Fikrni ijodiy davom ettiring, hayotiy misollar keltiring hamda 30-35 ta gapdan iborat matn tuzing.
Jahlini jilovlay olgan g‘olib
Kuchli va dono odamlar jahlni jilovlay oladilar. G’azab hamma yomonliklarni o’zida jamlaydi. G‘azab misoli o‘t, barcha yaxshi narsalarni kuydiradi. Hech qachon atrofdagilarga g’azab qilmaslik kerak. Iloji boricha, g’azablanganda uni yutishga, nazorat qilishga xarakat qilish kerak.
Biz ko‘pincha kimlarga g‘azab qilamiz? Albatta,yaqinlarimizga-da…
Fikrni ijodiy davom ettiring, hayotiy misollar keltiring hamda 30-35 ta gapdan iborat matn tuzing.
Xatolardan o‘rgan
Bilasizmi, ko‘p hollarda insonlar nimanidir noto‘g‘ri qilishdan cho‘chishadi. Amerikalik olim Tomas chiroq yonishida kerak bo‘ladigan tolani topish uchun ikki mingta elementni tekshirib ko‘rgan. Shogirdi “Ishlarimiz zoye ketdi” deganida, Edison ishonch bilan: “Aksincha biz juda ko‘p narsani, ikki mingta turli elementlardan yonadigan chiroq yasab bo‘lmasligini o‘rgandik” deb javob bergan.
Kashfiyoychining bir ixtiro uchun o‘n emas,yuz emas, ikki ming bor urinib ko‘rgani haqidagi ma’lumotdan hayratlandim, ba’zida…
Fikrni ijodiy davom ettiring, hayotiy misollar keltiring hamda 30-35 ta gapdan iborat matn tuzing.
O‘qish-o‘rganishdan to‘xtamang!
Televizor yoki kompyuter oldida o‘tkazadigan vaqtingizning bir soatini kitob o‘qishga sarflang. Bu mashg'ulot tafakkuringizni charxlaydi, atrofingizdagi voqealarga teran nigoh tashlay boshlaysiz. Siz bilan muloqot qilish qiziqarli bo‘la boradi, hurmat qozonasiz. Kitob o‘qish yutuq va muvaffaqiyatlarga asos bo‘ladi.
Men ham kitob o‘qishni juda yaxshi ko‘raman, o‘qiganlarim misolida kitoblarning menga keltirgan foydali tomonlari haqida aytib o‘tmoqchiman…
Fikrni ijodiy davom ettiring, hayotiy misollar keltiring hamda 30-35 ta gapdan iborat matn tuzing.
Afzallik va noqulaylik
Telefonlarning afzalligi shundaki, ular uzoqni yaqin qiladi. Ammo ko‘pincha ko‘chada, transportda, odamlar orasida kimlarningdir mobil telefoni orqali baland tovushda so‘zlashayotganining guvohi bo‘lamiz. Yaponiyada avtobusda ketayotgan bir odam telefonida baqirib gaplashayotgani uchun yo‘lovchilar uni do‘pposlashgan ekan. Bizda mobil telefonidan foydalanish va gaplashish odobi qanchalik shakllangan?!
Kuzatishimcha…
Fikrni ijodiy davom ettiring, hayotiy misollar keltiring hamda 30-35 ta gapdan iborat matn tuzing.
Oila
Oila, hayotimizda eng aziz dargoh hisoblanadi. Agar oila tinch bo‘lsa, o‘zimizni yaxshi, baxtli his qilamiz, o‘qishda, ishda rivojlanish bo‘ladi. Hayotimizning baxtga burkanishi yoki zaharga aylanishi oilaviy muhitga bog'liq. Bir oiladagi notinchlik ota-ona, buvi-bobo, qarindosh-urug', mahalla- ko‘yning xotirjamligini buzadi.
Oila mustahkam emas ekan, inson ham yuksalishi, taraqqiy etishi qiyin. Fikrimcha,..
Do'stlaringiz bilan baham: |