyatga ega. Xomashyoga texnologik ishlov berish
rejimini tanlash va tayyor mahsulotning sifatini ta‘minlash shu bosqichlar bilan
bog‘liq. Chirigan, pachoqlangan, noto‘g‘ri shaklga ega mevalarni va begona
aralashmalarni ajratib olish jarayoni inspeksiya deb ataladi. Inspeksiya muhim
texnologik jarayon hisoblanadi, chunki tez buziladigan va tayyor mahsulot sifatini
yomonlashtiradigan xomashyoni olib tashlash imkonini beradi. Inspeksiya tezligi
rostlanadigan (0,05-0,1 m/sekund) lentali transportyorlarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |