181-o‘zbek tili guruhi talabasi Xaitboyeva Tamara Jahon adabiyoti va o‘zaro adabiy aloqalar



Download 26,28 Kb.
Sana28.12.2020
Hajmi26,28 Kb.
#53767
Bog'liq
181-guruh Xaitboyeva Tamara.Ogahiy va Fuzuliy


181-o‘zbek tili guruhi talabasi Xaitboyeva Tamara

Jahon adabiyoti va o‘zaro adabiy aloqalar.

Ogahiy va Fuzuliy : adabiy ta’sir ko‘rinishlari

Hofiz, Rumiy, Jomiy, Navoiy, Bobur singari qalamkashlar sharq mumtoz adabiyotining yetuk namoyondalari hisoblanib, bugungi kungacha kitobxonlar qalbidan chuqur joy olganlar. Shu qatori yana bir suyukli ijodkorlarimizdan Muhammad Sulaymon o‘g‘li Fuzuliy (1498-1556) ham fosiygo‘y shoir bo‘lishiga qaramasdan, turkiy she’riyatga munosib hissa qo‘shgan ijodkordir. “Fuzuliy to‘la ma’noda ishq shoiri” 1 hisoblanib, bu ishqni boshqa ijodkorlar qalbiga ham yulklay olgan. Bunga misol qilib, Xorazm adabiy muhitining yetuk namoyondalaridan biri Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy (1804-1874) ning qalbiga, qalbi orqali ijodiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Fuzuliy turkiy devonining debochasida : “ Ilmsiz she’r asosi yo‘q devor o‘lur va asossiz devor g‘oyatda bee’tibor o‘lur “,- deb bejizga aytmagan. Ogahiy ham zullisonayn shoir, tarixchi va mohir tarjimondir.Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, Ogahiy forsiy tilda ham go‘zal misralar bita olgan va huddi ona tilida yozgandek bemalol fikrlarini ifodalay olgan. Fuzuliyning Ogahiyga ta’siri , balki Xorazm shevasining va Ozarbayjon tilining bir qadar yaqinligiga ham borib taqalishi mumkin. Ogahiyning Fuzuliy g‘azallariga yozgan muxammaslari ham anchagina bo‘lib, Ogahiyning Fuzuliy ijodiga o‘zgacha mehr-muhabbatini ko‘ramiz.

Ogahiyning Fuzuliy g‘azallariga bog‘lagan muxammaslaridan, ayniqsa, “Sho‘xi diloro” nomli muxammasi o‘zgacha jozibasi, fikrlar teranligi va nafis misralari bilan ajralib turadi. Muxammas

To joni hazinim alami ishqa makondur,

Yuz tiyg‘i balo zaxmlari onda nishondur,

Jon do‘stlig‘i mayli agar sanda ayondur.

Jon verma g‘ami ishqaki, ishq ofati jondur,

Ishq ofati jon o‘ldug‘i mashhuri jahondur.

deb boshlanadi va shoir kechinmalarini ifodalaydi. Mazkur bandda shoir alamga to‘la joni ishqqa makonligini va bu makonda ishqdan yetgan yuzlab yaralar yashirinligini aytadi. Mana shu ishq ofati jahonni tutgan , hamma biladigan tuyg‘udir. Bu bandda Fuzuliyning ishq haqidagi qarashlari bevosita Ogahiyga ta’sir o‘tkazganini ko‘ramiz. Chunki Fuzuliy ham ishq orqali inson va dunyo muammolarini osongina hal qilardi. “Ishq” aslida insonga emas, balki bandaning Allohga bo‘lgan muhabbati sifatida qabul qilmog‘imiz darkor. Tasavvufda Allohga bo‘lgan ishq, o‘tkinchi dunyoga va undagi narsalarga bo‘lgan muhabbatdan ustun qo‘yilgan. Ogahiy ham aynan mana shu ishqqa ishora qilayotganini payqashimiz mumkin.

Bori g‘ami ishq etti necha sherni ojiz,

Kechgil havasidin, sango aql o‘lsa qulovuz,

Savdoyi g‘ami ishq emas aql ila joyiz,

Sud istama savdoyi g‘ami ishqdin hargiz –

Kim, hosili savdoyi g‘ami ishq ziyondur.

Ikkinchi bandda , bu ishq dardiga “necha sher” lar ojiz qolganini, bu dunyo havaslaridan kechishni, aql bu ish g‘ami oldida chorasiz qoladi, bu ishqning hosili faqat ziyondur kabi ma’nolarni bildiradi. “ Fors adabiyotining Ogahiy ijodiga ta’siri uning forsiy she’rlarida tasavvufiy ohanglarning ustuvorligida ham ko‘rinadi” 1 , ushbu bandda ham Ogahiyning komillik sari, haq sari intilishini ko‘rishimiz mumkin. Forsiy adabiyotda ham insonning komillikka erishuvi, o‘zini o‘zi tadqiq etishi kabi jihatlarini ko‘rishimiz mumkin. Bu turkiy va forsiy adabiyotning mushtarak jihatlaridan biridir.

Davron aro usru ko‘b erur sho‘xi diloro,

Siyminbaru , gul pirahanu, qomati zebo,

Ochsang nazaringni agar aylarga tamosho,

Yaxshi ko‘rinur surati mahvashlaring, ammo,

Yaxshi nazar etdukcha saranjomi yamondur.

Bu bandda endi shoir yor ta’rifiga o‘tadi. Bu davron aro sho‘x go‘zal bor. Zebo qomatli, kumushdek oppoq, gul ko‘ylakli dilorolarga nazar qaratsang, surati ya’ni ko‘rinishlari , tashqi siyrati g‘oyatda latofatlidir. Ammo ularga yetishish oson ish emas. Ogahiy “yor” obrazi orqali Allohning jamolini nazarda tutar ekan, “sho‘x diloro” orqali Allohning sifatlarini, uning visolini tarannum etadi. Bu “yor”ga yetishish besa oson ish emasligini uqtiradi. Biz bilamizki, tasavvuf olamining so‘nggi bosqichi “Haqiqat”da insonning ruhi Allohning bir bo‘lagi bo‘lib, komillikka erishgan inson, bu dunyoni tark etib yana Allohning bir bo‘lagiga aylanishi aytiladi. Ogahiy ham bu bandda yorga yetishish orqali Allohga yetishmoqni, uning bir bo‘lagiga aylanmoqlikni aytadi va bu yo‘l
(komillik, dunyo hoy-u havaslaridan kecha olish) i ancha mashaqqatli ekanligini aytadi.

Sho‘xi qaro ko‘zlar ko‘b erur dahr aro, lekin,

Bordur hamasi javr-u jafo rasmida sokin,

Gar istar esang bo‘lmoq olor zulmidin emin,

Yod etma qaro ko‘zlilaring mardumi chashmin,

Mardum deyub oldonmaki, ichduklari qondur.

Bu “dahr” ya’ni dunyoda qaro ko‘zlilar ko‘pdir, ularning bari javr-u jafoni rasm qilishgan. Ular zulmidan ozod bo‘lishni istasang, ularning “mardumi chashm” ya’ni ko‘z yoshlariga aldanma, aslida ichlari to‘la qondir.

Ogahiy bu banddagi qaro ko‘zlilar orqali dunyoning o‘tkinchi , ko‘z quvnatadigan va aqlni oladigan jilvalarini ko‘zda tutadi. Bu dunyo zulmidan , ortiqcha narsalaridan xalos bo‘lmoqni istasang, ularning yolg‘ondakam ko‘z yoshiga qarama, aldanib qolma. Zero aslida bu dunyoning ichi to‘la azobdir.

Har saban xat,ey dil sanga bir fitnai navxiz,

Har chashmi siyah zahr ila bir sog‘ari labrez,

Har novaki muja joninga bir nishtari tez,

Har abro‘yi ham qatlinga bir xanjari xunrez,

Har zulfi siyah qasdinga bir af’i yilondur.

Shoir bu banddagi har bir misraning boshidan “har” takrorini keltirish orqali yana ma’noda kuchaytirishga, e’tiborni har bir misraga qaratishga undaydi. Yorning har bir a’zosini go‘zal o‘xshatishlar orqali taqqoslaydi. Masalan, “abro‘y” qoshni jonga xanjardek sanchilib, qon to‘kuvchi jallodga qiyoslasa, zulfini to‘lg‘onib turuvchi ilonga o‘xshatadi.

Ishq ichra dalirona agar qo‘ysa qadamkim,

Qilg‘usi halok oni dami tiyg‘i nadamkim,

Dema na bilursan qilurin ishqi sitamkim,

Ishq ichra azob o‘ldug‘in ondin biluramkim,

Har kimsaki oshiqdur. Ishi oh-u fig‘ondur.

Ogahiy endi bu bandda ishqqa qadam qo‘yish masalasidan boshlaydi. Ishq yo‘lida darveshona qadam tashlash ham tasavvuf tariqatining nishonasidir. Garchi bu yo‘lda halok bo‘lishi mumkin. Sen bu ishq sitamlarini, azob-qubatlarini qayerdan ham bilarding, deb malomat qilmanglar, , men ham shu ishq azobidan totganman, har bir Haq yo‘lidagi har bir banda oshiqdir, ularning esa bu dunyoda chekkani Alloh vaslidagi oh-u fig‘onlaridir.

Xo‘blarda agar har nechakim husn-u ado vor,

Yuz oncha olarda sitamu javr-u jafo vor,

Bas, Ogahiyo, aql-u xirad bo‘lsa sango vor,

Gar desa Fuzuliyki go‘zallarda vafo vor,

Oldonmaki, shoir so‘zi albatta, yalondur.

Bu bandning birinchi misrasini ikki xil talqin qilishimiz mumkin. Birinchidan, bu go‘zallarda , albatta, husn adog‘i bor , desak. Ikkinchidan, bu go‘zallar faqat husn adosida kuydiradi, deyish mumkin. Ularning javr-u jafosi to‘xtamaydi. Bas, shunday ekan, Ogahiy (shoir endi o‘ziga murojaat qilmoqda) aql-u zakovat senga yor bo‘lsin. Gar Fuzuliy go‘zallarda vafo bor desa, ishonma, ularning gapiga aldanib qolma. Shoirlarning so‘zi ham yolg‘ondir.

“Iqtisodiy va madaniy hayotdagi aloqalar o‘zbek adabiyoti bilan fors-tojik tilidagi adabiyotlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini va mushtarak xususiyatlarini vujudga keltirdi.”1 Darhaqiqat, Ogahiy Fuzuliy g‘azallaridan bu darajada ta’sirlanmaganida bunday go‘zal va nafis muxammaslar bitmasdi. Fuzuliyning ishq bobidagi qarashlari, so‘zlarining inja tuyg‘ularga yo‘g‘rilganligi Ogahiy ijodiga katta ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, balki yanada rivoj topdi, sayqallandi. Ogahiy uni yanada taomillashtirdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.


1.Haqqul I. Taqdir va tafakkur. T.: 1997. B.174

1.Mallayev N.O‘zbek adabiyotida g‘azal va uning rivojida Navoiyning roli haqida.O‘zbek mumtoz adabiyotshunosligi.Antalogiya. T.:2016. B.94



Download 26,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish