2.2. “Atom elektrostansiyasi ustidan sud” darsi.
Kotiba:-Turinglar sud kelyapti. Sud raisi:- Hozir siz g’ayri oddiy sud jarayonini guvohi bo’lasiz. Biz tarixda o’chmas iz qoldirgan Chernobil A.E.S. ni ustidan sud qilamiz , uning barcha nuqsonlarini ochib berib aybdorlik darajasini aniqlaymiz. Chernobil A.E.S. minglab kishilarning hayotiga zomin bo’lib sahar va qishloqlarni buzganlikda ayblanayapti. Marhamat ayblanuvchini olib kiring. Sud raisi:- Ayblanuvchi o’zingizni tanishtiring. ChA.E.S. : - Men Chernobil atom elektrostansiyasi Ukrainaning Pripiyot daryosi qirg’og’ida Ukraina Belorussiya chegarasidan 11 km uzoqda joylashganman.. Qurulishim 1970yil boshlanib, 1977 yilning 26 sentyabrida ishga tushrilganman. 2000 yilning 15 dekabrida to’xtatildim. To’rtta RBMK -1000 tipli reaktordan iborat man. Sud raisi:-Marhamat hurmatli prakror janoblari sudni hodisa tavsiloti bilan tanishtiring. Qoralovchi:- 1986 yilning 26-apreli tungi soat 123da rejalashtirilgan sinov tadqiqotlari vaqtida A.E.S. ning to’rtinchi energiya blogida portlash yuz berib butun reaktorni ishdan chiqardi. Inshootning 30 nuqtasida yong’in sodir bo’ldi. Tongi soat 5 larda yong’in bartaraf qilindi. Ishdan chiqqan reaktordagi yonilg’ining faollashuvi natijasida 26 aprel soat 20 larida 4 reaktorning markaziy zalida qayta yong’in boshlandi. Radiatsiya darajasining yuqori ekanligi yerdan turib yong’inni o’chirish imkonini bermadi. Shu sababli yong’in vertolyotlar yordamida bartaraf qilindi. Avariya natijasida atrofga 14×1018 Bk, yoki taxminan 380 million kyuri radioaktiv chiqindilar sochildi, jumladan uran izotopi, plutoniy, seziy-134, yod-131 izotoplari. Avariya oqibatlarini bartaraf qilish uchun sobiq ittifoq ministrlar soveti raisi o’rinbosari B.E. Sherbin boshchligida ishchi komissiya tuzildi.Asosiy tiklash ishlari 1986-1987yillarda amalga oshirildi. Dastlab bu ishlarga 24000 kishi jalb qilindi. Avariya oqibatlarini bartaraf qilishda qatnashgan umumiy insonlar 600000 kishidan ortiq. Dastlabki kunlar barcha diqqat etibor shikastlangan reaktordan radioaktiv chiqindilar otilishini oldini olishga qaratilgan, so’ngra atrof muhitda otilgan qismlar yig’ildi. 4-energoblok atrofida beton sarkofag ishlari boshlandi. Yopilg’ichi tayyorlashda 400000 m3 beton qorishmasi, 7000 tonna metall sarf bo’ldi. Tiklash ishlari natijasida 1-energoblok 1986y 1-oktyabrda, 2 energoblok, 5-noyabrda ishga tushirildi. Avariya o’z davrida va tarixda insonlar jarohatlanishi va iqtisodiy jihatdan ham katta yo’qotish olib keldi. 1-3 oyda qurbonlar soni 31 kishini tashkil etdi. Stansiyaga yaqin qishloq va shaharlar vayron bo’ldi. Avariyadan hozirda ham radiatsiya insonlarga yetarlicha tasir qilyapti. Oqlovchi:-Hurmatli Sud raisi va sud azolari men etiboringizni CHA.E.S. ning rejadagi quvvati 6000 Mvt ni tashkil qilgan. 1986-yil 24- apreldagi 4 tala reaktor ishlaganini hisobga olsak umumiy quvvati 4000 Mvt ni tashkil etgan. 1986 – yil fevral oyida esa Chernobildagi A.E.S. endi rejadagi quvvatini oqlashga o’tgan edi. Bu esa shahar afsonasi deb nomlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |