2.1.Fizikadan zakovat darslari.
Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning tub mohiyati ta’lim mohiyati va shaklini takomillashtirishga qaratilgan. Fan texnika taraqiyoti oshib borishi kabi omillar talabaning shaxsiy xususiyatiga, jumladan idrok eta olish, tasavvur va tafakkurini, aqliy qobiliyatini rivojlanishiga olib keladi. Zamonaviy ta’lim oldida turgan eng muhim vazifa talaba shaxsining ilm olishga bo’lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan. Bu vazifani amalga oshrishda zamonaviy dars va ta’limning noan’anaviy usullaridan foydalanish samarali natija beradi.
Talabalarning intelektual qobiliyatini rivojlantirishda “Zakovat” darslari ancha samarali hisoblanadi. Fizika fanidan “Zakovat” darslarini umumlashtiruvchi darslarda o’tkazish mumkin.
O’quv guruhi 6 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratiladi. Oldindan konvertga solib tayyorlab qo’yilgan savollarga, navbat bilan javob beriladi.
Dars oxirida eng ko’p ball to’plagan guruh hamda darsda faol ishtirok etgan talabalar rag’batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |