Innovatsion turdagi biznes modellarni tashkilot faoliyatidagi yangi yo'nalish deb hisoblash kerak. Raqobat ustunligining paydo bo'lishiga olib keladigan o'zgarishlar tashkilotning ichki va tashqi ishbilarmonlik muhitida sodir bo'lishi mumkin. Ichki o'zgarishlar investitsiya (innovatsiya) bilan bog'liq. Innovatsiya biznesni yuritishning yangi yondashuvlarini o’z ichiga oladi, yangi g’oyalarni, yangi bilimlarni va yangi biznes kontseptsiyalarni ishlab chiqishni aks ettiradi.
Innovatsion biznes modellari modifikatsiyalashtirilgan biznes jarayonlari va tashkiliy tuzilmaning yangi sxemalariga asoslanishi mumkin. Biznesning innovatsion kontseptsiyasi - bu texnik taraqqiyotning yangi egri chizig'iga asoslangan butunlay boshqa kontseptsiyalarni taqdim etish yoki mavjud biznes kontseptsiyalari differensatsiyasidan foydalanish qobiliyatidir. Har qanday tarmoq (bozor) doirasidagi xoh u moliyaviy sektor, aloqa, ta'lim, nashriyot va boshqalar bo’lsin zamonaviy raqobat shakllari tovarlar va kompaniyalar o'rtasida emas, balki biznes modellari o'rtasida yuzaga keladi.
Innovatsion biznes modellarida strategik innovatsiyalar hal qiluvchi ahamiyatga ega.
- Birinchidan, strategik innovatsiyalar kompaniya faoliyatining ilgari qarama-qarshi deb qabul qilingan turli parametrlarini kombinatsiyalash orqali xaridorlarga ehtiyojlarni yuqori darajada qoniqish darajasini ta’minlaydi. Masalan, ular bir vaqtning o'zida tovarlarning (mahsulotlarning, xizmatlarning) arzon narxini, yuqori sifatli va innovatsion ixtisoslashuvini ta’minlaydilar.
- Ikkinchidan, ular elektron tijoratni joriy etish va Internetni jalb qilish orqali an'anaviy qiymat zanjiridagi vositachilarni - ulgurji sotuvchilarni, chakana savdo korxonalarini chetga chiqarishga imkon beradi.
- uchinchidan, strategik innovatsiyalar biznes modellarini muntazam ravishda yangilashga, nobarqaror bozorlardagi tashkilotlarning barqarorligini ta'minlashga imkon beradi.
Innovatsion biznes modelini yaratishning strategik sabablari quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- innovatsion mahsulot (xizmat) tufayli mijozlarning katta guruhining potentsial ehtiyojlarini qondirish imkoni bo'lganda, bunda ular uchun hali bozor mavjud emas va mavjud takliflar juda qimmat yoki qabul qilishga qiyin;
- agar tubdan yangi texnologiyadan yaxshi pul ishlash imkoniyati mavjud bo’lsa u uchun yangi biznes modelini yaratgan yoki butunlay yangi bozorda sinovdan o’tgan texnologiyalardan foydalangan holda;
- mavjud bo'lgan biznesga bozorning past narx segmentiga yo'nalgan (arzon va unchalik sifatli bo'lmagan mahsulotlar sotiladigan) innovatorlar tahdid qilganda;
- tovarlarning maqbul sifati va mahsulotlarni standartlashtirish to'g'risida g'oyalar tubdan o’zgarib (ularning barchasi ozmi-ko'pi bir xil bo’ladi), raqobatning "og'irlik markazi" siljiganda.
Yangi modelni ishlab chiqish mavjud bo'lganidan butunlay voz kechish yoki uni o'zgartirish degani emas. Yangi biznes modeli ko'pincha kompaniyaning asosiy biznesini mustahkamlaydi va to'ldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |