Jonlantirish odamga xos bo'lgan xususiyatlarni jonsiz narsalar,tabiat hodisalari, hayvon, parranda, qush kabilarga ko'chirish orqali hosil qilinadigan tasvir usuli bo'lib, ikki xil ko'rinishi bor:
1.Tasxis - jonsiz narsalarni jonlantirish. "Tashxis" arabcha "shaxs" o'zagidan hosil bo'lgan bo'lib,"shaxzlantiish" ma'nosini bildiradi. Narsa va jonli mavjudodlarni insonga xos xususiyatlar bilan jonlantirish orqali shoir o'z asarida chiroyli va nafis obrazlilikka erishadi.
2. Intoq nutqsiz narsalani nutq egasi siatida tasvirlashdir . Shoir ijodida har ikki jonlantirish namunasini ko'ramiz.
Nochorlikdan unsiz yig'lar oq qog'oz,
Bag'ri to'la qondir, chiqarmas ovoz.
Ushbu misrada "yig`lamoq " fe'li insonga xos xususiyat bo'lib ,u oq qog'ozga jonlantirish san'ati orqali ko'chgan.
Quyidagi misada intoq san'atidan foydalanilgan:
Ko'z aytar: Bu ko'rgan manzarang yolg'on,
Idrok der: odamzod xilqati pinhon.
Quyidagi misada qarg'aning gapirishi intoq san'atini vujudga keltirgan:
Qarg'a aytar: yo'qdir mendayin lochin,
Tulki yulmoq bo'lar bandi sher sochin.
Tomchinig qo'l-oyoqsiz narvonga chiqishi keyingi misrada tashxis san'atini shakllantirgan:
Tomchi qo'l-oyoqsiz ... chiqdi narvonga ,
Dovul qahri kelib eltdi osmonga.
Quyiagi misradagi misrada intoq san'atidan foydalanilgan:
Shohlar urushishdi yer uzra uzoq ,
Meniki, deb u yoq, gohida bu yoq.
Zamin dedi: hammang kelgindi,
Bunda men erurman hokimi muloq.
Ushbu she`rdagi odamlarga xos bo'lgan xususiyat yerga ko'chirilgan. "Aql der hech zog'ni qo`zg'atib bo'lmas" deb boshlanuvchi ruboiy- to'rtlikda intoq san'ati bilan birga irsioli masal san'atidan ham foydalanilgan:
Aql der: hech tog'ni qo'zg'atib bo'lmas,
Dunyoda bor zog'ni to'zg'atib bo'lmas.
Izlagan topadi sahrodan ummon,
Lek dildagi dog'ni ko'rsatib bo'lmas.
Ushbu ijod namunasida "Izlagan topadi sahrodan ummon" jumlasi "Izlagan imkon topar" maqolini yodga tushiradi, shu bilan birga, intoqdan foydalanilgan.
Yonma-yon oqardi sopol va mis xum,
Mis xumga dedi : "sendan yo'q ko'ngil uzgum".
Sopol aytdi: "qo'y, men chetdan suzgum",
Chunki gar to'qnahsak, senmas, men singum.
Ruboiy-to'rtliklarida uchraydigan badiiy san'atlardan yana biri istioradir .
Istiorani ayrim adabiyotshunoslar murakkab o'xshatish deb ham talqin qilishadi . Uning o'xshatishdan farqi shundaki, o'xshatishda ikki tomon "o'xshayotgan tomon” va “o`xshatilayotgan tomon” bo'ladi, har ikkisi ham yozuvda so'z bilan o'z ifodasini topadi. Biroq istiorada ham shunday ikki tomon bo'lib, yozuvda bir tomon yashirin qoladi. Atoullo Husayniy fikriga ko'ra, "istiora majozning bir navidur va majoz haqiqatining ziddidur". Istiora deb yozadi, -Husayniy -"lug'atga oriyatga olmoqdir ".
Mustaqim Rofiy ijodida bu san'at na'munalarini ko'ramiz.
Xalq dedi: devona , mahbuba yomon,
Ishqida rang- ro'ying qilar za`faron.
Birinchi misradagi "devona" so'zi sodda istioraga misol bo'lib, oshiqning telbavor holini ko`rsatmoqda.
Barno gina qildi: qalbing xarsangtosh,
Iltijo kor qilmas, foydasiz ko'z yosh.
Dedim: oy ko'rinur bor uchun quyosh,
Yor yuzi fusunkor bo'lgani -chun qosh.
“Oy” va “Quyosh” so`zlari oshiq va ma`shuqani anglatib, istiorani vujudga keltirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |