Reviewers: Doctor of Economic Sciences, professor A.B. Nizomov
Candidate of Economic Sciences, A.J. Abdulloyev
MUNDARIJA
KIRISH
|
|
1-mavzu.
|
Strategiya kontsepsiyasi
|
|
1.1
|
Fanning moһiyati, maqsad va vazifalari, o’rganish usullari
|
|
1.2
|
Strategiya tushunchasi. Muvafaqqiyatda strategiyaning roli.
|
|
1.3
|
Tashkilot korporativ strategiyasining mazmuni va mohiyati
|
|
1.4
|
Strategiyani tahlil qilishning asosiy jihatlari
|
|
2-mavzu.
|
Strategik tahlil vositalari
|
|
2.1
|
Maqsadlar, qadriyatlar va ishlash
|
|
2.2
|
Sanoat tahlili asoslari
|
|
2.3
|
Sanoatning keyingi holati va raqobatbardosh tahlil
|
|
3-mavzu.
|
Sanoat tahlili asoslari
|
|
3.1.
|
Sanoat jobadorligini tahlil qilish.
|
|
3.2.
|
M.Porterning raqobatning besh kuchi nazariyasi
|
|
3.3.
|
O’rinbosar tovarlar nomonidan raqobat.
|
|
4-mavzu.
|
Sanoat va raqobatbardoshlik tahlili
|
|
4.1.
|
Porter modelidan e’tibordan qolgan jihatlar
|
|
4.2
|
Dinamik raqobat: ijodiy halokat va giperraqobat
|
|
4.3.
|
O’yinlar nazariyasining asosiy jihatlari
|
|
5-mavzu.
|
Resurslar va imkoniyatlarni tahlil qilish
|
|
5.1.
|
Strategiyada resurslar va imkoniyatlarning roli
|
|
5.2.
|
Resurslar va imkoniyatlarni aniqlash va baholash.
|
|
5.3.
|
Marshrutlar va jarayonlar: tashkiliy qobiliyat asoslari
|
|
6-mavzu
|
tashkilot tuzilmasi va boshqaruv tizimlari: startegiyani amalga oshirish asoslari
|
|
6.1.
|
Strategik rejalashtirish tizimi: strategiyani harakat bilan bog’lash.
|
|
6.2.
|
Tashkiliy dizayn: modeli, tashkilot asoslari.
|
|
6.3.
|
Tashkiliy dizayni: tugri tuzilmani tanlash
|
|
6.4.
|
Tashkiliy dizayndagi tendentsiyalar
|
|
7-mavzu
|
Raqobat ustunligining manbalari va o’lchamlari
|
|
7.1.
|
Raqobat ustunligi tushunchasi, tavsiflari va manbalari
|
|
7.2
|
Biznes-model va uning mohiyati
|
|
7.3
|
Innovatsion biznes model turlari
|
|
7.4
|
BCG modeli tarixi va tuzilmasi
|
|
8-mavzu.
|
SANOAT EVOLUTSIYASI VA STRATEGIK O’ZGARISH
|
|
8.1.
|
Sanoatning hayotiy aylanishi
|
|
8.2.
|
Bilimlarni yaratish va diffuziya
|
|
8.3.
|
Tashkiliy moslashuv va o’zgarish
|
|
9-mavzu.
|
DIVERSIFIKATSIYA STRATEGIYALARI
|
|
9.1.
|
Yangi tarmoqlarga kirish strategiyasi
|
|
9.2.
|
Bog’langan diversifikatsiya va bog’lanmagan diversifikatsiya strategiyasi
|
|
9.3.
|
Qisqartirish va likvidatsiya strategiyasi
|
|
9.4.
|
Qayta qurish yoki qisqartirish strategiyasi va portfelni qayta tuzish strategiyasi
|
|
GLOSSARIY
|
|
Adabiyotlar ro’yxati
|
|
KIRISH
Raqobat kuchayib borayotgan sharoitda har bir korxona uchun o‘z raqobatbardoshligini saqlab qolish va oshirish vazifasi birinchi o‘ringa chiqadi. Ko‘plab korxonalar raqobatda g'alaba qozonishga e’tibor berib, samarali raqobat strategiyasini amalga oshirishda boshqaruvning doimiy sa'y-harakatlari natijasida belgilangan maqsadlarga erishadi.
Jahonda ro‘y berayotgan inqiroz hodisalari nuqtai nazaridan barqaror raqobatbardoshlikni shakllantirish muammosi tashqi muhit o‘zgaruvchanligining oshishi va korxonalarning raqobatbardosh ustunliklarini shakllantirish, amalga oshirishning ko‘plab jihatlarini ilmiy-metodik jihatdan ishlab chiqishning yetarli emasligi tufayli alohida ahamiyat kasb etdi. Korxonalarning raqobatdoshligini boshqarish muammosi korxonalar rahbariyatining raqobatbardoshlikni baholashning zamonaviy usullari va raqobatga chidamli strategiyalarni ishlab chiqish mexanizmlariga to‘liq ega emasligi sababli ham amaliy jihatdan dolzarbdir.
Ushbu o‘quv qo‘llanmaning maqsadi – talabalarga raqobat nazariyasining asosiy qoidalarini va korxonaning raqobatbardoshligini boshqarishning metodik vositalarini o‘rganishda yordam berishdir.
Raqobatbardoshlikni o‘rganish mikroiqtisodiyotning, sanoat iqtisodiyoti va tarmoq bozorlari iqtisodiyotining asosiy qoidalari haqida bilimga ega bo‘lishni ko‘zda tutadi. Shuning uchun, o‘quv qo‘llanmada raqobat nazariyasining evolutsiyasi, uning statik va dinamik modellari, ko‘p bosqichli va ko‘p qirrali iqtisodiy kategoriya sifatida raqobatbardoshlikni tadqiq etish metodologiyasiga katta e'tibor qaratilgan.
O‘quv qo‘llanmaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, unda korxonaning raqobatbardoshligi kompleks tarzda, ya’ni uning ichki va tashqi raqobat ustunliklarini shakllantirish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilgan. Korxonaning raqobatbardoshligi uning shakllanishi va amalga oshirilishining makro, mezo va mikro darajalari bilan bog'liq holda o‘rganiladi. Shuning uchun o‘quv qo‘llanma tarkibida iqtisodiyotning turli darajalarida: tovar, korxona, sanoat, mamlakat raqobatbardoshligini baholash bo‘yicha bo‘limlar berilgan. Raqobatbardoshlik muammosini kompleks o‘rganish maqsadida o‘quv qo‘llanmaga raqobat salohiyatini shakllantirish uchun tegishli tashqi sharoitlarni ta'minlaydigan korxona ning raqobat strategiyasi bo‘limlari kiritilgan.
1-mavzu. Strategiya kontsepsiyasi
Reja:
1.1. Kirish, kompaniyaning maqsadlari va missiya.
1.2. Muvafaqqiyatda strategiyaning roli. Strategiya tushunchasi
1.3. Strategiyani tahlil qilishning asosiy jihatlari
Tayanch iboralar: maqsad, missiya, startegiya, boshqaruv
1.1. Fanning moһiyati, maqsad va vazifalari, o’rganish usullari
Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini samarali tashkil etish, shuningdek, amaliyotga boshqaruvning yangi tizimlarini joriy etish dolzarbdir. Chunki tez o'zgaruvchan raqobat muhitida xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini puxta hamda istiqbolli rejalar asosida boshqarish barqarorlikni ta’minlaydi.
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda firmalarning korporativ ustunlikka, ya’ni bir nechta biznes to’plami sifatida raqobatlasha turib ustunlikka qanday ega bo’lishi mumkinligi va ushbu strategiyani amalga oshirish uchun tegishli tashkilot dizayniga bag’ishlangan ham nazariy ham amaliy tomonlarini o’rganish usullari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - talabalarga firma foydalanadigan korporativ strategiyalar va tashkilot dizaynlarini tavsiflash va ularni muntazam ravishda tahlil qilish uchun tegishli nazariyalar va konsteptual asoslarni tahlil qilish va xulosalar chiqarishni o’rgatishdan iborat.
Fan metodologiyasi - bu ilmiy tafakkurning shakllanish tamoyillari, shakllari va usullari to’g’risidagi ta’limotdir. Metodologiya fanda qo'llaniladigan usullarga asoslanadi.
Fanning usuli (metodi) - bu o'rganilayotgan (tadqiq qilinayotgan) voqea va hodisalarni bilish yo'llaridir. Har bir fanni o'rganishda nazariy bilimlar voqelikni amalga oshirish uchun amaliyotga yo'l ochib, uni yoritib turadi va shu bilan ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini belgilab beradi. Amaliyotda nazariy jihatdan tadqiq etilgan fikrlar yo'nalishlari, belgilangan nuqtai nazarlarning to'griligi yoki asossiz ekanligini tasdiqlab beradi.
Iqtisodiyotda hodisalar va jarayonlarning mohiyatini bilish uchun umumiy ilmiy va o'ziga xos tadqiqot usullari ishlatiladi. Birinchisi, ilmiy abstraktsiya usullari, induktiv, deduktiv, qiyosiy tahlil, eksperiment va boshqalarni o'z ichiga oladi. Fanni o'rganishning o'ziga xos usullari statistik-iqtisodiy, monografik, hisob-konstruktiv, balans, iqtisodiy-matematik usullar hisoblanadi.
Ilmiy abstraktsiya usuli hodisalarning mohiyatini bilish uchun tadqiqot jarayonida kichik hodisalardan, ahamiyatsiz tomonlardan umumiy, muhim xususiyatlarni ajratishdan iborat.
Induksiya usulidan foydalanilganda, umumiy xulosa yagona omillar asosida amalga oshiriladi, ya'ni qarorlar xususiydan umumiyga, omillardan nazariyaga qadar qabul qilinadi.
Deduktsiya usuli tadqiqotlarning teskari yo'nalishini o'z ichiga oladi – ya’ni umumiydan xususiyga boriladi. Ushbu usullar fgipotezalarni ilgari surish imkonini beradi.
Gipoteza - bu har qanday hodisani tushuntirish uchun taqdim etilgan va ishonchli ilmiy nazariya bo'lishi uchun amaliyotda tekshirishni va nazariy asosni talab qiladigan ilmiy taxmindir (farazdir).
Dialektik usul hozirgi hayotdagi barcha voqelik va omillarni to'gri tahlil kqilib, umumlashtiradi va shu asosda bundan keyingi rivojlanish uchun sharoit yaratadi. To'g'ri xulosa chiqarish uchun ilmiy izlanishning quyidagi usullaridan foydalaniladi: statistik guruhlash, monografik, hisoblash - mantiqiy tahlil qilish metodi, tajriba qo'yish va matematik modellashtirish.
Qiyosiy tahlil usuli eng yaxshi natijalarni aniqlash uchun xususiy va umumlashtiruvchi iqtisodiy ko'rsatkichlarni taqqoslashdan iborat.
Statistik-iqtisodiy usul - ommaviy raqamli ma'lumotlar orqali ijtimoiy hodisalarning rivojlanishini har tomonlama tavsiflash uchun ishlatiladigan usullar to'plami. statistik ma'lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishning asosiy usullari iqtisodiy guruhlash, o'rta va nisbiy qiymatlar, grafik tasvirdir.
Statistik guruhlash usuli - barcha ishlab chiqarish tarmoqlari bo'yicha juda katta ma'lumotlar to'plashga, qishloq xo'jaligida chorvachilik mahsulotlarining o'sishi, ekinlar hosildorligi, ish kuchi, ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish darajalari, mehnat sarflari va unumdorligi, maрsulot tannarxi va daromadlar, mexanizasiyadan foydalanish darajalari kabi ma'lumotlarni to'plashga qaratilgan usuldir. Amalda bu ma'lumotlar guruxlanib korxonalarning ixtisoslanishi, xo'jalikning maqsadga muvofiq рajmini asosiy iйtisodiy ko'rsatkichlarga ta'sir etuvchi ayrim omillarni aniqlashda ishlatiladi.
Monografik usul - ayrim ilg'or xo'jaliklar va ularning ichki bo'linmalari ishlab chiqarish - moliya faoliyatini sinchiklab o'rganishda hamda ayrim ish metodlarini chukur taxlil kilishda foydalaniladigan usuldir. Tadkikot ishlarining bu usulini qo'llanishi ko'pgina tashkiliy masalalarni to'gri hal kilish imkonini beradi. Bu usuldan foydalanishda to'plangan ma'lumot lar, hodisalar va jarayonlar orasidagi boglanishlarni aniklashda, qonuniyatlarning ma'nosini ochishda, kishlok xo'jalik ishlab chiqarishining istiqbollarini belgilashda va barcha yangiliklar xamda ilgor ish usullarini kishlok xujalik ishlab chikarishiga tadbiq etishda asosiy yo'llarni belgilashga yordam beradi. Tadqiqotning monografik usuli umumiy to'plamning alohida elementlarini o'rganishni o'z ichiga oladi. Ushbu usul yangi va ilg'or narsalarni aniqlashga yordam beradi.
Hisob-konstruktiv usul muammoni istiqbolda ilmiy jihatdan asoslangan holda hal etishning haqiqiy yo'llarini topish imkonini beradi. Bu usul qishloq xo'jalik korxonalari, ularning tarmoqlari va bo’linmalarining rivojlanish istiqbollarini aniqlash uchun qulay sharoit yaratib beradi. Bu usulning afzalligi shundaki, u biron-bir tashkiliy-iqtisodiy tadbirni amalga oshirishda bir necha xil variantlarni: yem-xashak rasioni, almashlab ekish, poda tarkibi va boshka jarayonlarning xilma-xil variantlarini tavsiya eta oladi. Buning natijasida yukori mexnat umumdorligiga yoki eng past maxsulot tannarxiga erishish mumkin.
Tahlil qilish usuli - bunda o'rganilayotgan voqea - xodisaning o'zini va uning har bir kismini aloxida chuqur o'rganish mumkin. Ular orasidagi boglanishni o'rganish maqsadida, ularning xar bir kismini aloxida tadqiqot qilish mumkin.
Tahlil qilish usuli - tadqiqot qilib o'rganishning eng keng tarqalgan turi hisoblanadi.
Tahlil qilish usulining asosini bir xil iqtisodiy sharoitga ega bo'lgan, bir nechta xo'jalik yoki bo'linmalar yillik ko'rsatkichlarining o'zgarish dinamikasini bir-biriga taqqoslab o'rganish, reja topshiriqlarining ko'rsatkichlari bilan haqiqiy erishilgan natijalarni bir-biriga solishtirishdan iboratdir.
Tajriba usuli - tabiiy fanlarda asosiy bo'lgan eksperimental usul iqtisodiy hodisalarni o'rganish uchun keng qo’llaniladi. Bu usuldan chorvachilik va dexkonchilik yuritish tizimlarining iktisodiy samaradorligini, progressiv ish me'yorlari, vaqt me'yorlari va boshka me'yorlarni aniklashda, mehnatni tashkil etishdagi yangi usullarni o'rganishdan foydalaniladi. Bunda erishilgan natijalar miqdor va sifat jihatdan to'la xisobga olinadi. Tajriba usulida o'rganishdan keyin uni muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy sharti ilmiy jihatdan asoslangan yangi bir tadbirni, me'yorni yaratishdir.
Balans usuli-bu hodisa yoki jarayonning mohiyatini aks ettiruvchi barcha ko'rsatkichlarni muvofiqlashtirish va o'zaro bog'lashning asosiy usuli.
Matematik modellashtirish - usulidan eng murakkab iqtisodiy masalalarni xal etishda foydalaniladi. Ayrim iktisodiy tarmoklar ishini amalga oshirishda tez ishlaydigan elektron xisoblash mashinalarining roli kattadir. Ular ishlab chiqarishdagi bir nechta ta'sir etuvchi omillarning tutgan o'rnini xisobga olgan xrlda qo'yilgan vazifani bajarishga imkon berib, uning maqsadga muvofiq variantini aniklashga sharoit yaratadi.
Iqtisodiy-matematik usul ilmiy usullar to'plamini o'z ichiga oladi: matematik-statistik, ishlab chiqarish funktsiyalari, iqtisodiy va matematik modellashtirish. Bu usulda istiqbolli muammolarni xal etishda va kundalik xayotda zarur bo'lgan iktisodiy muammo larni echishda samarali foydanilmoqda. Bularga xo'jalikdagi ish lab chikarish tarmoqlarining maqsadga muvofiq holatini belgi lash, xo'jalik ichidagi bo'linmalar ishlab chikarish sharoitlarini xisobga olgan xrlda ularning maqsadli xajmini, ishlab chikarishni rejalashtirish, chorva mollari uchun maksadli rasionlarni, ma - shina-traktor parkining samarali tuzilishining tarkibini belgi lash, ekin maydonining tarkibini, poda tarkibini, transport vo - sitalaridan foydalanishni tashkil etish va ishlab chikarishni boshqarish masalalarini istiqbolini belgilash jarayonlari ki radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |