Buxoro muhandislik-texnologiya instituti


Sovunni  yuvish  qobiliyati



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/311
Sana21.01.2022
Hajmi7,33 Mb.
#395130
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   311
Bog'liq
fayl 1885 20210922

       Sovunni  yuvish  qobiliyati. 
Moddalarning  yuvish  qobiliyatini  bilish  uchun 
avvalo xo‘llanish nimaligini aniqlashimiz kerak.  YAxshi xo‘llanishda suyuqlik qattiq 
jismning ustida tekis yoyiladi va uning yoriqlariga singadi. YOmon ho‘llanish simob 
donachalarini  oyna  ustidagi  harakati  shaklida  ko‘rinadi.  Simob  oyna  yuzasida  xech 
kanday  iz  qoldirmaydi.  SHuningdek  oleofil  (moyga  moyil)  yuzani  suv  yaxshi 
ho‘llamaydi. Bu sirt taranglik bilan tushuntiriladi. Ho‘llanishni yaxshilash uchun sirt 
taranglikni kamaytirish kerak. Ma‘lumki suvga, ayniksa simobga qaraganda spirt va 
kerosin  yuzani  yaxshi  ho‘llaydi.  Savol  tug‘iladi:  Sirt  tarangligi  yuqori,  demak, 
ho‘llash  qobiliyati  past  bo‘lgan  suvda  yuvish  qobiliyati  kanday  amalga  oshirish 
mumkin?  Sirt  taranglikni  kamaytirish  mumkinmi?  Mumkin:  harorat  20  dan  80 
0

ortganda  sirt  taranglik  73  dan  62  erg/sm

gacha  kamayadi.  Bu  xech  qancha  emas. 
Agar olein kislotasini natriyli sovunidan   0,1 % qo‘shilsa, suvni sirt tarangligini 26,5 
erg/sm
2
  gacha  pasayadi.  SHuning  uchun  sovunli  eritma  oleofil  yuzada  yaxshi 
yoyiladi va matoga yaxshi singadi.  
Suvni sirt tarangligini kamaytiradigan moddalar sirt faol moddalar deb aytiladi, 
yoki ikki jismning fazalararo tutashgan yuzasida to‘planish xususiyatiga ega bo‘lgan 
vositachilar  sirt  faol  moddalar  deyiladi.  Sovunning  suvdagi  eritmasi  ham  SFM  dir. 
Mato yuzasidan kir (qurum, moy) ni ketkazishni quyidagicha  tushinish mumkin. 
Sovunni  suvda  eritilgan  eritmasida  karboksil  guruh  (qalpoqcha)  qoladi, 
uglevodorod  guruhi  (tayoqcha)  esa  eritma  yuzasiga  siqib  chiqariladi.Agar  sovunni 


133 
 
eritmasiga yog‘ tomchisi yoki boshqa qutbsiz modda tushib kolsa, unda molekulaning 
tayoqchasi  yog‘ga  sanchilib  kiradi.  SHunday  qilib,  sovun  suvda  erimaydigan  yog‘ 
moddalarini  eritma  bilan  bog‘laydi,  ya‘ni  yog‘  tomchisi  atirofida,  suv  va  yog‘ni 
o‘zaro  tutashtirib,  yuzalarida  monomolekulyar  qavat  hosil  qiladi.  Eritmada  sovun 
molekulalari  ko‘p  bo‘lganligi  uchun,  ular  yog‘  tomchisi  atrofida  elastik  parda  hosil 
qiladi.  Mato  yuzasidan  yuvib  tashlanadigan  qattiq  moddalar  (kukun)  bilan  ham 
shunday  hodisa  sodir  bo‘ladi.  Sovunning  eritmasi  yuqori  xo‘llash  qobiliyatiga  ega, 
shuning  uchun  sovun  eritmaga  solingan  mato  yuzasiga  yaxshi  yoyiladi.  Bunda 
sovunning  molekulalari  o‘zlarining  tayoqcha  qismi  bilan  materialga  joylashishadi. 
SHuningdek sovun kir sirtiga yopishadi. 
Sovun 
molekulasining 
qutbli 
qismi 
suvli 
eritmada 
quyidagicha 
dissotsiatsiyalanadi: 
                                       RCOONa          RCOO
-
 + Na
+
 
Buning  natijasida  elektr  maydoni  hosil  bo‘ladi.  Xo‘llangan  material  va  kir 
sirtining  elektr  zaryadi,  bir  xil  va  bir  biridan  itariladi.  SHu  tufayli  kir,  chirk 
materialdan  ajraydi  va  eritmaga  o‘tadi  (47-rasm).  Xuddi  shu  zaryad  kirning  mato 
yuzasiga qayta cho‘kishiga va bir biri bilan birlashishiga to‘sqinlik qiladi. 
                         


134 
 
 
 
33 – rasm. yuvish jarayonini sxemasi: a-birinchi bosqich (mato va kirni ho‘llanishi), 
b-ikkinchi bosqich (kirni matodan uzilishi), v-uchinchi bosqich 
 (kirni yuvuvchi eritmada turishi) 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   311




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish