7.3. BCG modeli tarixi va tuzilmasi Korporativ strategik rejalashtirishning tarixiy birinchi modeli BCG modeli nomi bilan mashhurdir. Bu model strategik maydondagi ma'lum bir biznes turining muayan xolatinii aks ettiradi va ikki koordinata o’qlari yordamida topiladi. Bunda birinchi koordinata o’qi ma'lum bir mahsulot bozorining o'sish tempini topish uchun ishlatilsa, ikkinchisi korxonaning kurilayotgan maxsulot bozoridagi nisbiy ulushini aniklash uchun ishlatiladi. BCG modelining paydo bulishi Boston Consulting Group konsalting kompaniyasi tomonidan o’tkazilgan ilmiy ishning mantiqiy yakuni bilan bog’liqdir.
Sanoatning ettita asosiy jabhalarida (elektr-energetika, uzoq muddatli iste'mol tovarlari, qisqa muddatli iste'mol tovarlari, plastmassa ishlab chiqarish, benzin ishlab chiqarish, rangli metallar sanoati, elektr jihozlarni ishlab chiqarish) 24 asosiy turdagi maxsulotlarni ishlab chiqaruvchi turli korxonalarni o'rganish jarayonida, ishlab chiqarish hajmini ikki baravariga oshirish vaqtida bitta mahsulot uchun sarflanuvchi uzgaruvchan xarajatlar 10% - 30% ga kamayish xolatlari kuzatildi.
Undan tashqari, bu xolat amalda xoxlagan bozor segmentida kuzatilishi mumkinligi ma'lum buldi. Bu dalillardan kelib chiqib shunday xulosaga kelish mumkinki, ishlab chiqarishdagi o’zgaruvchan xarajatlar tadbirkorlik omadining asosiy ko’rsatkichlaridan hisoblanadi va bir korxonaning ikkinchi korxona o’rtasidagi raqobatchilik afzalliklarini belgilab beradi.
Raqobatchilik afzalliklarining asosiy ko’rsatkichlaridan biri bo'lgan ishlab chiqarishdagi kam miqdordagi xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish xajmi bilan birgalikda olib borildi va bu xajm amaldagi maxsulotlar bozoridagi qanday ulushga ega ekanligiga qaratildi.
BCG mutaxassislari tomonidan tadqiqotlar natijasini e'lon qilinishi Amerikani deyarli "portlatib" yubordi. Bu holat aksariyat korxonlarning shtab-kvartilarida asosiy mavzuga aylandi. Empirik xulosalar tadbirkorlar qatlami tomonidan ijobiy qabul qilinishi, BCG kompaniyasini ishlab chiqarish xarajatlari va xajmi asosida empirik boglanuvchanlik bazasida aniq turdagi biznes turlarining rivojlanish xarakteri va holati yuzasidan strategik yechimlarni qabul qilishgan asoslangan model yaratish imkoniyatini berdi. Ushbu model tadbirkorlar ommasi orasida tezda shuxrat qozondi, 1970 yilga kelib esa BCG yondashuvi 100 dan ortiq korxonalarda qo’llanila boshladi. 70-chi yillarning oxiriga kelib, BCG kontsepsiyasi biror narsaga erishmoqchi bo'lgan korxonalar uchun hayotiy zaruriyatga aylanish holatlari qayd etildi.
BCG modelining asosiy diqqat e'tibori korxona naqd pul oqimiga qaratiladi va bu pul oqimi belgilangan biznes-tarmog'idagi operasiyalarni utkazishga sarflanadi yoki shunga o'xshash operasiyalardan natijasida paydo bo'ladi. Kayd kilinishicha, nakd pul daromadi yoki xarajati me'yori bozorning o'sish tempiga va shu bozorda korxonaning nisbiy ulushiga funktsional tarzda bog'liqligi bilan ifodalanadi. Korxona biznesining o'sish templari uning naqd pul muomalasi tempini belgilab beradi.
Har qanday biznesda xayot tsiklining to'yinish va yakuniy bosqichlarida omadli biznes naqd pul yigimini uzida tuplab borsa, biznesning o'sish va rivojlanish bosqichlarida esa odatda bu okimning sarflanishi kuzatiladi. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, uzluksiz omadli biznesni ta'minlash uchun, «to'yinish" bosqichi natijasida keladigan pul massasini kisman biznesnig yangi tarmoqlariga sarflanishi talab etiladi va oqibatda bu tarmoqlar korxona daromadining yangi generatorlariga aylanishi mumkin.
BCG modelida korxonaning asosiy tijorat maqsadlari sifatida o'sish me'yori va foyda massasi deb yuritiladi. Bunda, shu maqsadlarga qanday erishish mumkinligi borasidagi ruxsat etilgan strategik yechimlar tanlovi turtta variantlar bilan cheklanadi:
Korxonaning biznesining bozordagi ulishini ko'payishi
Korxona biznesining bozordagi xolatidan maksimal darajada foydalanishi
Amaldagi biznes turidan voz kechish
BCG modelining ko'zlayotgan yechimlari ma'lum bir biznes turining ikki koordinata oqlari yordamida xosil bo'ladigan strategik maydondagi holatiga bogliq. Yuqorida ta'kidlab o’tilganidek, ordinata uklari ѐrdamida ma'lum bir maxsulot bozorining o'sish tempini mohiyati aks ettiriladi. BCG modelida bu ko’rsatkichlarning ishlatilishi uchta sabab nuqtai nazaridan muhimdir:
Agarda ko’rib chiqilayotgan bozorning o'sish templari boshqa bozordagilardan yuqori bulsa, unda muayan tarmoqda uz biznesini tashkil etaѐtgan korxona uzining nisbiy ulushini nisbatan osorok oshirishiga erishishi mumkin. Bu narsaga erishish uchun korxona biznesini tiklab olish templarini oshirishi kerak. Bozordagi katta ulushga ega bulish uchun shu turdagi rakobatchilarning bizneslarini kamaytirishlariga majburlashning xojati yuk.
Odatda o’sayotgan bozor yaqin kelajakda shu biznes turiga sarmoyalarni qaytarishi kutiladi.
Bozorning ko'tarib yuborilgan o'sish templari nakd pul okimiga yuqori foyda me'ѐri kuzatilgan paytlarda xam minus darajada ta'sir kiladi, sababi biznes rivoji uchun kutarib yuborilgan sarmoyalarni talab kiladi.
Abssissa o’qida korxonaning muayan biznes turidagi ba'zi rakobatli xolatlar o'lchamlari qo’yiladi, ya'ni ma'lum biznes tarmoq’idagi korxona sotuv hajmining shu biznes tarmoq'ida faoliyat ko'rsatayotgan eng yirik raqobatchining sotuv hajmining nisbatiga solishtiriladi. BCG abssissa jadvali original xolatida logarifmik tarzda aks ettiriladi.
Shunday qilib, BCG modeli 2x2 matrisasida namoyon bo'lib, unda biznes tarmoqlari markazdagi aylanmalar bilan tuknashadi, va shu tarzda bozordagi ma'lum o'sish templari va korxonaning bozordagi mos nisbiy ulushi kattaligi bilan ifodalanadi (1-rasm). Matrisada ko'rsatilgan har bir aylana o'rganilayotgan korxonaga mos bo'lgan fagatgina bitta biznes - tarmoqni ifodalaydi. Aylananing kattaligi butun bozorning umumiy o'lchamiga proportsional (boshqacha qilib aytganda, muayan korxonaning fakatgina biznes o'lchami emas balki shu biznesning iktisodiѐtdagi masshtabi xam xisobga olinadi. Ko'pgina xollarda bu o'lcham korxona biznesi va amaldagi biznesning rakobatchilar yigindisi bilan aniklanadi. Ba'zi paytlarda xar bir aylanada (biznes-tarmog'ida) amaldagi bozorda korxona biznes-tarmoqning nisbiy ulushini kursatuvchi segment ajraladi, ammo bu model uchun strategik xulosalarn chiqarish uchun muxim xisoblanmaydi. Bozorning o'lchamlari, biznes tarmoqning o'lchamlari singari ko'pincha sotuvlar xajmi orkali, ba'zida esa aktivlar kiymatiga qarab baxolanadi.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish lozimki, o’qlarni ikki qismga bo'linishi tasodif emasdir. Matrisaning yuqori qismida o'sish tempi urta me'erdan yuqori bo'lgan jabxalardagi biznes soxalari joy egallasa, pastki qismida esa o'sish tempi nisbatan past bo'lgan korxonalar egallaydi. BCG modelining original xolatida ishlab chiqarish xajmining bir yilda 10% ga ko'payishi sababi yuqori va pastki templar chegarasi bilan ifodalanadi.
Abssissa o’qi, ta'kidlab o’tilganidek logarfmik shaklda bo'ladi. Shuning uchun, biznes-tarmoqdagi nisbiy ulushni egallab turgan koeffitsent 0,1 dan 10 gacha uzgaradi. Raqobatlik holatini logarifm shkalasida aks ettirilishi BCG modeli uchun asosiy qism hisoblanadi. Gap shundaki, bu modelning asosiy g'oyasi ishlab chiqarish hajmi va har bir mahsulot tannarxi o’rtasidagi funktsional boglikligiga borib taqaladi va logarfmik shkalasida to’gri chiziq singari namoyon bo’ladi.
Matrisani abssissa uki buyicha ikkiga bulinishi ikki soxani kurish imkoniyatini beradi, birinchisiga kuchsiz raqobatlik holatiga ega bo'lgan, ikkinchisiga esa kuchli rakobatlik xolatiga ega bo'lgan biznes-soxalari kiritiladi. Ikki soha o’rtasidagi chegara 1,0 koeffisient mikiѐsida utadi.
Shunday qilib, BCG modeli turtta kvadratdan tarkib topadi (rasmga qarang)
Bozorning yuqori o'sish templari/biznes-sohaning bozordagi yuqori bo'lgan nisbiy ulushi;
Bozorning past o'sish templari / biznes-sohaning bozordagi yuqori bo'lgan nisbiy ulushi;
Bozorning yuqori o'sish templari / biznes-sohaning bozordagi past bo'lgan nisbiy ulushi;
Bozorning past o'sish templari / biznes-sohaning bozordagi bo'lgan nisbiy ulushi;
BCG modelidagi xar bir kvadrant uchun maxsus nom berilgan.