Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi. Kuzatishlarimiz shuni ko`rsatadiki, E.Vohidov ijodi bo`yicha adabiyotshunoslikda bildirilgan fikrlar uning aruzda yozilgan g`azallarining mazmun-mohiyatini yetarli yoritmaydi, uning ilmiy qimmatini to`la ochib berolmaydi. Erkin Vohidov ijodida mumtoz adabiyot an’analari faqatgina Alisher Navoiy ijodi bo`yicha ba’zi qiyoslashlar bo`ldi, ammo bu butun boshli mumtoz adabiyot an’analari bo`yicha yetarli bo`la olmaydi. Ana shu ochiqlikni to`ldirish yo`lidagi izlanishlarimiz natijasida quyidagilar ishimizning ilmiy jihatdan yangiligini belgilaydi:
– E.Vohidovning aruzda bitgan g`azal va muxammaslari Navoiy, Fuzuliy, Bobur ijodi bilan chog`ishtiriladi, qiyoslanadi;
– ushbu g`azallardagi obrazlar badiiy san’atlarning qo`llanilish uslublari, ranglar va sonlar falsafasi badiiyat qonuniyatlariga ko`ra keng tahlil qilinadi;
– muxammaslar bandma-band, muxammas bitilgan g`azal esa baytma-bayt til xususiyatlari nuqtayi nazaridan solishtiriladi;
– g`azallarda bitilgan so`zlar lahjalararo munosabatlar tafovutlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |