11- sinf uchun ijodiy bayon matnlari Turdiyeva G
Sayohat odobi
Xalq orasida “Sayohat qilsang, qalbing tozaradi”,“Yurgan – daryo” degan naqllar bor. Haqiqatdan, dunyo ko‘rgan insonlar bilan suhbatlashsangiz, ularning hayotga munosabatlarida kengayish borday tuyuladi, voqea-hodisalarga teranroq nazar tashlayotganliklari sezilib turadi, yaxshi suhbatdosh bo‘ladilar…
Sayohatlar hammaning orzusi, ammo sayyohlikning amal qilish kerak bo‘lgan tartib-qoidalari to‘g‘risida nimalar bilamiz? Fikrimcha …
Fikrni ijodiy davom ettiring, hayotiy misollar keltiring hamda 30-35 ta gapdan iborat matn tuzing.
Til oldidagi mas’uliyat
“Ona tili umummillat mulkidir, demak, til oldidagi mas’uliyat ham umummilliy. Men o‘zbekman, degan har bir inson o‘zbek tili uchun qayg‘urmog‘i kerak.”. Erkin Vohidovning chorak asr muqaddam aytgan so‘zlari bugunning gapiday jaranglaydi. Har bir millatning o‘z tiliga cheksiz hurmati va muhabbati bo‘lishi kerak. Yoshlarimizning g‘arb tillarini o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqlarini qadrlayman, ammo tilimizning rango-rang jilolari ham tusini yo‘qotmasligi kerak, menimcha…
Fikrni ijodiy davom ettiring, hayotiy misollar keltiring hamda 30-35 ta gapdan iborat matn tuzing.
Oila - vatan timsoli
Agar “Vatanning rasmini chizib bering” desalar, avvalo, nimaning tasvirini qog'ozga tushirgan bo‘lardingiz? Buning uchun o‘zimiz bilgan narsalarni ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazamiz. Biz uchun qadrdon maskan tug'ilib-o‘sgan xonadonimiz bo‘lib ko‘rinadi.
Insonni voyaga yetkazadigan, unga go‘zal tuyg'ularni singdiradigan, uning ong-u shuurida dastlabki bilim va ko‘nikmalarni shakllantiradigan makon ham oila, desak yanglishmaymiz…
Fikrni ijodiy davom ettiring, hayotiy misollar keltiring hamda 30-35 ta gapdan iborat matn tuzing.
Sakkizinchi mo‘jiza
“Tasavvur qiling: siz kitob o‘qiyapsiz. Oq qog’ozda harflardan bo‘lak hech nima yo‘q. Ammo asarni o‘qishga kirishishingiz bilan ko‘z o‘ngingizda rangin manzaralar paydo bo‘ladi. Qulog’ingiz ostida ajib ohanglar jaranglay boshlaydi. Kitobdagi odamlarning qismatiga sherik bo‘lib, o‘zingiz bilmagan holda larzaga tushasiz … Hech shubhasiz, badiiy adabiyot – dunyodagi sakkizinchi mo‘jiza!”
O’.Hoshimovning bu tashbehi kitobga berilgan eng yaxshi baho deb bilaman. Men o ‘qigan… Fikrni ijodiy davom ettiring, hayotiy misollar keltiring hamda 30-35 ta gapdan iborat matn tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |