Buxoro davlat universiteti zoyirova muhabbat sobirovna erkin vohidov ijodida mumtoz adabiyot an



Download 343 Kb.
bet9/11
Sana21.01.2022
Hajmi343 Kb.
#396699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ERKIN VOHIDOV IJODIDA MUMTOZ ADABIYOT AN’ANALARI

IKKINCHI BOB

ADABIY MAHORAT VA LIRIK JANRLARGA MUROJAATDAGI O`ZIGA XOSLIK

2.1. Fuzuliy lirikasidagi g`oya ko`lamdorligining Erkin Vohidov ijodida saqlab qolinganligi

Muhammad Sulaymon o`gli Fuzuliy 1498-yilda Iroqning Karbalo shahrida, ziyoli oilasida dunyoga keldi. Taniqli adabiyotshunos, munaqqid To`xtasin Jalolov Fuzuliy ijodi haqida shunday degan edi: “...Fuzuliy g`azal janrini kamolotga yetkazgan buyuk san’atkordir. Navoiydan so`ng bu janrda eng ko`p, eng go`zal, eng nafis va eng ohangdor g`azallar yaratgan shoir Fuzuliydir. Fuzuliy turkiy tillarda so`zlashuvchi barcha xalqlarning mushtarak sharafi, ularning mushtarak Hofiz Sheroziysidir”.29 Fuzuliy ham Navoiy, Bobur, Sheroziylar qatori g`azal janrini mukammal egallab, xalqqa yetkazgan shoirdir. Uning betakror g`azallaridagi g`oya ko`lamdorligini E.Vohidov o`z g`azallarida davom ettirishga harakat qilgan. Fuzuliy o`z ijodining boshlanishidan g`azal janriga alohida e’tibor qaratgan va bu janr haqida to`lqinlanib, shunday misralarni keltirgan:

G`azal bildirar shoirning qudratin

G`azal ortturar noziming shuhratin.

(6-bet, ushbu g`azal “Kulliyoti devoni Fuzuliy”ning “Ahtar” matbaasidan olingan. 1308-hijriy yil).

Erkin Vohidov garchi ijodining boshlanishini g`azal janri bilan boshlamagan bo`lsa-da, u umrining o`rta yosh davrida shu janrga murojaat etadi. Dastlab u barmoq vaznidagi she’rlar yozdi, keyinchalik esa adabiyotning Navoiy, Bobur, Fuzuliy ijod bo`stoniga kirib, aruz vazniga mahliyo bo`ldi va xuddi Fuzuliydek g`azalga turli o`xshatish va tashbehlar ila bu janrga yuksak baho berdi. Shoirning fikricha yaxshi g`azal hattoki toshga ham jon ato etish xususiyatiga egadir, ya’ni:

Ey munaqqid, sen g`azalni ko`hna deb kamsitmagil,

Sevgi ham Odam Atodin qolgan inson qonida.

Toshga ham shirin g`azal baxsh aylagay otash va jon,

Shavq o`ti yonsa agar shoir g`azalxon qonida. (“Debocha”dan)

E.Vohidovning ushbu ilk g`azali aruz vaznida yozilgan bo`lib, sodda va ravon tilda yozilgan bo`lsa-da, ammo Fuzuliy g`azalidagi fikrning mantiqiyligi ham bor. Har ikkalasida ham g`azal ulug`langan, faqat Erkin Vohidovning kamtarligi bois, avf etish qabilida yakun yasalgan.

Do`stlarim, shoir demang, Erkin g`azal shaydosidur,

Yosh dengu ma’zur tuting, sahv o`lsa gar devonida.

Fuzuliy g`azallarini xalqimiz sevib o`qiydi. Fuzuliy ulug` bobomiz Navoiydan ko`p ta’sirlanganidek, o`z navbatida Erkin Vohidov ijodida qolaversa, o`zbek adabiyotida kuchli ta’sir ko`rsatgan san’atkordir. Hech bir shoir o`zbek mumtoz adabiyotiga Fuzuliydek kuchli ta’sir ko`rsatgan emas. Buning uch sababi bor, birinchi – Fuzuliy tilining o`zbek tiliga yaqinligi, ikkinchisi – Fuzuliy xush lavz shirin zabonligi, uchinchisi – Fuziliy asarlarining badiiy barkamolligi. Mana shu sabablarga ko`ra, o`zbek xalqi Ozarbayjon xalqining bu ulug` farzandini quchoq ochib qarshi oldi, uni Navoiy bilan bir qatorda ehtirom bilan ijodini o`rgana boshladi. O`zbekitonda 24 marta nashr etilib, har bir savodli kishining qo`lidan tushmas kitobi bo`lib qoldi. O`zbek shoirlari qariyb ikki asrdan beri Fuziliy asarlariga maftun bo`lib keladilar. Bizning shoirlarimiz uchun Fuzuliy badiiy, balog`atning simvolidir. Shuga ko`ra XVIII asr va XIX asr davomida yashab ijod etgan ko`p zabardast shoirlar Fuziliy g`azallariga muxammaslar bog`laganlar. Bu an’anani Furqat, Muqimiy, Zavqiy, Asiriy kabi shoirlar davom ettirganlar. Shu jumladan hozirgi kunga kelib Erkin Vohidov bu an’anani davom ettirdi va Fuziliy g`azaliga muxammas bitdi.

Muxammas – (ar. beshlik ) musammat turlaridan biri, besh misrali bandlardan tarkib topuvchi she’r shakli: besh misrali band. Muxammas she’r shaklida dastlabki band misralari o`zaro qofiyalanadi (a-a-a-a-a), keyingi bandlarining avvalgi to`rt misrasi o`zaro, oxirgi misrasi esa birichi band bilan (b-b-b-b-a, v-v-v-v-a) qofiyalanadi. Muxammasning ikki turi mavjud:

1. Mustaqil muxammas. Mumtoz adabiyotshunoslikda “tab’i xud muxammas” deyiladi. 2.O`zga shoir g`azaliga bog`langan muxammas, ya’ni “taxmis” deb yuritiladi.30

Erkin Vohidov muxammasining ikkinchi turi bilan ijod qiladi. Keling, uning Fuzuliy g`azaliga yozgan muxammasiga e’tibor beraylik: Odatda muxammasni bandma-band, g`azalni esa baytma-bayt tahlil etiladi. Dastlab Fuzuliyning Erkin Vohidov muxammas bitgan o`sha g`azalini olib ko`raylik. Fuzuliyning ushbu “etmazmidim” radifli g`azali ramali musammani mahzuf, ya’ni: - v - - - v - - - v - - - v - foilotun foilotun foilotun foilun bahrida yozilgan. G`azal foilotunning to`liqsiz shakli bilan yakunlangan. Ushbu g`azalda bugungi kun misolida bir necha fonetik o`zgarishlarni sezamiz, ammo baribir Fuzuliy tilini lug`atsiz ham ilg`ash mumkin. E.Vohidov ana shu fonetik jarayonlarni davr nuqtayi nazaridan o`zlashtirib, o`z muxammasini shu davr tiliga moslashtirdi, ya’ni Ozarbayjon shakli deb nom olgan ushbu jarayonni sof o`zbek tili xolida kitobxonlarga tushunarli tarzda yoritib berdi. O`zgartirish kiritildi, ammo bu fonetik o`zgarishlar g`azal mavqe’yiga ta’sir qilmagan, balki uning salmoqdorligini saqlab qolishga urinilgan. Jumladan: etmazmidim – etmasmidim, go`rsaydim – ko`rsaydim, rasvolig`imdan – rasvoligimdan, dutdigim – tutdig`im, go`nglimi – ko`nglimi. Bu so`zlarda ba’zi jarangli undoshlar jarahgsizga, jarangsiz undoshlar jarangliga aylantirilgan. Bundan tashqari ag`yori – ag`yorni, yor-la – yor ila, hijroni-la – hijron ila tartibida berilgan. Bu o`zgarishlarning barchasi vazn talabi bilan amalga oshirilgan. Keling, ba’zi baytlarni aruz vazniga solib tahlil qilaylik.

Yor - (i) -la ag`/yo-ri ham-dam/go`r-ma-ga o`l/say-di sabr

Tar-ki g`ur-bat/ay-la -yub az /mi di - yor et/maz-mi-dim.

- V - - / - V - - / - V - - / - V -

Foilotun /foilotun /foilotun /foilun

Birinchi so`z yor-la so`zining orasiga “i” imolasi bo`g`inlar kamligi ya’ni vazn talabi bilan qo`shildi. Aruzda undosh harf bilan tugagan bo`g`inlar – cho`ziq (-), unli harf bilan tugagan bo`g`inlar – qisqa (v) hijolar sanaladi. Shu vajdan yor-tar = cho`ziq, yo-ki = qisqa. Birinchi va ikkinchi misralardagi bo`g`inlar tagma-tag tahlil qilib boriladi. Agar 1-qatordagi bo`g`in unli harf bilan tugab, ikkinchisi undosh harf bilan tugasa, ko`p o`rinlarda undosh harf hisobga olinadi va cho`ziq deb belgilab o`tiladi. Shuning uchun la-g`ur = cho`ziq deb ketamiz. Agar 1-qatordagi sabr, 2-qatordagi qadr so`zi bilan chog`ishtirilsa, bu yerda vazn qusurga uchraydi. Chunki, ikkita undosh ketma-ket kelganligi uchun shunday hisoblanadi va bu aruzda maqsur ya’ni qusurga uchragan, deyiladi. Bunday holat g`azalda ramali musammani maqsur deb yuritiladi. Ammo biz tahlil qilayotgan g`azalda sabr so`zi “din” bo`g`ini bilan chog`ishtirishga to`g`ri kelganligi uchun u qusurga uchramagan, shunchaki ramalning qisqacha mahzuf shakli deb yuritiladi.

Bizga ma’lumki, Navoiy ijodida “dan” qo`shimchasi ishlatilmaydi, balki “dan” ning “din” shakli qo`llaniladi.Masalan:

Orazin yopqach ko`zimdin sochilur har lahza yosh

Bo`ylakim paydo bo`lur yulduz nihon bo`lg`ach quyosh. (Navoiy)

Garchi Fuzuliy Navoiy bilan bir davrda ijod qilmagan bo`lsa-da, ammo u hech qachon “din” qo`shimchasini ishlatmaydi, balki o`g`uz lahjasidan farqli o`laroq “din”ning “dan” shaklini qo`llaydi. Shuning uchun u o`zbek she’riyatiga yaqin sanaladi.

Voizing kufrin banim rasvolig`imdаn qil qiyos,

Onda sidq o`lsaydi, ban taqvo shior etmazmidim? (Fuzuliy)

E.Vohidov ijodida ham aynan “dan” shakli qo`llanilgan:

Gar junun yor o`lmasa holimdan or etmasmidim?.

G`azalda turli xildagi badiiy san’atlar qo`llanilgan. Jumladan, “etmazmidim?” ritorik so`roq, ya’ni javob berilishini talab qilmaydigan savol, fikrning so`roq shaklida tasdiqlanishidir. Ushbu ritorik so`roq g`azalda ham nutq bezagi va emotsional munosabatni kuchaytirish, fikrni ta’kidlab ifodalash singari maqsadlarga xizmat qiladi. Bu hodisa mumtoz adabiyotdagi tajohuli orif san’ati deb yuritiladi, ya’ni biluvchining bilmagan bo`lib ko`rinishi, o`zini bilmaslikka solishi. Bunda shoirning asl muddaosi biror narsaning asl holatini bilmagandek, uni boshqa biror narsaga o`xshatish, yo madh etish, yo mubolag`a, yo hazil qilish bo`ladi. Tajohuli orif san’ati qo`llanilgan ushbu g`azal ritorik so`roq gap tarzida shakllanadi, ya’ni shoir aslida biror narsani so`rash, noaniq narsa yoki belgiga aniqlik kiritishni emas, ritorik so`roq orqali yorning go`zalligi, oshiqning holati yoki boshqa shu kabi biror vaziyatni o`xshatish, qiyoslash orqali e’tirof etishni maqsad qiladi.

Bundan tashqari g`azalda yor, ag`yor, oshiq va gul, bulbul obrazlari mumtoz adabiyot namunalaridan an’ana sifatida davom ettirilgan. G`azal matla’sidagi “yor” so`zi omonim sifatida kelib, takrir san’ati qo`llanilgan. Ya’ni:

Aql yor o`lsaydi tarki ishqi yor etmazmidim?

Bundagi birinchi yor – aqlga hamroh, уo`ldosh ya’ni “aql menga yo`ldosh bo`lsaydi?” ma’nosida, ikkinchi yor esa oshiqning ma’shuqasi, sevgilisi sifatida, ya’ni “ma’shuqaning ishqini tark etib, o`zimni azobdan qutultirardim” ma’nosida kelgan. Bunday hodisa mumtoz adabiyotda tajnis san’ati, ya’ni shakli bir xil (omonim) yoki bir-biriga yaqin (omograf, omofon) bo`lgan so`zlarni baytning turli o`rinlarida keltirgan holda, har bir o`rinda alohida ma’noni ifodalaydi. G`azalning 2-baytida talmeh, ya`ni she’rda mashhur kishilarning, tarixiy voqea, badiiy asarlarga ishora qilish san’ati qo`llanillgan. Masalan:

Sen kibi, ey Besitun ban qaror etazmidim?

Besitun – Farhod qazigan tog`. Fuzuliyda ana shunday badiiy san’atlar qo`llanilgan. Navoiy va E.Vohidov ijodida bo`lgani kabi, ko`z yosh – ashk so`zi orqali ifoda etiladi. Faqat Fuzuliy ijodida so`zlar o`g`uz lahjasida yozilganligi uchun bizning davrga kelib nisbatan fonetik o`zgarishlarga uchragan. Bunda ko`z-go`z tartibida ishlatilgan. Masalan:

Go`zlarimdan do`kilan(ur) qatrai ashkim guhari,

Lablaringdan sochilan(ur) lulum shahvora fido.

(Fuzuliy. Devon. – T., 1959. 24-b.)

E.Vohidov Fuzuliyning ushbu g`azaliga muxammas bitgan:

O`lmasam zor anga, tarki ohu zor etmasmidim

Ishq(i) koridan kechib bir o`zga kor etmasmidim

Gar junun yor o`lmasa holimdan or etmasmidim

Aql yor o`lsaydi tarki ishqi yor etmasmidim,

Ixtiyor o`lsaydi rohat ixtiyor etmasmidim?

Ushbu muxammas ham aruz vaznining ramali musammani mahzufda (foilotun-foilotun-foilotun-foilun) ya’ni Fuzuliy g`azali ruknida bitilgan. E.Vohidov Fuzuliyning “Etmasmidim” g`azaliga muxammas bog`lar ekan, u g`azalning mohiyatidan, vaznidan to`laligicha chiqib ketmaydi, balki shu g`oya, shu motivni davom ettirgan holda o`z qarashlarini ham berib boradi. Muxammas yaratar ekan, o`sha g`azalga suyana boradi, ammo alohida qadam tashlaydi.Fuzuliy g`azalning ilk baytida “yor” so`zi orqali takrir san’atidan foydalangan. E.Vohidov ham baytga tayangan holda ilk misrasidayoq takrir san’atidan foydalangan. Takrir (ar. takror) – mumtoz adabiyotdagi she’riy san’at, bir so`zni baytning turli o`rinlarida takrorlash. E.Vohidov birinchi misrada “zor” so`zi orqali takrir san’atini yaratgan va uchinchi misrada to`rtinci misradagi “yor” so`ziga tayanib 2-takrir san’atini yaratgan.

Javr oyinini bir dam ko`rmoqqa o`lsaydi sabr

G`ayrini shod do`stni purg`am ko`rmoqqa o`lsaydi sabr

Chashmi dilda bir dame nam ko`rmoqa o`lsaydi sabr

Yor ila ag`yorni hamdam ko`rmoqqa o`lsaydi sabr,

Tarki g`urbat aylayub, azmi diyor etmasmidim?

Aruz vazni talabiga muvofiq birinchi misradagi javr so`ziga “i” imolasi orttiriladi. Aslida Fuzuliy g`azalidagi ushbu bayt “yor-la” tarzida boshlangan edi va bu misra aruzga solinganda “i” imolasi orttirilishi kerak. E.Vohidovning topqirligi shundaki, u muxammasning go`zalligini orttirish uchun imola orttirilishi kerak bo`lgan joyda, imola qo`shilishi shart bo`lgan so`zi bor misra yaratgan. Bu “javr” so`zidir. U muxammasda Fuzuliyning uchinchi baytini keltirar ekan, undagi “yor-la”so`ziga (i) imolasini qo`shib keltiradi, ammo o`zining misrasidagi (i) imolasi yashirinligicha qoladi. Barcha bandlardagi kabi bunda ham “etmazmidim” so`zi “etmasmidim” tarzida ya’ni jarangli undoshning jarangsiz juftiga (z-s) almashadi. Bu jarayon esa davr tiliga biroz yaqinlashish maqsadidan kelib chiqadi. Ushbu bandda E.Vohidov Fuzuliy g`azalining 5-misrasidagi “go`rmaga o`lsaydi sabr” tarzida takrorlanib keladi. Muxammasning birinchi bandida “etmasmidim” so`zi Fuzuliy g`azalidan aynan ko`chirma sifatida radif qilib olingan va bunda g`azal qofiyasiga mos tarzda muxammas qofiyalari qo`llanilgan ya’ni g`azaldagi yor, ixtiyor qofiyadosh so`zlarga mos ravishda zor, kor, or qofiyadosh so`zlari qo`llanilgan. Qofiya va qofiyadosh so`zlar aslida so`zlarning tarkibidagi tovushlar guruhining ohangdoshligidir. Ikkinchi bandda esa Fuzuliy misrasidagi “hamdam” so`ziga mos ravishda radifdan oldin dam, purg`am, nam so`zlarining qofiyadosh sifatida keltirib o`tilgan. Ushbu bandda yordan sitam ko`rgan barcha kunlarini jamlab “javr oyi” deb nom berdi. Bu oy 30-31 kun emas, balki yor visoliga yetgunga qadar bo`lgan masofaga qarab belgilanadi. Albatta bu har qaysi oshiqqa turlicha vaqt bo`lishi mumkin. Bu xuddi bunga qarama-qarshi bo`lgan “Asal oyi”- ya’ni yorga yetishgan oshiqning baxtli onlari singari. Yana vaznga qaytsak. Shoir “javr oyini” deb berib o`tsa ham bo`lardi, ammo bunda birinchi bo`g`in kam kelib, oldingi misralardan ajralib qolishi mumkinligini inobatga olib, “oyini” so`ziga yana bitta “ni” qo`shimcha bo`g`inni kiritadi va qolgan misralarga moslashtiriladi. Muxammas yozishning o`z qonun qoidalari mavjud. G`azal vazniga mos ravishda band bitish bu muxammasning eng birinchi qoidalaridan biridir. Band mazmuniga ko`ra shoir “yordan javr ko`radigan oylarimni ko`rishga, dushmanni shod, do`stni g`amga botgan holda ko`rishga, ko`ngil ko`ziga bir dam ko`rishga sabrim bo`lsaydi”, deydi. Fuzuliy esa ushbu mavzuni davom ettiradi. Yor bilan ag`yorni birgalikda ko`rishga sabrim yetsa agar, g`urbatlarni o`zimdan aritib, sayru sayohat qilmasdim?”, deydi. Afsuski, oshiqqa bunaqa sabr hech qachon berilmaydi. Ko`ngul qo`ymaydi. Yana bu yerda tazod san’ati qo`llanilgan, ya’ni yor – ag`yor, g`ayr – do`st. Tazod (ar. zid qo`yish, qarshilantirish) – nasr yo nazmda bir-biriga qarama-qarshi ma’noli so`zlarni ishlatish. Uchinchi bandni ham shu tartibda Fuzuliy g`azalidagi pur ma’noni to`ldirgan holda davom ettiriladi.

Ul ruhi bayzoligin savdoligimdan qil qiyos,

Ul dili xoroligin shaydoligimdan qil qiyos,

Zuhd eli tavqin mug`a oshnoligimdan qil qiyos,

Voizin kufrin banim rasvoligimdan qil qiyos

Anda sidq o`lsaydi ban taqvo shior etmasmidim?

Ba’zi bo`g`inlarda “i” garchi unli harf bo`lsada (ruhi), ammo bo`g`in cho`ziq unli tartibida (ruhi-i-i) vaznga solinadi. Hamda Fuzuliy baytidagi 3-bo`g`in (“zin” va “sidq”)ga moslashtirib, cho`ziq (-) hijo deb belgilanadi. Bu banda ham E.Vohidov “uI” so`zidan foydalanib, takrir san’atini qo`llagan. Fuzuliyning “qil qiyos” birikmasi E.Vohidovda radif vazifasini bajargan. Aynan ana shu bandda shoir to`q qofiyadan foydalangan, ya’ni misralararo qofiyadoshlik shakllangan. Savdoligimdan – shaydoligimdan – oshnoligimdan kabi. E.Vohidov ijodida Navoiyning ta’siri kuchli bo`lganligi uchun u Navoiy ishlatgan tasavvufiy istilohlarni qo`llab turadi. Masalan, ushbu bandda “zuhd” so`zidan foydalangan. “Tasavvufda ruhni ma’no olamiga hozirlash faoliyatiga “zuhd” nomi berilgan. Nafsga qarshi mushohadaning ko`p chuqur usullarini qamrab olgan zuhd hayoti, dastlabki paytlarda inson ruhini kamolga yetkazuvchi eng ishonchli yo`llardan bo`lgan. Tasavvufning yuzaga chiqishiga zuhd jarayoni juda qulay zamin hozirlagan”.31 Demak, “zuhd eli” deb bunda shoir nafsni qiynash, halol rizq uchun zahmat chekish, tarki dunyoga erishish, ijozatni zavq darajasiga yetkazish, avomning azobu jafosiga bardoshli bo`lish, sabr va qanoatni boshga toj aylash – bular tasavvufdan oldin zuhd sinovidan o`tgan holat va tajribalar edi. Bu tajribalarni zuhd eli amalga oshirgan. Keyungi bandga murojaat etamiz.

Yo`q ajabkim, dardlardin o`zga dardim bordur,

Bir davosi o`lmoq oning, bir davosi yordur,

Dema jarroh nashtari bu, yor urgan xordur,

Dardimi olamda pinhon tutdig`im nochordir

O`g`rasaydim bir tabiba oshkor etmasmidim?

Bu bandda ikkita fonetik o`zgarish ro`y bergan. Etmazmidim – etmasmidim va dutdig`im – tutdig`im. Fuzuliydagi z-d jarangli undoshlari Erkin Vohidov muxammasida s-t jarangsiz undoshlarga aylangan. Boshqa bandlardan farqli o`laroq bu bandda radif qo`llanilmagan. Radif sifatida qo`llash mumkin bo`lgan “nochordir” so`zi o`ziga yana uchta qofiyadosh so`z biriktirgan. Dard va davo so`zlari qaytarilib takrir san’atini va shu o`rinda tazod san’atini ham keltirib chiqargan. “Jarroh nashtari” va “yor urgan xordur” birikmalari esa o`xshatish san’atining yaralishiga xizmat qilgan.

Ezdi hijronu malomat javru kohish ko`nglini,

Ovlamas dunyo ishiga zarra xohish ko`nglimi,

Ne qilay Erkin ikki o`t ichra qolmish ko`nglimi,

Ey Fuzuliy dog`i hijron ila yonmish ko`nglimi –

Lolalar ochsaydi sayri lolazor etmasmidim?

O`zgarishlarga kelsak, E.Vohidovda “hijron ila”, Fuzuliyda “hijroni-la” tartibida berilgan. Bu ham aruzga moslashish hodisasidir. Fonetik o`zgarishlar: etmazmidim – etmasmidim, go`nglimi – ko`nglimi shaklida namoyon bo`lgan. Yana hijron dog`i bilan qip-qizil cho`g` bo`lib yongan ko`ngil lolazordagi lolalarga qiyoslanib o`xshatish san’atining yana bir ko`rinishini namoyon qilgan.

Fuzuliy va Erkin Vohidov ijodidagi o`xshashlik alomatlari mavjud, ammo o`ziga xos xususiyatlari ham yaqqol namoyon bo`ladi. E.Vohidov o`z muxammaslarida Fuzuliy ijodidagi g`oya ko`lamdorligini saqlab qolgan holda, o`z uslubini yarata olgan. Aruz vazni garchi murakkab vazn bo`lsa-da, ammo E.Vohidov muxammasidagi aruz bir oz soddaroq tilda ya’ni bugungi xalq tushunadigan, qiynalmay tahlil qila oladigan, til xususiyatlarini ham shu zamonga moslab, aruz vazniga solishga harakat qilgan va uddasidan chiqqan albatta. Fuzuliy ijodidagi aruz ham unchalik qiyin emas, ammo baribir har davrning o`z tili, o`z ruhiy olami bo`lganidek o`z aruzi bo`lgan. Fonetik o`zgarishlar garchi tushunishga halal bersada, ammo talaffuzda bir oz e’tiborliroq bo`lishini talab etadi. Oshiqlik har ikkala ijodkorda ham haqiqiy go`zal yor – insonga, ayol zotiga murojaat tarzida bitilgan. Fuzuliyda ham gul, bulbul, ag`yor obrazlari mavjud. Ammo ular dunyoviy ishq vakillaridir. Bu Fuzuliyda umuman tasavvufiy jilolar, tasavvufiy istilohlar yo`q degani emas. Yuqoridagi xulosa faqatgina bitta muxammas va “etmazmidim” radifli g`azalga taaluqlidir. Fuzuliydagi tasavvuf belgilari uning “Sipehring forig`am...” deb boshlanuvchi g`azalida o`z ifodasini yaqqol topgan. Jumladan, g`azalning maqta’siga murojaat etadigan bo`lsak u shunday yakunlanadi:

Kimi hushyor go`rding san ango sun jomi may, soqiy

Bihamdilloh, Fuzuliy mastdir vaxdat sharobindan.

Ushbu jumlalarda tasavvufning jom, may, soqiy, mastlik, vahdat, sharob kabi belgilari bor. Bu misralar Fuzuliy tomonidan aynan Ollohga bo`lgan ishq, unga yetishish (vahdat sharobi) ilinjidagi harakatlar, soqiyga murojaatlar haqiqiy ma’noda tasavvufiy qarashlardir. Bu narsa tasavvufdan xabardor bo`lmagan, adabiyotshunoslikdan uzoqroqda bo`lgan kitobxon uchun bir oz qiyinchilikni, to`g`ridan-to`g`ri tushunmaslik, g`azalning asl mohiyatini ocha bilmaslik holatini keltirib chiqarishi mumkin, albatta. Ammo E.Vohidov ijodida esa bunday qiyinchiliklar va tushunmovchilik yo`q. U muxammas yozayotganda ham xalqning tilini e’tiborga olib, bir oz fonetik o`zgarishlar orqali yaratadi, bu narsa asl g`azalning salmog`iga ta’sir qilmaydi. Shuni alohida ta’kidlamog`imiz lozimki, E.Vohidov Fuzuliyning nafaqat g`azallarini, balki inson sifatida uning o`zini ham qadrlaydi va o`zining bor hissiyotlarini uning xaykali qoshida namoyon etadi. Shu tariqa shoirning “Fuzuliy xaykali qoshida” degan go`zal she’ri dunyoga kelgan.

G`azal ham bo`lurmi muncha dilrabo

Bunchalar serishva, bunchalar sernoz.

Mening shoirligim yolg`ondir, ammo

Fuzuliy she’riga oshiqligim rost. (123-bet)

She’r garchi barmoq vaznida yozilgan bo`lsa-da, ammo orasiga Fuzuliy g`azallaridan parchalar asl holida ya’ni aruz vaznida keltirilganligi bois she’r o`zgacha shakl va mazmunga ega bo`lgan. E.Vohidov Fuzuliy ijodidan ilhomlanib, uning ohangida ya’ni o`g`uz lahjasida g`azallar bitgan. Fuzuliyning:

Shifoi vasl qadrin hajr ila bemor o`landan so`r,

Zuloli zavq shavqin tashnai diydor o`landan so`r.

matla’li ushbu g`azali xalqimiz orasida mashhur. Fuzuliy lirikasida ham ma’shuqaning ko`zlari, qoshlarini yoy qilib, kipriklarini o`q qilib oshiq shoir ko`ksiga otib yaralaydi. Bunday o`xshatish Navoiy va Bobur ijodida ham bor. Qolaversa mastlik, nargis, sabo, shamdek yonmoq kabi obraz va tashbehlari bilan biz yuqorida Navoiy va E.Vohidov ijodi davomida tanishgan edik. Faqat Fuzuliy ijodining bulardan farqi so`zlardagi harflarning fonetik o`zgarishga uchrashidir.

G`amingdan sham’atak yondim sabodan so`rma ahvolim

Bu ahvoli shabi hijron banim-la o`landan so`r.32

Navoiyda quyun, Erkin Vohidovda shabboda, Fuzuliyda esa sabo obrazlari ko`proq talqin etiladi. Har uchala obraz ma’no jihatdan har xil bo`lsa-da, ammo mohiyatan bir xil, ya’ni yorga xabar yetkazuvchi tabiat timsolidir. Garchi Fuzuliy ijodida gech, banim-la, sham’atan, gelub, go`zi, etmazmidim kabi so`zlari qo`llanilsa-da, o`zbek xalqi hech qiynalmasdan buni tushunadi va tahlil qila oladi. Bunda Fuzuliy g`azallarining xalqchilligi ham ahaniyatlidir. Navoiy, Bobur va Erkin Vohidov ijodida bo`lgani kabi Fuzuliy ijodida ham anchagina badiiy san’atlar qo`llanilgan. Masalan:

Go`zi yoshlilarning holin ne bilsin mardumi g`ofil,

Kavokib sayrini shab to sahar o`landan so`r.

Bunda tazod (shab – sahar) san’atidan ustalik bilan foydalanilgan.

Yoki:

Magar tarkibi Iso gardi xoki dargohingdadir



Ki durmish xokdan qadr ila azmi osmon ermish.

Bunda talmeh (ya’ni mashhur kishilarning biri, Iso payg`ambar nomining keltirilishi) san’atidan foydalanilgan. Yana:

G`am kuni hamdamlarim g`arq o`ldilar ko`z yoshina,

Silmaga ko`z yoshimi bir g`amgusorim qolmadi.

Ushbu baytda insonlarga xos g`arq bo`lib o`lish hodisasini ko`z yoshga g`arq bo`ldi, deya bo`rttirgan holda keltiriladi va bu mumtoz adabiyotda mubolag`a san’ati deb ta’riflanadi. Fuzuliyda Navoiy ijodining ta’siri yaqqol seziladi. Sababi, ko`p g`azallarida Navoiy asarlari qahramonlari keltiriladi. Masalan:

Vomiqu Farhodtak rasvoya qilmang nisbatin,

Bir faqiram, solmangiz ul xudnamolardan bani.

Bu qahramonlardan ta’sirlanish tabiiy hol, albatta. Hatto Navoiyning o`zi ham bu qahramonlarni sevadi va g`azallarida bot-bot tilga oladi.

Ko`p o`qudim Vomiqu Farhodu Shirin qissasin

O`z ishimda bul ajabroq dostone topmadim.

Aynan shunday an’ana Erkin Vohidovda ham bor:

Ishqu hajr olamga meros, Bo`la merosdur azal

Bizga Farhoddan fidolik, bizga Majnundan junun. (349-bet)

Erkin Vohidovning nafaqat aruzda yaratgan ijod namunalari, balki ayrim barmoq vaznida yaratilgan she’rlarida ham Fuzuliyning ta’siri, ovozi sezilib turadi.

Yellar bir daqiqa to`xtang esishdan,

Sernavo bulbullar, sayramang bir oz.

Karbalo dashtida yayov kezishdan

Charchab tin olmoqda Fuzuliy ustoz. (123-bet)

Bu ta’sir shoirning aruzdagi ijodida o`sha mashhur “Xazina” g`azalida ham yoritilgan.

Fuzuliy Karbalo dashtin quyundek kezdi darbadar

Dili hech topmadi taskin, davrning boda bangidan. (290-bet)

Shoir nazdida Fuzuliy hali ham tirik. U hamon Karbalo dashtida kezib yuribdi. Biz Fuzuliy ijodini o`rganish jarayonida ranglar va raqamlar falsafasiga duch kelmadik. Har ne bo`lganda ham Fuzuliy ijodida aynan qora, oq, sariq, qizil, yashil kabi ranglar ochiq qilib berilmagan, balki yashirin tarzda berib o`tilgan. Masalan: qizil rang – bag`r qoni; sariq rang – hajr, xazon yaprog`i; oq rang – oy, poklik timsollari bilan yoritilgan. Demak, Erkin Vohidov ranglar va raqamlar ideologiyasini Navoiy ijodi doirasida olinganligidan dalolat beradi. Chunki Navoiyda bu falsafiy jarayonlarni obrazlashtirish ancha serobdir. Fikrimizcha, Erkin Vohidov ijodida Fuzuliy lirikasining faqatgina g`oya ko`lamdorligi saqlab qolingan. Bu ham ijodkor uchun katta yutug`dir. G`azaldagi mazmun-mohiyatni oxirigacha qofiyaga solib chiroyli yakunlash ham go`zal san’atdir. Bu borada Fuzuliy tom ma’noda Erkin Vohidovning ustozi hisoblanadi.




Download 343 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish