Oqlovchi:- E’tiroz bildiraman. Yaponiyaning “FUKUSIMA-1” AESdagi portlashga sunami sababchi. Qoralovchi:- Baribir yadro energiyasi aybdor. Sud raisi: - Bahsni to’xtating. Guvohlardan so’rashni to’xtatamiz. So’z ayblanuvchiga beriladi. Ayblanuvchi: - Agar mendan oqilona foydalanilsa, hozirda menda bitmas tuganmas energiya manbai sifatida foydalanish mumkin edi. 1986- yil ro’y bergan favqulotda vaziyat sababli men bu yerda bosh egib turibman. Kotiba: -Sud maslahatga ketadi. Kotiba: - Turinglar sud kelyapti. Sud raisi:-Garchi uzoqt vaqt faoliyat yurgiza olmagan bo’lsa ham, kelajak energitakasi A.E.S. ni rivojlantirish uchun saboq bo’ldi. Hukm qat’iy, e’tirozga o’rin yo’q. Bu ish oqlovchinig hisobiga yopildi.
Xulosa
Kasb- hunar kollejlari va akademik litseylarning rahbarlar tarkibini pedagogik kadrlarni pedagogik ish sohasida yetarlicha tajribaga ega bo’lgan mahorati yuqori mutaxassislar bilan yanada mustahkamlash talab etiladi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining rahbar hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida tarkib topgan tizim zamon talablariga javob bermayapti .Ta’limni samarali tashkil etish bu jarayonda talabalarning faolligini oshirish davr talabi hisoblanadi.
Ta’limning barcha bosqichlarida talabalar qobiliyati, qiziqishlari va imko-niyatlarini inobatga olgan holda noan’anaviy darslarni tashkil etish tarbiyalanuv-chida mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stiradi.
1.Talabalarning noan’anaviy darslarda mustaqil fikrlashga ustuvor e’tibor qaratish talabaning o’zini o’zi tarbiyalashiga, o’z shaxsida ezgu ma’naviy sifatlarni shakllantirishiga omil bo’ladi. Uni tarbiyalamaydilar, balki u o’qituvchilar, kattalar va darsliklar ko’magida o’zini o’zi tarbiyalaydi.
2.Noan’anaviy darslarda mustaqil fikrlashga o’rgatish, umuman, pedagogika, xususan, adabiy ta’limning bosh maqsadi bo’lmish ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashga asos bo’ladi. O’z fikri, o’z qarashiga ega bo’lish komil shaxslikning muqim belgisi qisoblanadi. Olib borilgan Tadqiqot ishlari, o’tkazilgan eksperiment natijalariga asoslanilgan holda BMI mavzusi yuzasidan quyidagi tavsiyalar beriladi:
1) Darslarda talaba shaxsini bosh qadriyatga aylantirish, darslarda ma’naviyat shakllantirish ustuvorligini ta’minlash, bilim olish va tarbiyalanish uchun bolaning o’zini harakatga undash, unga kashf etish lazzatini tuydirish, darslarda pedagogik hamkorlik hukmronlik qilishiga erishish singari tamoyillar ustuvorligiga erishish.
2) Darsda talabalarni noan’anaviy darslarda mustaqil fikrlashga o’rgatishda ta’limning mantiqiy va interfaol metodlaridan foydalanilgan holda metodik qo’llanmalar yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |