SHplintlar. Shplintlar biror sim bo'lagidan tayyorlangan bo'lib (50- shakl) gaykalarning o'z-o'zidan buralib ketishining oldini olish uchun ishlatiladi. SHplintlar tojsimon yoki uyiqli gaykalarning shlitsasi (o'yig'i) va bolt yoki Shpilka teshiklari orqali o'tkaziladi, so'ngra uning uchlari ikki tomonga qayirib qo'yiladi (55-shaklga harang).
SHplintlar GOST 397-66 bo'yicha tayyorlanadi; ularning asosiy o'lchamlari —shartli diametri d va uzunligi L0.
SHartli diametri (bu diametr teshik diametriga teng qilib, ya'ni d0 = d deb olinadi) d
4 mm, uzunligi / — 22 mm bo'lgan shplint o'quv chizmalarida quyidagicha belgilanadi: ShplintX422 G OST397-66 Rezbali birikmalarni chizish
Boltli birikmalarni chizish. Detallarning boltli birikmalarini boltning GOST buyicha olingan ulchamlari buyicha yoki uning rezbasining diametriga nisbatan olingan taxminiy o'lchamlari buyicha chizish mumkin. Bunda birikmani chizish uchun biriktiriluvchi detallarning qalinliklari byerilgan bo'lib, boltning uzunligi huyidagicha topilishi mumkin:
L=bi + b+s + H + a + c,
bu erda ‘g va b — biriktiriladigan detallarning salinligi; s — shaybaning salinligi;
H — gaykaning balandligi;
a — rezbaning gaykadan chiqib turgan ehtiyot qismi; s — bolt faskasining balandligi.
Masalan, biriktiriladigan detallarning qalinligi 1 = 18mmvab = = 24 mm bulsin.
Birikmaning chizmasini chizish uchun yana bolt rezbasining diametri d = MZO GOST 7.798-62, gayka MZO GOST-5915-62 va shayba 30 GOST 6.958-68 lar byerilgan.
Boltning uzunligi l ni hisoblash uchun kerakli ulchamlarni rezba diametriga qarab tegishli GOSTlardan yozib olamiz.
s = 5 mm (GOST 6.958-68)
N = 24 mm (GOST 5,915-70) a= 3,5 mm (GOST 8.234-56) s = mm (GOST 7.798-70)
Bu qiymatlarni formulaga qo'yib boltning uzunligini topamiz:
= 18 +24 +5 +24 +3,5 +4=79,5 mm.
Topilgan o'lchamni GOST 7,798-70 jadvaliga solishtirib, hosil qilingan kattalikka yahin bo'lgan I — 80 mm ni tanlab olamiz. Shu GOST da boltning qolgan elementlarining o'lchamlarini, hamda tegishli GOSTlardan gayka va shaybaning kerakli o'lchamlarini yozib olamiz. Bolt sterjenining bolt kallagiga o'tish yeri yumaloklangan bo'ladi, bu boltning mustahkamligini oshiradi. Bolt kallagida va gaykaning ikkala tomonida 30° li faska olinadi. Bolt sterjenining uchidagi faska esa 45° li bo'ladi.
51-shaklda boltli birikmaning birikma Detallari (gayka, shayba, bolt) GOST idan olingan ulchamlari buyicha chizilishi ko'rsatilgan. Bu erda bolt shaklda ko'rsatilgandek, 1,5 d va d ga teng bo'lgan yoylardan foydalanib chiziladi.
Bolt uchun muljallangan teshik diametri bolt rezbasining diametridan bir .kattaroq, ya'ni taxminan d0 = l,ld qilib chiziladi.
Yig'ish chizmalarida boltli birikmalarni tez va oson chizish maqsadida ular shartli nisbat bo'yicha chiziladi. Bolt kallagi, gayka, shayba elementlarining o'lchamlari bolt rezbasining diametriga qarab olinadi. O'lchamlarning nisbati va birikmalarning yasalishi 52-shaklda ko'rsatilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |