Erituvchanlik qobiliyati(solyubilizatsiya). Sovunlarning kontsentrlangan
eritmalari suvda erimaydigan organik moddalar (yog‘ va moylar, alifatik va aromatik
uglevodorodlar)ni kalloidli eritish xususiyatiga ega.
Solyubilizatsiyada organik moddalar sovun molekulalarini gidrofob qismini
orasiga joylashadi. Sovun eritmasining kontsentratsiyasi va temperaturasini
ko‘tarilishi erituvchanlik xususiyatini oshiradi. Sovun erimasidagi erkin yog‘
kislotalari
solyubilizatsiyani
yaxshilaydi.
Solyubilizatsiyada
plastinkasimon
mitsellalarning joylashishini o‘zgarishi 45- rasmda ko‘rsatilgan.